Birinchidan, o`zaro hamkorlikdagi faoliyat ijodkorlikni, mas`uliyatni, faollikni va yeng asosiysi muloqot madaniyatiga rioya yetishni talab qiladi.
Ikkinchidan, har bir darsda o`qituvchi ham, o`quvchi ham belgilangan maqsadni aniq qo`ya bilishi, amalga oshiriladigan vazifalarni to`g`ri belgilab olishi lozim.
Uchinchidan, dars jarayonida bilimlar mazmunining ilmiyligi, uzluksizligi, izchilligi va tarbiyaviy xarakteri, o`qituvchining notiqlik san`ati asosida bayon yetish shaklining mukammalligi, qiziqarliligi o`quvchilarda ta`limiy va tarbiyaviy tomondan o`rganiladigan qadriyatlarga qiziqishni kuchaytiradi, ularda tarixiy, adabiy, milliy va diniy xarakterdagi milliy qadriyatlar bo`yicha o`z bilim va ko`nikmalarini oshirish ishtiyoqi rivojlanadi.
To`rtinchidan, o`qituvchining pedagogik mahorati, nazariy va uslubiy tayyorgarligi, o`z kasbiga, faniga munosabati, olib boradigan darsi andozasini va uning natijasini oldindan ko`ra bilish, har bir dars samaradorligini ta`minlovchi texnik va texnologik belgilardan biridir.
Beshinchidan, dars jarayonida o`quvchilar jamoasiga yerkin fikr yuritish, o`z fikr-mulohazasini yerkin bayon yetishga imkoniyat yaratish, o`quvchilar jamoasi fikriga tayanish, ularning fikr-mulohazalari, istak-xohishlarini ye`tiborga olish, o`quvchilarning mustaqil ishlaridan keng foydalanish zarur.
Oltinchidan, o`quvchilar bilimiga, xulqiga beriladigan bahoning xolisona va adolatli bo`lishi barcha ta`lim va tarbiyaviy faoliyatni to`g`ri tashkil yetilishiga ijobiy ta`sir yetuvchi omil yekanligini unutmaslik kerak.
Xulosa qilib ta`kidlash joizki, ta`lim va tarbiya jarayonida o`quvchilar ongiga muloqot asosida milliy qadriyatlar va ma`naviy madaniyatni shakllantirish, o`qituvchi va o`quvchining o`zaro muloqotini hozirgi zamon pedagogik talablari asosida mukammal tashkil yetilishini ta`minlaydi.
Ma’lumki, hamma kasblar ham avvalo ustoz-muallim o’rgatadi. Dastlabki saboqni ham o’qituvchi beradi. Dastlabki ona - Vatan so’zlarining ma’nosini, mohiyatini ham o’qituvchi o’rgatadi. Shuning uchun ham barcha kasblar ichida o’qituvchilik- muallimlik kasbi o’ta sharafli va mas’uliyatli hisoblanadi. Mana shu o’rinda tabiiy ravishda savol tug’iladi. Xo’sh, o’qituvchi kim? U qanday sifatlarga ega bo’lmog’i kerak? Xususan, bugungi kun o’qituvchisi qanday malakalar bilan qurollanmog’i darkor? va boshqalar.
O’qituvchi jamiyatning yosh avlod ta’lim – tarbiyasiga qo’yilgan ijtimoiy buyurtmasining asosiy ijrochisidir. Shuning uchun ham respublikamiz Prezidenti I. A. Karimov «Tarbiyachi – ustoz bo’lish uchun, boshqalarning aql – idrokini o’stirish, ma’rifiy ziyosidan bahramand qilish, haqiqiy fuqaro etib yetishtirish uchun, eng avvalo tarbiyachining o’zi aynan shunday yuksak talablarga javob berishi, ana shunday buyuk fazilatlarga ega bo’lishi kerak» - degan edi. Darhaqiqat o’qituvchilik kasbida chuqur bilimdonlik, zukkolik o’z kasb mahoratini muntazam takomillashtirib borishga ishtiyoq bo’lmas ekan, u yaxshi ustoz - o’qituvchi bo’la olmaydi. Zero, davlatimizning istiqboli, Prezidentimiz tomonidan olg’a surilayotgan barcha islohatlarning ijobiy yechimi ana shu ko’p minglik ziyokorlik ishining samarasiga bog’liq. Shuning uchun ham bugungi mustaqillik sharoitida o’qituvchilik kasbiga bo’lgan e’tibor va ehtiyoj har qachongiga nisbatan ortib bormoqda. Shuning bilan birga o’qituvchi oldiga qo’yiladigan talablar ham o’zgacha bo’lmoqda. Chunki, bugun O’zbekiston mustaqil Davlat sifatida jahonga yuz tutar ekan, bu borada pedagog - o’qituvchilarning o’z o’rni, o’ziga xos mohiyati borligini aslo unutmaslik lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |