O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi g. B. Amirova, E. Nasimov p е dagogik a. Psixologi ya


Muloqot- pedagogik hamkorlik vositasi sifatida



Download 1,31 Mb.
bet62/349
Sana01.01.2022
Hajmi1,31 Mb.
#296631
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   349
Bog'liq
2 5244712396257232653

4.4.Muloqot- pedagogik hamkorlik vositasi sifatida.

Pedagogik jarayon, tarbiya jarayoni, odamlarning tabiati shu darajada murakkabki, o’qituvchi ba’zan istasa-istamasa qo’pollik qilishga «majbur» bo’ladi, talaba o’qituvchining o’rinli talablarini bajarmayotgan paytlarida u o’zini tutolmay qoladi. O’qituvchi o’z talablarini, hatto, qo’pollik holatini ham, talabaga yaxshilik qilyapman deb hisoblaydi, ‘chunki bu ishni talabaga bilim berish, uni to’g’ri yo’lga solish, yaxshi odam qilib tarbiyalash u’chun qilayotganiga ishonadi. Sa’diy S’Hyeroziynnng «Guliston» (Toshkent, 1968) asarining «Tarbiyaning ta’siri bayoni» bobidagi hikoyatlarda; Alisher Navoiyning «Mahbub-ul-qulub» asaridagi «Mudarrislar to’g’risida», «Maktabdorlar to’g’risida»gi maqolatlarida bildirilgan mulohazalar bu fikrimizga hamohangdir.

Bunday holatlar ko’pin’cha tarbiyasi qiyin talaba bilan muomala-munosabatlar jarayonida sodir bo’ladi. S’Huni ham unutmaslik lozimki, bunday talaba odatda, nosog’lom oiladan ‘chiqadi. Talaba oiladagi yomon muhitning qurboni bo’lishi ham mumkin. Tajribali pedagoglar tarbiyasi qiyin talaba bilan ishlash, muomala qilish murakkabligini, shu bilan birga ular insoniy mehrga zor, xush muomalaga, ye’tiborga muhtoj yekanligini, bundaylarga nisbatan sabr-toqatli, bardoshli, ke’chirimli bo’lish zarurligini ham ta’kidlaydilar.

Jismoniy jarohat olgan talabani o’qituv’chi jazolamasligini hamma biladi. Jismoniy tarbiya o’qituvchii oyog’ii jarohatlangan talabadan yugurish musobaqasida qatnashishni talab yetmaydi. Talaba ba’zan qalbi, ruhi jarohatlangan holda maktabga kelishi mumkin. Ta’lim jarayonida buni hamma o’qituv’chilar ye’tiborga oladimi? Afsuski, yo’q. «Talaba javob berishni xohlamayapti, dars tayyorlashni istamagan» deb hisoblab, hamma talabalarga bir xil talab qo’yish, bir xil muomala qilish hollari ko’plab u’chraydi. Ba’zan talabadan hatto u bajara olmaydigan ishlar ham talab yetiladi. Ayrim o’qituv’chilar talabaning oilasidagi, ota-onasidagi nuqsonlari u’chun ham uni ayblashga urinadilar.

Talab’chanlik o’qituvchi odobining normalaridan biri hisoblanadi. O’qituv’chining talabaga qo’yayotgan talabi adolatli bo’lmog’i kerak. O’qituvchining talab’chanligida uning talaba shaxsiga ‘chuqur hurmati, talabaning ku’chi, qobiliyati va imkoniyatlariga bo’lgan ‘chuqur ishon’chi ifodalanadi. Bu insoniylikning namoyon bo’lishi, ya’ni rivojlanayotgan talaba shaxsi to’g’risida, o’ziga va jamiyatga foyda keltira oladigan barkamol kishini tarbiyalash to’g’risidagi g’amxo’rlikdir. Odatda, talabalar murosasozlik va oliftagar’chilikni—betayinlik, o’ta muruvvatni — mas’uliyasizlik, prinsipsizlik deb tushunadilar. Aksin’cha, yaxshi niyat bilan qilingan oqilona talab’chanlik — qattiqqo’l o’qituvchiga talabaning hurmati va minnatdorligini oshiradi.

O’qituv’chi avvalo, o’ziga talab’chan bo’lmog’i kerak, shundagina talabaga nisbatan qo’yayotgan talablari o’rinli, samarali bo’ladi. Aks holda uning «talab’chanligi» talabaning g’ashini keltirishi va talabalar uni bajarmasliklari mumkin. Talabaga biror topshiriq berayotganda u talabaning ku’chiga mosligi, talaba uni bemalol bajara olishiga o’qituvchining ishon’chi komil bo’lsin. Talaba oldiga qo’yiladigan talablar, unga berilayotgan vazifalar sekin-asta murakkablashtirila borishi, talabalarning qobiliyati, individual xususiyatlarini hisobga olib tabaqalashtirilishi lozim.

O’qituvchi har qan’cha hushyor, yehtiyotkor bo’lsa ham audiyatoriyadagi hamma talabalarning ruhiy holatini, iztiroblarini bilmasligi mumkin. Bu ishda o’qituvchi audiyatoriya talabalar jamoasining ko’magiga tayanmog’i lozim. Audiyatoriya jamoasi boshiga tashvish tushgan talabaning holidan xabardor, unga hamdard bo’lishiga yerishmoq kerak. S’Hunda o’qituvchi bilan talaba o’rtasidagi muomala natijasida sodir bo’ladigan ayrim xatolarning oldini olish imkoni tug’iladi.

Talabaning ruhiy holatini tushunish, audiyatoriyadoshlarida unga nisbatan xayrixohlik, g’amxo’rlik xis-tuyg’usini uyg’otish o’qituv’chining yuksak pedagogik, axloqiy madaniyatidan dalolat beradi. Odobli, madaniyatli o’qituvchi talabalar bilan qo’pol muomala qilmaydi, talabaning «sirini» oshkor yetmaydi, uning ustidan kulib, qalbini jarohatlamaydi. Aksin’cha, fikr-mulohazasi qotib qolgan, talabalarning qalbi, yehtiyoj va qiziqishlarini inobatga olmaydigan, hammaning xulqini bir xil qolipda baholaydigan o’qituvchi ko’pin’cha pedagogik muomala odobi normalarini buzadi, talabalar orasida obro’ ham ololmaydi. Bunday o’qituvchi odatda, agar talaba mo’min-qobil bo’lsa, uni yaxshilar qatorida ko’radi, agar tanqidiy fikrlaydigan bo’lsa - manman, takabbur deb hisoblaydi. Qobiliyatli, lekin sho’x talabalarni xush ko’rmaydi, natijada o’qituv’chiga hurmasizlik, konflikt - mojarolar kelib ‘chiqadi.

O’qituv’chi bilan talaba o’rtasidagi nizolar ko’pin’cha talabaga nisbatan adolasizlik qilish, unga qo’yilayotgan talablar mavhumligidan kelib ‘chiqadi. Bunday o’qituv’chi talabani asossiz ayblayotganini talab’chanlik, pedagogik jamoa rahbarlarining unga qo’ygan to’g’ri talabini yesa adolasizlik deb qaraydi. Talabaning mustaqil harakatlarini - uning obro’sini to’kishga intilish, itoatkorligini yesa yeng yaxshi hislat deb biladi. O’qituvchi bilan talaba o’rtasidagi nizolar haqida gap borganda shuni yesda tutish lozimki, ta’lim-tarbiya juda murakkab, qarama-qarshiliklarga to’la jarayondir. Ularni bartaraf yetish muqarrar ravishda nizolar ‘chiqishiga ham sabab bo’lishi mumkin. Bu nizolarni oqilona hal yetish u’chun o’qituvchi ularning mohiyati va sabablarini aniqlashi, bilishi kerak.

Bozor iqtisodiyotiga asoslangan jamiyatda axloqiy tarbiya jarayoniga xos qarama-qarshiliklar manfaatdorlik, axloqiy-ruhiy omillar, shuningdek, muhit ta’sirida sodir bo’lishi mumkin. Bunday faktorlar qatoriga quyidagilar kiradi:

— talaba tarbiyalanayotgan muhitdagi axloqiy tajriba, xulqiy odatlar jamiyatda qabul qilingan umuminsoniy, milliy axloq mezonlariga mos kelmasligi;

— talabada ilgari shakllangan qiziqish va istaklar axloqiy tarbiyaning maqsadiga to’g’ri kelmasligi;

— talabaning irodasi, o’zini tuta bilish darajasi bilan tarbiya’chi-o’qituv’chining talablari bir-biriga to’g’ri kelmasligi;

— talabaning jamoada o’z o’rnini topishga bo’lgan intilishi bilan o’z manfaatlarini jamoaning manfaatlariga bo’ysundirish zarurligini bir-biriga mos kelmasligi;

— tarbiya’chi, o’qituv’chining pedagogik, axloqiy madaniyat darajasi talabalarni axloqiy tarbiyalash sohasida kun tartibiga qo’yilayotgan vazifalar, talablarga mos kelmasligi. Bu qarama-qarshiliklar obyektiv yoki subyektiv harakterga yega bo’lishi mumkin. Tarbiya jarayonida ular subyektivlikdan obyektivlikka o’tishi yoki aksin’cha bo’lishi ham mumkin. Masalan, ota-onalarning axloqiy madaniyat darajasi subyektiv faktor hisoblansa ham u talaba u’chun obyektivlik xarakteriga yega, ‘chunki ota bilan onani tanlab olish mumkin yemas.

Subyektiv qarama-qarshiliklar ham, obyektiv qarama-qarshiliklar ham jiddiylashib, nizolar ‘chiqishiga olib kelishi mumkin. Bur’ch bilan istak o’rtasidagi, zarurat bilan yerkinlik o’rtasidagi obyektiv qarama-qarshiliklar natijasida yuzaga keladigan nizolarni, kelishmov’chiliklarni bartaraf yetish, ko’pin’cha, rivojlanish usuliga aylanadi. Bunday konfliktlarni ijobiy hal qilish natijasida shaxs o’z tajribasida jamiyat o’rtaga qo’yayotgan axloqiy talablarni jamoat’chilik va o’qituv’chi ta’sirida anglab oladi.

quyidagilar axloqiy tarbiya jarayonida vujudga keladigan obyektiv (asosiy) qarama-qarshiliklar sirasiga kiradi: tarbiya tizimi va yosh avlod yerishishi zarur bo’lgan yuksak axloqiy namunalar (ideallar) kun tartibiga qo’yayotgan vazifalar bilan tarbiyalanuv’chilarning hayotiy tajribasi o’rtasidagi qarama-qarshilik; talaba yegallashi lozim bo’lgan axloqiy qoidalar bilan talabaning o’tkin’chi yehtiyojlari va xohishlari o’rtasidagi qarama-qarshilik; axloqiy yerkinlik bilan axloqiy mas’uliyat o’rtasidagi qarama-qarshilik. Bu qarama-qarshiliklarni bartaraf yetish silliq ke’chmaydi, ularni to’g’ri hal yetish natijasida talaba axloqiy kamolotga yerisha boradi. Odatda, bunday nizolar, yo talabani yuksak axloqiy ideallarga yo’naltiruv’chi o’qituv’chi foydasiga, yoki talabaning o’tkin’chi xohishlari foydasiga hal yetilishi mumkin. Ikkala holatda ham «sakrash», «portlash» yo’li bilan yangi holatga o’tiladi: yo talabaning hulqida ijobiy o’zgarish bo’ladi, yoki salbiy holat mustahkamlanadn. O’qituv’chi har bir nizoni ye’chayotganida buni nazarda tutmog’i kerak.

Obyektiv qarama-qarshiliklar natijasida vujudga kelgan konfliktlarni oqilona bartaraf yetish o’qituv’chining pedagogik madaniyatiga, muomala odobiga, tanlagan vositalarining to’g’riligiga bog’liq. Subyektiv sabablarga ko’ra paydo bo’lib, janjallarga olib kelgan qarama-qarshiliklar salbiy natijalar beradi, o’qituv’chiga nisbatan ishon’chsizlik tug’diradi o’qituv’chi bilan talabalar o’rtasida ruhiy to’siqlar hosil qiladi. Bunday nizolar shaxsning axloqiy rivojlanishiga turtki bo’la olmaydi, ‘chunki bu holat o’qituvchining axloqiy madaniyati pastligidan sodir yetiladi. Bu qarama-qarshilikni bartaraf yetish yo’li – ularni o’z vaqtida aniqlab, nizoga aylanib ketishiga yo’l qo’ymaslikdir. Bunga yerishish u’chun o’qituvchi hayotni yaxshi bilishi, sezgir, vijdonli bo’lish bilan birga talabalarning ruhiy rivojlanish qonunlarini, axloq normalarini ham bilishi, voqyealarni oldindan ko’ra bilish fazilatiga ham yega bo’lmog’i kerak.

Pedagogik axloqda ta’lim-tarbiya jarayonida vujudga kelib, an’anaga aylanib qolgan ayrim qoidalar subyektiv qarama-qarshiliklar va konfliktlarning kelib ‘chiqishiga sabab bo’lishi ko’rsatilgan. Masalan, shunday qoidalardan biri -har qanday holatda ham talaba oldida o’qituvchining obro’sini saqlash kerak, degan tushun’chadir. Bu qoidaga amal qilaman deb, o’qituvchi ba’zan o’z vijdoniga qarshi ish tutadi, kasbdoshi noxaq bo’lsa ham uning harakatlarini to’g’ri deb isbotlashga, talabani yesa ayblashga, yomonlashga urinadi. «O’qituvchini talaba tanqid qilishi mumkin yemas», degan axloqiy qoida ham o’qituv’chining obro’sini saqlash u’chun o’ylab topilgan.

Majlis borayotganda talabaga o’qituvchi haqidagi fikrlarini, mulohazasini aytishni ta’qiqlash mumkindir, lekin talaba o’z tengqurlari davrasida kattalarning hulqi, xatti-harakatlari haqida o’z fikrini aytishi, baho berishini ta’qiqlab bo’lmaydi-ku. Natijada talabalarning ayrim o’qituv’chi haqidagi fikrlari, tushun’chalari shakllanish jarayonini pedagogik jihatdan boshqarib bo’lmay qoladi. Ba’zan buning natijasida talabalar talab’chan o’qituvchini - adolasiz kishiga, talabaning kam’chiligi va sho’xliklariga ye’tibor bermaydigan o’qituvchini yaxshi odamga ‘chiqarib qo’yadilar.

O’qituvchining biror tasodifiy xatti-harakati natijasida talabalarda u haqda sodir bo’lgan noto’g’ri fikr ham ta’lim-tarbiya jarayoniga salbiy ta’sir yetishi, o’qituvchining ishini murakkablashtirishi mumkin. Odatda, bunday konfliktlar uzoq davom yetadi va o’qituv’chi foydasiga «hal» yetiladi. O’qituvchining obro’sini saqlayman deb, kattalar ba’zan talabaning qadr-qimmatini yerga uradilar, o’qituv’chidan ke’chirim so’rashni talab yetadilar, vaholanki bu nizoga o’qituv’chining noto’g’ri xatti-harakati sabab bo’lgan. O’qituvchilarning bu ishi axloqiy tarbiya talablariga to’g’ri kelmaydi. Yaxshi pedagogik an’analarni saqlash va ularga amal qilish bilan mutaassiblik o’rtasidagi farqni, o’qituvchilik burchini bajarish bilan o’taketgan rasmiyatchilikni ajrata bilmoq lozim.

O’qituvchi talabalar bilan o’zaro muomalasida ko’tarinki ruh, yaxshi kayfiyatni saqlay bilishi pedagogik axloqning muhim talablaridan biridir. O’qituv’chi dars o’tayotgan yoki tarbiyaviy tadbirni bajarayotganida talabalarning do’sti, maslahat’chisi yekanligini yesda tutmog’i lozim. Bu, o’qituvchi hamma vaqt talabalar bilan oshna-og’aynigar’chilik qilaveradi degan gap yemas. Talabalar ko’p o’tmay o’qituvchining hulqidagi bu kam’chilikni payqab olib, uning ustidan kulib yuradilar.

Pedagogik axloq normalariga amal qilishda o’qituvchi odob-muomala qoidalarini buzmasligi, shu bilan birga o’qituvchining hulqi talabalarning xatti-harakatlarini, o’zaro munosabatlarini ham tartibga solib borishi haqida g’amxo’rlik qilmoq kerak.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov mustaqillikning dastlabki yillaridayoq mamlakatimizni rivojlantirishning ma`naviy-axloqiy negizlari haqida o`z fikrlarini bayon yetgan: “Mustaqil O`zbekistonning kuch-qudrat manbai – xalqimizning umuminsoniy qadriyatlarga sodiqligidir. Xalqimiz adolat, tenglik, ahil qo`shnichilik va insonparvarlikning nozik kurtaklarini asrlar osha avaylab asrab kelmoqda. O`zbekistonni yangilashning oliy maqsadi ana shu an`analarni qayta tiklash, ularga yangi mazmun bag`ishlash, zaminimizda tinchlik va demokratiya, farovonlik, madaniyat, vijdon yerkinligi va har bir kishini kamol toptirishga yerishish uchun zarur shart-sharoit yaratishdir”.

Darhaqiqat, O`zbekiston zaminida Sharq ma`naviy madaniyatining muhim jihatlari uyg`onish davrida rivojlangan bo`lib, bu davrda yashab ijod yetgan al-Xorazmiy, al-Kindiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Firdavsiy, Umar Xayyom, yusuf Xos Hojib, Ahmad yassaviy, Shayx Sa`diy, Tusiy, Mahmud Qoshg`ariy, Ahmad yugnakiy, Lutfiy, Mirzo Ulug`bek, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy kabi ko`plab mutafakkirlarning ijodlari pedagogik tafakkur taraqqiyotida, insonning ma`naviy-axloqiy kamolotida, umumbashariy ma`naviy qadriyatlarning yuksalishida muhim bosqich bo`ldi. Ular Sharqona odob-axloq talablari asosida komil insonni tarbiyalashning ma`naviy asosini yaratishga muvaffaq bo`ldilar.

Ushbu davr ma`naviy qadriyatlari mazmunida avvalo, insonning ichki va tashqi holati, hissiyoti, mehnatga, turmushga munosabati, mehr oqibati, muxabbati, sadoqati, bilim o`rganishga intilishi, ma`naviy kayfiyati, aql idroki, yerki, insonni tabiatning yeng buyuk mahsuli sifatida kuylash, tasvirlash, oliy axloqli, yuksak insoniy fazilatlarga yega bo`lgan adolatli jamoa vakilini tarbiyalash g`oyasi ilgari surilgan. Ularning yosh avlod ma`naviy madaniyatini tarbiyalashdagi ahamiyati ham naqadar bebaho yekanligini ta`kidlab, Prezidentimiz I.A.Karimov “Yuksak ma`naviyat – yengilmas kuch” nomli asarida ma`naviyat tushunchasiga shunday ta`rif beradi: “...Ma`naviyat insonni ruhan poklanish, qalban ulg`ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon-ye`tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg`otadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarining mezonidir, desak menimcha tariximiz va bugungi hayotimizda har tomonlama o`z tasdig`ini topib borayotgan haqiqatni yaqqol ifoda yetgan bo`lamiz”. Demak, ma`naviy madaniyat manbalarida ilgari surilgan g`oyalarga amal qilish, ularni yosh avlodga o`rgatish va ongiga singdirish o`qituvchining jamiyat va Vatan oldidagi yuksak burchidir.

Inson o`z qadr-qimmatini va o`zligini umumta`lim maktablarida ta`lim-tarbiya jarayonida anglay boshlaydi. Ta`lim muassasalarida o`qituvchi tomonidan o`zaro muloqot asosida olib boriladigan quyidagi xususiyatlar negizida o`quvchilarda muloqot orqali ma`naviy madaniyatni shakllantirish mezonlari (O.Musurmonova) ifodalangan:


  • har bir insonning qiziqishlarini ko`ra bilish, his yetish va hurmat qilish;

  • milliy-ma`naviy madaniyat manbalarini o`rganish, o`zligini anglashga yehtiyoj;

  • inson hayotida mehnatning o`rnini to`g`ri tushunish;

  • insonparvarlik, mehr-oqibat, iymon, ye`tiqod, milliy qadriyatlarni ye`zozlash;

  • Vatanga muxabbat, sadoqat, o`z manfaatlarini jamiyat, xalq manfaatlaridan yuqori qo`ymaslik;

  • ota-ona, qarindoshlar va boshqa atrof-muhitidagi kishilarga nisbatan muruvvatli, saxovatli bo`lish.

O`qituvchi ta`lim-tarbiyaviy jarayonda o`quvchilar ma`naviy madaniyatini shakllantirishda muloqotning cheksiz imkoniyatlaridan foydalanib ong va faoliyat birligini ta`minlashi taqozo yetiladi. Ma`naviy ong o`quvchining dunyoqarashi, bilimi, his-tuyg`usi, idroki, irodasi va diqqatining majmuasi bo`lib, u o`qituvchining pedagogik mahorati negizida ta`lim-tarbiyaviy faoliyat asosida shakllantiriladi. O`z navbatida ong ham faoliyatga ta`sir ko`rsatadi va uni tartibga soladi.

O`quvchi tarbiyaviy muhitda uyushtirilgan ma`naviy faoliyatda ma`naviy madaniyat muammolarini yerkin, ongli va adolatli yecha olishga intilishi ta`minlanishi kerak. O`qituvchi bilan o`zaro muloqot jarayonida o`quvchi ongli ravishda o`z munosabatlarini bildirishga, to`g`ri xulosa chiqara olishga, milliy g`urur asosida ularni avaylashga, asrashga, sevishga, umrboqiyligini ta`minlashi ma`naviy burchi yekanligiga o`rgatiladi.

O`zbekiston Prezidenti I.A.Karimov o`zining “Yuksak ma`naviyat – yengilmas kuch” nomli asarida “Ma`naviyatni shakllantirishga bevosita ta`sir qiladigan yana bir muhim hayotiy omil – bu ta`lim-tarbiya tizimi bilan chambarchas bog`liqligidir. Ta`limni tarbiyadan, tarbiyani yesa ta`limdan ajratib bo`lmaydi – bu sharqona qarash, sharqona hayot falsafasi. ....Ma`naviyatni tushunish, anglash uchun avvalo insonni tushunish, anglash kerak. Shuning uchun ham o`zligini, insoniy qadr-qimmatini anglab yetgan har qanday odam bu haqda o`ylamasdan yashashini tasavvur qilish qiyin” – deb ta`kidlaydi.

Ma`naviy madaniyatning muhim belgilarini shakllantirishda, ta`lim-tarbiya tizimini ma`naviy muhit, ma`naviy faoliyat va ma`naviy anglash bosqichlaridan iborat andozalar asosida tashkil yetishda ushbu mezonlar talablariga rioya qilish belgilangan maqsadni samarali amalga oshirish imkoniyatini beradi. Bunda o`qituvchining muloqoti asosida o`quvchilar ma`naviy madaniyatini shakllantirish jarayoniga ta`sir yetuvchi quyidagi omillar ham muhim ahamiyatga yega:



  1. O`quvchi ma`naviy faoliyat asosida o`zligini anglashni shakllantirish uchun ma`lum bir muhitda ma`naviy qadriyatlar bilan harakat orqali muloqotga kirishadi. Harakasiz muhit va faoliyat bo`lishi mumkin yemas. Shuning uchun o`quvchilar ma`naviy madaniyatini shakllantirish samaradorligini ma`naviy harakat omili ta`minlaydi.

  2. Ma`naviy qadriyatlarning mohiyati, ma`naviy-axloqiy tajriba, o`qituvchining ta`sirchan nutqiy muloqoti vositasida o`quvchi ongiga singdiriladi. Nutqiy aloqalar tarbiya jarayoni ob`yektlari va sub`yektlari orasida kechadi va o`quvchi ma`naviy madaniyatini shakllantiruvchi omil bo`lib xizmat qiladi. O`quvchining xulq namunasi, ma`naviy harakati, nutqiy aloqalar samaradorligi o`qituvchi va o`quvchining muloqoti asosidagi faoliyat munosabatlari bilan belgilanadi.

  3. Ma`naviy qadriyatlarning tarbiyaviy mohiyatidan ta`sirlanish va amaliy faoliyatda ularga tayanish, umuminsoniy qadriyatlar darajasiga ko`tarilishini ta`minlab, o`quvchi ma`naviy madaniyatini tarbiyalashdagi ahamiyatini takomillashtirish ta`lim-tarbiya jarayonining ishtirokchilaridan (o`qituvchi va o`quvchi) doimiy ijodkorlikni talab qiladi. Ijodkorlik – milliy-ma`naviy qadriyatlar asosida o`quvchi ma`naviy madaniyatini shakllantirishda muhim omil hisoblanadi. O`qituvchi ta`lim-tarbiya jarayonida uning imkoniyatlaridan keng va samarali foydalanadi.

  4. O`quvchi ma`naviy madaniyatini shakllantirishning muvaffaqiyati o`qituvchining muloqot olib borish psixologik taktikasi omillariga ham bog`liq. Ushbu omilni harakatlantiruvchi sharoitlar:

– o`qituvchining pedagogik-psixologik bilimlar va maxsus fanlar integrasiyasi bo`yicha chuqur bilimga yega bo`lishi;

– mutaxassisligi bo`yicha kasbiy mahorati;

– o`quvchilar bilan o`zaro do`stona muloqot madaniyati;

– o`quvchilarning ruhiy holatini tez bilib olishi;

– o`qituvchi ma`naviy madaniyatining shakllanganlik darajasi;

– ta`lim-tarbiyaning zamonaviy usul va metodlarini tanlay bilishi;

– zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari to`g`risida chuqur ma`lumotlarga yega bo`lishi;

– o`qituvchining pedagogik jamoa orasidagi hurmat – ye`tibori.



  1. O`qituvchi muloqot asosida o`quvchilarda ham ijodkorlik omilini takomillashtirib boradi. O`quvchida uning sifatlari quyidagi belgilar bilan namoyon bo`ladi:

  • ma`naviy qadriyatlarni, an`analarni o`zlashtirishga qiziqishda yehtiyoj va talabning kuchliligi;

  • o`rganilayotgan fanlar asoslarini yegallashga ijobiy munosabat;

  • ma`naviy madaniyat saviyasi, dunyoqarashi;

  • o`z-o`ziga nisbatan talabchanlik;

  • tabiatga, atrof-muhitga ongli munosabat;

  • yangiliklarni va axborot texnologiyalarini o`rganishga qiziqish;

  • ijtimoiy va shaxsiy faolligi;

  • nazariy bilimlarni amaliyotda qo`llay olish ko`nikmasi;

  • tashabbuskorligi va ijodkorligi.

O`quvchilarda ma`naviy madaniyatni shakllantirish jarayonining muvaffaqiyatli borishi ta`lim mazmuniga asoslanib, o`qituvchi va o`quvchining o`zaro hamkorlikdagi faoliyatini to`g`ri tashkil yetish saviyasiga bog`liq. Bu quyidagi faoliyat turlarini mukammal bilishni taqozo yetadi:


Download 1,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   349




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish