O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi g. B. Amirova, E. Nasimov p е dagogik a. Psixologi ya


ZARDUSNTIYLIK AXLOQINING ASOSIY UCNLIGI



Download 1,31 Mb.
bet21/349
Sana01.01.2022
Hajmi1,31 Mb.
#296631
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   349
Bog'liq
2 5244712396257232653

ZARDUSNTIYLIK AXLOQINING ASOSIY UCNLIGI

EZGU FIKR, EZGU KALOM , EZGU AMAL

Eng qadimgi turkiy tilda yaratilgan va turk-runiy yozuvida bitilgan Urxun-Yenisey bitiklari xam VI-VIII asrlarda yozib qoldirilgan bo’lib, ular ta’lim-tarbiyaga oid qimmatli Ma’lumotlar beradi.

Garchi Urxun-Yenisey yozma yodgorliklari bevosita ta’lim-tarbiya masalalariga bagishlanmagan bo’lsa xam, ulardan o’sha davr axloqiy talablar yuzasidan Ma’lum bir Ma’lumot olish mumkin. Xususan, xoqonlar va alplarning jangovor faoliyati, turmush tarzi, vatanparvarlik, birdamlik, ittifok bo’lib yashashga intilishi, mardlik, jasorat, samimiylik, insonparvarlik, ezgulik kabi insoniy xislatlari jamiyat har bir ahzosining axloqiy qiyofasini belgilovchi muxim fazilatlar sifatida ma’rifiy qadriyatlarimiz tarixida muxim axamiyatga ega.

Ma’lumki, VI asr o’rtalariga kelib Oltoy, Yettisuv va Markaziy Osiyo turk qabilalaridan turk xoqonligi tashkil topdi. Bu xoqonlik garbdan Vizantiya, janubdan Eron va xindiston, sharqdan Xitoy bilan chegaradosh bo’lgan. Turk xoqonligi Turkyut davlati deb xam atalgan. )£okonlik 603 yilda Sharqiy va G’arbiy xoqonlikka ajralgan. 745-yilga kelib esa Turk xoqonligi tugallanadi. Turk xoqonligi asosan 3 kishi: Bilga xokon (Mog’ilyon), Kul tegin, Tunyuquqlar qo’lida markazlashgan edi. Bilga xoqon (Mog’ilyon) xoqon, Kul tegin - sarkarda, Tunyuquq esa - vaziri dono bo’ladi.

Bitig toshlarda turk xoqonlarining yurishlari, bu yurishlarda ko’rsatgan jasoratlari, ularning bilimli, mard, xalqparvar alp yigitlar ekanligi bayon etiladi. uz vatani mustaqilligi uchun kurash, xalqni asoratdan olib chiqish, ularning birdamligini tahminlash xoqonlar Bo’min, Istami, Eltarish, Eltarishning o’g’illari - Bilga xoqon va lashkarboshi Kul tegin, ma’naviy otalari Tunyuquqlarning zimmasiga tushgani xikoya qilinadi.

Xulosa qilib aytganda, eng qadimgi ma’rifiy yodgorliklarda insonda eng qadrlanadigan xislat jasurlik, mardlik, adolat, sadoqat, insoniylik, xushmuomalalik bo’lgan. Bu xislatlar o’z-o’zidan shakllanmagan. Tabiat va jamiyatdagi o’zgarishlar, ibtidoiy urug’chilik qabilachilik turmush tarzi buni taqozo etgan.

VII asr boshlarida tashkil topgan Arab xalifaligi uz mavqyeini mustahkamlash uchun boshka mamlakatlarni ham zabt eta boshladi.

VII asrdan boshlab arablar Movarounnahrga ham xujum boshladi. VIII asr o’rtalarida esa butun Movarounnahr zabt etildi, natijada bu o’lkada ham xalqqa islom dini qabul qildiriddi. Arablar istilo etgach Movarounnahrda ham islom g’oyalariga asoslangan ta’lim-tarbiya tizimi o’rnatila boshlandi. Va yangi tizimga ega bo’lgan ta’lim muassasalari paydo bo’ldi. Islom dini qabul qilingan joylarda machitlar, machitlar qoshida esa maktablar tashkil etildi. Arab tilini o’rganish joriy etildi, maktablarda ta’lim arab tilida olib borilar va u yerda asosan " Qur’on i Karim" o’rganilar edi. Arab bo’lmagan bolalarga islom dini asoslarini o’rgatish maqsadida "Xaftiyak", "Chor kitob" kabi darsliklar o’qitilardi.

XII asrdan boshlab, islom dinini turkiy tilda yozilgan asarlarda ham ommalashtirish boshlandi. Misol tariqasida Ahmad Yassaviyning "Xikmatlar" asarini keltirish mumkin. Xalq asosan, o’z ona tilida so’zlashsa ham, yozuv arab alifbosida edi. U davrda savod chiqarish harf va so’zlarni yozishni o’rganishdan boshlanar edi. Maktab so’zining, arabcha "yozuv o’rgatadigan joy" deb nomlanishi xam ana shundandir. Maktablarda bolalarga yozish va xisoblash o’rgatilgan, bundan tashqari, o’smirlarga savdo san’ati, arab tili, mantiq, notiqlik, xusnixat, arifmetikadan saboq berilgan.

Har bir maktab talabasining soni 30-40 dan oshmagan. Machitlar xuzuridagi maktablarda asosan " Qur’on " o’qitilgan.

Bolalarga dastlabki sabok harflarni o’qishdan boshlangan, bu usulda har bir bola alifbe tartibida harfning nomini bilib olishi (alif, be, te, se, va x.), so’ngra shu harflarni qo’shib o’qishni mashq qilar edi. Ana shu mashq oxiriga yetganidan so’ng, bolalar qo’llariga " Qur’on " berilgan va domla raxbarligida " Qur’on "ning har bir surasi takrorlanib o’rganilar edi.

Asta-sekin ota-onalar bolalarni 6-7, xatto 5 yoshidan maktabga bera boshladilar " Qur’on "ni yod bilgan kishi qori deb atalardi. Qorilar katta xurmatga sazovor edilar. Asta sekin o’qimishli kishilar, yahni domla aloxida ajralib, ular o’z xonadonlarida ham maktab ochadi. Talabalar maktabdor domlalar maktabida xusnixat, og’zaki xisobni ham o’rganar, asta - sekin fors-tojik tilida va turkiy tildagi kitoblarni, qo’lyozmalarni xam o’qitilar, o’rgatilar edi.

X asr boshlarida madrasalar ham paydo bo’la boshlaydi. "Madrasa" so’zi "dars o’qitiladigan joy", "Ma’ruza tinglaydigan joy" mahnosini anglatadi. Ma’lumki, madrasalarda musulmon diniy okimlari arab tili grammatikasi va qoidachilik, iloxiyot, mantiq, notiklik maxorati, kalom, o’rgatilgan. Asta-sekin madrasalarda astranomiya, matematika, geografiya, kimyo kabi dunyoviy fanlar o’kitila boshlandi.

Madrasalarda 15-20, 30-40 va 100-150 tacha talaba o’qigan. Madrasani bitirib chiqqanlar imom-xatib, qozixonalar va boshqa mahmuriy ishlarda ish olib borar edi. Ma’lumki, islom aqidalari ehtiqod va talablari, xuquqiy va axloq mehyorlari " Qur’on " va uning tavsiflarida, "Hadis"larida xamda shariat qo’llanmalari, iloxiyot adabiyotlarida ifodalangan. " Qur’on " dunyo madaniyatining ulkan boyligi, islomda muqaddas kitob. U arab tilida "Qiroat" mahnosini anglatadi. " Qur’on " 114 suradan iborat. U kishilarni tenglikka, birodarlikka, tinch-totuv yashashga, saxiylikka undaydi. Shunga ko’ra u katta axloqiy qimmatga ega. Buni biz " Qur’on "ning necha asrlardan buyon insoniyatning eng ulug’ qadriyati sifatida ehzozlanib kelinishidan xam bilsak bo’ladi.

Imom Ismoil al- Buxoriy va uning “Al-jomeh as–sahih”, “ Al-adab al-mufrad” asarlarida tarbiya masalalari. "Xadis" va "sunna" so’zlari bir-mahnoni anglatib, Rasululloxning xayoti va faoliyatida diniy va - axloqiy ko’rsatmalari xaqidagi rivoyatlardan iborat. Hadislar dastlab yozib borilmagan. Chunki payg’ambarimiz Qur’on i Karim nozil bo’lgan vaqtlarda arab bo’lmagan kishilarning, xadislarni Qur’on Lekin, hadislarni yod olgan kishilar tobora kamaya borgani hamda asta-sekin ular unutilib ketishining oldi olinib, xalifalar ishonarli hadislarni to’plashga farmon berdilar. Islomshunos olimlar bu ishni boshida turgan dastlabki xalifa Umar Ibn Abdulaziz ekanligini ta’kidlaydilar. USh-1X asrlar hadis ilmi uchun "oltin davr" hisoblanadi. Islom dunyosida eng nufuzli manbalar deb sanalgan oltita ishonchli to’plam (as-sahih as-sitta)ni yaratgan muhaddislar ham vatandoshlarimiz bo’lib, hadis ilmi rivojlangan IX asrda yashab ijod etganlar. Bular: Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy 194 (810) 256 (870); Imom Muslim ibn al-Xajjoj 206 (819) - 261 (874); Imom Iso Muhammad ibn Iso at-Termiziy 209 (819) 279 (892); Imom Dovud Sulaymon Sijistoniy 202 (817) 275 (880); Imom Ahmad al-Nasoiy 215 (820) 303 (915); Imom Abu Abdulloh Muhammad ibn Yazid ibn Moja 209 (824) 273 (886) kabi allomalardir.

"Sahih" yo’nalishining asoschisi, eng yetuk va mashhur muhaddis Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriydir (825-870). Imom Buxoriy hadis ilmida «Amir ul-mo’minin», «Imom al muhaddisiyn» («Barcha muhaddislarning peshvosi») degan sharafli nomga sazovor bo’lgan.

Imom al Buxoriy juda boy ijodiy meros qoldirgan. Shubhasiz, bu asarlaridan eng yetuk, shoh asralari «Al Jomeh as sahih» - dir. Bu asar «Sahih al - Buxoriy» nomi bilan ham dunyoda mashhur. Imom Buxoriy 4 jildan «Al jomeh as sahih» asarining bir jildida odob haqidagi hadislarni jahm etgan. Keyinchalik allloma butun Islom olami odob axloqi va tarbiyasi masalalariga bag’ishlangan «Al adab al - mufrad» («Adab durdonalari») maxsus hadislar to’plamini yaratadi. Bu asar 644 bobda bayon etilgan 1322 hadisdan iborat.

Mashhur muhaddislardan yana biri vatandoshimiz Abu Iso at Termiziy (824 - 992) bo’lib, ularning o’tkir zehni, xotirasi, yodlash qobiliyatining kuchliligi tufayli Imom Ismoil al Buxoriy ham ularni faqat shogard sifatida emas, hamkor do’st sifatida ham xurmat qilganlar. At Termiziy xam o’ndan ortiq asarlar yaratib, ayniqsa, «Aljomeh as - saxix» («Ishonchli to’plam»), «Ash Shamoil an - Nabaviya» («Payg’ambarlarning aloxida fazilatlari»), «Al ilal hadis» («hadislardagi illatlar va og’ishlar xaqida») asarlar mashxurdir.

Hadislarda insoning kamolga yetishi uchun talab etiladigan insoniy fazilatlar aks ettirilgan bo’lib, bular mexr - oqibat ko’rsatish, saxiylik, ochiq ko’ngillik, ota - ona va kattalarga, qarindoshlarga muruvvat, g’amxo’rlik, xurmat, vatanga muxabbat, mexnat va kasb - xunarni ulug’lash, xalollik, poklik, o’zaro do’st, tinch - totuv bo’lish va boshqalardan iboratdir. Bundan tashqari, insonining o’zini illatlardan tiyish, yaxshilik sari intilish kerakligi borasidagi pand - nasixatlar ham o’z ifodasini topganki, bularning barchasi Qur’on i Karim ko’rsatmalaridan kelib chiqadi va komil insonni shakllantirish mezoni sanaladi.

Hadislarda jamiyatning, inson naslining rivojlanishiga ta’sir etuvchi muammolarga ham katta ehtibor berilgan. Bu muammolarning eng muximi ekologik muammo bo’lib, necha asrlardan buyon o’z dolzarbligini yo’qotmagan: ekinlarni ximoya etish, ariq -zovurlar o’tkazib, suv chiqarish kabi ezgu ishlar xam rivoyat qilinadi. Masalan, tirik jonivorlarni o’ldirmaslik (shariatda o’ldirishga buyurilgan ilon, chayondan bo’lak), jonivorlarga yaxshilik qilish, ozor bermaslik, inson yashaydigan joyni unga ozor beradigan narsalardan tozalash (227, 446 - xadislar), kishilarga soya beruvchi daraxtlarni kesmaslik, xovli saxnlarini toza tutish xaqidagi xadislar shunday ibratli xadislardir (33, 132 - b). Xadislarda yomon ishlar, yomon illatlar, yomon xatti harakatlar, «gunoh» sifatida qoralansa, inson farovonligi, jamiyat ravnaqi uchun qilinadigan yaxshi, ezgu xatti harakatlar, faoliyati «savob» tarzida olqishlanadi.

Shunga ko’ra, yetim molini yeyish, mol dunyoga xirs qo’yish, yolg’onchilik, g’iybatchilik, tuxmat, zino, ichkilikbozlik, giyoxvandlik, foydasiz gapni ko’p gapirish va boshqa illatlar gunox xisoblanadi. Ota ona, keksalar, zaiflar va muxtojlarga g’amxo’rlik, ularni yo’qlab turish, marxumlarni yaxshi so’zlar bilan xotirlash, birov ularning ustidan kulmasligini tahminlash, omonatga xiyonat qilmaslik kabilar savob sanaladi.

Ma’lumki, inson kamolati bevosita uning sog’lomligiga xam 6og’liqdir. Chunki sog’lom insongina xam oila, xam jamiyatning ravnaq topishi uchun faoliyat ko’rsatadigan kishilar bo’lib yetishadi.

Hadislarda, umuman, Islomda tozalik va poklikka, ruxiy va jismoniy poklikka katta ehtibor beriladi. «)Haq taolo o’zi pok, poklikni yaxshi ko’radi. o’zi toza, tozalikni yaxshi ko’radi. Eshiklarni oldini pokiza tutinglar» (190 xadis, 133, 66 b.). Shuning uchun xam nomozdan keyin yuz - ko’lni yuvish, maxs tortish, oyokni yuvish, mustaxab, o’ng ko’l bilan taxorat kilmaslik, burunga suv tortmoq, og’izni toza tutish, g’usl, tayammum qoidalari insonni jismonan pok bo’lishga yo’naltirganki, bular avloddan avlodlarga o’tib, xulq - odob koidalariga aylanib kolgan. Hadislarda inson erkiga xam axamiyat berilgan.

Inson har tomonlama yetuk bo’lishi uchun u erkin bo’lishi kerakligi " Qur’on i Karim"da xam, "Hadisi Sharif"da xam ehtirof etilgan: Allox Taologa amali solixlarning yaxshi ko’ringani agarki oz bo’lsa xam davomlisidir. Allox Taologa farzlardan so’ng amali solixlarning eng sevimlisi musulmon kishining diliga xursandchilik solishdir. «(33 - xadis)». Allox o’zi kechiruvchi zot, kechirguvchini yaxshi ko’radi (191 - xadis) kabi xadislar buning dalilidir. Chunki inson qanchalik qadrlansa, barcha ezguliklar, yaxshiliklar insonga atalsa, uning manfaati uchun xizmat qilsa, inson xam shunga ko’ra kamol topaveradi, yuksaklikka ko’tarilaveradi, o’z navbatida bunday insonlar yashaydigan jamiyat xam rivojlanaveradi.

XIV asrning o’rtalarida Markaziy Osiyoda mayda feodal xokimlar o’rtasida nizo kuchaydi, iqtisodiy qiyinchiliklar yuz berdi, siyosatda qathiyatsizlik avj oldi. Xokimlar o’rtasida nizolar kuchayishi natijasida mamlakat 10 ta mustaqil beklik va amirliklarga bo’linib ketdi. Beklar va amirlar o’rtasida o’zaro kurash kuchaydi, mamlakat urush va tolon-tarojlar iskanjasida qoldi.

Shunday og’ir bir parokandalik vaziyatda el-yurtning og’ir yukini Amir Temur o’z yelkasiga oldi va qariyib 10 yil (1360-1370) davom etgan og’ir kurashdan so’ng mamlakatni mo’g’ullar istibdodidan xalos qildi. 1370-1380 yillar mobaynida Amir Temur sayhi harakatlari samarasi natijasida beklar va amirlar o’rtasida nizolarga barxam berildi va Movarounnaxrdagi tarqoq, amirliklar markazlashgan yagona feodal davlatning bayrog’i ostida birlashtirildi.

Shunday qilib, XIV asrning ikkinchi yarmida Movarounnaxrning feodal tarqoqligiga barxam berildi, mamlakat mo’g’ul bosqinchilaridan tozalandi. XIV asrning oxiri XV asrlarda Markaziy Osiyoda feodal munosabatlar yanada rivoj topa boshladi. Soxibqiron Temur va dastlabki temuriylar xukmronlik qilgan davr Movarounnaxr tarixida aloxida o’rin egalladi. Markazlashgan buyuk Temur davlatining barpo etilishi bilan Movaraunnaxrda yana fan va madaniyat, maorif kaytadan ravnak topa boshladi. Shuning uchun xam tarixda XIV asrning ikkinchi yarmi va XV asr o’rta Osiyoda Shark o’yg’onish davrining ikkinchi boskichi deyilishi bejiz emas... chunki, bu davrga kelib, Markaziy Osiyoda iktisodiyot, fan va madaniyat gurkirab rivojlandi.

Amir Temur xukmronligi davrida jaxonning ko’plab shaharlaridan Samarqandga xunarmandlar, san’atkorlar, muxandislar, olimu-fozillar olib kelindi va ularning tajribalaridan ilm- ma’rifat, madaniyat va qurilish jabxalarida keng foydalanildi. Samarqand va Xirotda madrasalar, rasadxonalar, bog’u-rog’lar, madaniyat o’chog’lari barpo etildi. Shu davrga kelib tibbiyot ilmini o’rganishga qiziqish yanada kuchaydi. Riyoziyot, falakiyot, jo’g’rofiya, tarix, adabiyot, falsafa, xuquqiy, targ’ibot, tarbiyashunoslikka oid bir qator ajoyib va muxim asarlar yaratildi. Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, Umar xayyom, Sahdiy, Al-Xorazmiy, Al-Farg’oniy, Imom Buxoriy, At-Termiziy meroslarini, shuningdek, yunon-rim madaniyatini o’rganishga harakat kuchaydi. Mamlakatda davlatni boshqarishni mukammallashtirish, qurilish, obodonchilik, sug’orish ishlariga, shaharlar o’rtasidagi savdo yo’llarini kengaytirishga katta ehtibor berildi.

Soxibqiron Amir Temur say’i harakati tufayli Samarqand shaxri yangidan qayta tiklandi. Shaharda Ko’k saroy, Bibixonim masjidi, Shoxizinda maqbarasi, shahar atrofida Bog’i Chinor, Bog’i Shamol, Bog’i Dilkusho, Bog’i Bexisht, Bog’i Nav kabi bog’ va saroylar barpo etildi. Ko’xak - Zarafshon, Amudaryoga ko’priklar qurildi. Toshkent atrofida kanallar qazildi- Sirdaryodan Oxangarongacha bo’lgan kanallar shular jumlasidandir.

Ulug’bek zamoniga kelib esa matematika, astronomiya kabi fanlar ayniqsa rivoj topdi. Tibbiyot, tarix, adabiyot va shular bilan bir qatorda diniy bilimlarning xam ravnaq topishiga katta ehtibor berildi. Oliy maktab - madrasalar qurildi. Buxoro, Samarqand va G’ijduvonda qurilgan uch madrasa fan taraqqiyotida ilmiy markaz bo’lib keldi.

Buxorodagi madrasa peshtoqiga bitilgan quyidagi yozuvlar xaligacha yaqqol ko’zga tashlanadi: «Ilm olmoqqa intilmoq har bir muslim va muslima uchun qarzu farzdir». Shu sababli xam, biz xech ikkilanmay XIV asrning ikkinchi yarmi va XV asr Markaziy Osiyo tarixida uyg’onish davri bo’lib tarix saxifalaridan o’rin oldi deya olamiz.

Sizlarga muhlumki, uzoq yillar mobaynida mustamlaka iskanjasida kun kechirgan xalqimiz o’z vatandoshini qadrlash, uning tarixiy mavqyeini munosib o’rniga qo’yish imkonidan mahrum edi.

Darhaqiqat o’tmishga nazar tashlaydigan bo’lsak, Amir Temur nomi tariximiz sahifalaridan qora bo’yoq bilan o’chirildi, unutilishga mahkum etildi. Maqsad xalqimizning yuragidan milliy ong, milliy g’urur tuyg’usini yo’qotish, uni qaramlikka, tobelikka ko’ndirish edi. Lekin o’zbek xalqi o’z ajdodlarini, o’z bahodirlarini unutmadi, hamisha yuragida, qalb to’rida saqladi.

Muhammad Taragay Bahodir o’g’li Amir Temur yoshlik chog’idan mard, dovyurak, g’ururli, o’tkir zexn va aklu idrok egasi bo’lib o’sdi. Turli dunyoviy ilmlarni, harbiy san’atni egalladi. Qur’on i Karimni yod oldi, xadis ilmini o’rgandi. Iymon-ehtikodli, xalol-pok inson bo’lib yetishdi».

Darxakiqat, Yurtboshimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek insof-iymon tuyg’usi, diyonat mezoni Amir Temur xayotining mazmunini tashkil etadi. Olamning kariyib yarmiga jaxongir ersa-da, u kuch-kudrat zo’rlik, zo’ravonlik emas, adolatda ekanini teran anglatdi. Shu bois bo’lsa kerakki, o’tmishda jaxon ilm axli, mashxur muarrixlar o’z asarlarida Amir Temur ismiga Ko’ragon, Soxibqiron, Qutbiddin, Abulmansur kabi unvonlarni qo’shib, uni ehzozlab, ulug’lab, xikoyat, rivoyat va xotiralar bittanlar.

«Tarixiy manbalarda zikr etilishicha, Amir Temur xushfehllik, adolat, saxovat, lutfi-karam, islom axloq-odob qoidalariga rioya va amal qilish, insonlarni jamiyatda tutgan o’rinlari qanday bo’lishidan qathiy nazar barobar xurmat qilish, ular bilan samimiy muomalada bo’lish, berilgan vahda va zimmaga olingan ahdnomalarni vaqtida bajarish kabi qator yuksak insoniy fazilatlarga ega bo’lgan.

Amir Temur nomi umumbashar tarixida Movarounnaxr va buyuk Turkiston o’lkalarida ilm-fan xomiysi sifatida xam qolganini ta’kidlash lozimdir. Ma’lumki, u nafakat o’z mamlakatini, balki o’zga o’lkalarni xam obod qilish uchun katga kuch va g’ayrat sarflagan. Doktor Shamsuddin Samiyning «Alg’q Ahlom» komusining «Temur» bandida Amir Temurning o’zi olim bo’lgani, ulamolarning raxnamosi, ularni yaxshi ishlarga rag’batlantiruvchi shaxs ekanligi zikr etilgan va o’z poytaxti Samarkandni katta g’ayrat bilan obod kilib, u yerda kator madrasa, kugubxona va madaniyat saroylarini barpo etgani, «Tuzuklar» nomi bilan asar yozib, turli qonunlar yaratgani, o’z tarjimai xolini xam adabiy, chig’atoy tilida yozgani xamda Temur va temuriylar davrida san’at va adabiyotning rivoj topganini eslatib o’tadi. Shuningdek, doktor Shamsuddin Boboxonov Amir Temur buyuk lashkarboshi, mohir sarkarda sifatida mukammal, yaxshi qurollangan, tezkor xujum qilishga qodir, muayyan taktika va strategiyaga ega bo’lgan qudratli armiyaga asos soldi.Bu armiya o’nlik, yuzlik, minglik va tumanliklarga bo’lingan edi. Amir Temurning harbiy san’ati, uning taktika va strategiyasi ko’p mamlakatlarda, jumladan, Fransiya, Rossiya va boshqa mamlakatlarning harbiy akademiyalarida maxsus o’rganilgan va xozirgi kunga qadar o’rganib kelinmokda deb, ta’kidlashi xam Soxibqiron Amir Temurning buyukligidan dalolat beradi.

Buyuk bobokalonimiz har vaqt: «Insonparvarlik va mardlikni Alloh ham, xalk ham uluglaydi», degan xikmatli so’zni takrorlashni xush ko’rgan va xayotda o’zlari bunga amal qilganlar. Tarix fanlari doktori prof. Ashraf Axmad Soxibqiron Amir Temurning o’zi amal qilgan sifatlarni yuksak baxolaydi. Bular quyidagilar:



  • Hammaga xam bir xil: jiddiy va odil qaradim... Boyni kambag’aldan ustun qo’ymadim;

  • Islomga kathiy rioya kildim.

  • Men kambagallarga ko’p xayr-ex,son kildim. Har mojaro va muammoni diqqat bilan tekshirdim va uni mumkin qadar to’g’ri hal kilishga butun jahdimni sarf kildim;

  • Xaloyikka rahm kildim, barchaga nafh yetkurdim.

  • Birovga nohak ozor yetkazmadim va mendan yordam so’rab kelganlarni ko’kragidan itarmadim...;

  • Islomga taalluqli ishlarni men har doim kundalik va dunyoviy ishlardan ustun qilib keldim...;

  • Barcha so’zlarimdan doim haqiqatgo’ylikka amal kildim...

  • Men har kimga vahda bersam, unga vafo kildim...;

  • Ammo o’zimni Allohning yerdagi mulkining posboni deb bildim va parvardigor iznisiz uni sarf etmadim...;

  • Men har doim insof bayrogini baland ko’tardim va iymon tarkatishni o’z buyukligimning kudratli zamini deb bildim...;

  • Men doim saidlarga ehtirom bilan karadim, ulamo va shayxlarni ehzozladim...

Markaziy Osiyoda fan va madaniyatning rivojlanishiga salmoqli hissa qo’shgan, o’zining g’oyat samarali faoliyati bilan tarixda o’chmas iz qoldirgan, temuriylar avlodining so’nggi vakillaridan biri Umar Shayx Mirzo O’g’li Zaxiriddin Muhammad Boburdir. Bobur Mirzo Farg’ona viloyatining hukmdori Umarshayx, yahni Sohibkiron Amir Temurning chevarasi oilasida 1483 yilda tavallud topdi. Bobur saroy muhitida tarbiyalandi va o’qidi, yoshligidan ilmga, shehriyatta berildi. Dovyurakligi, jasurligi va epchilligi tufayli uni «Bobur yahni «Yo’lbars» deb atadilar.

Zahiriddin Muhammad Bobur ilm va fanning, san’atning, umuman xayotning xamma soxalari bilan yakindan kiziqkan. G’ayrat va tashabbus, sinchkovlik va istehdod Boburni rivojlangan feodal davrning ulug’ siymolaridan biriga aylantirdi. o’tkir zexnli Bobur Mirzo 9 yoshida savodini chiqaradi, Qur’on ni yod oldi, shehrlar yozib uni sharxlay bildi. 10-12 yoshlarida harbiy san’at sirlarini, davlatni boshqarish usulini, jismoniy tarbiya mashqlarini mukammal darajada egalladi.

Istehdod soxibi bo’lgan Bobur 12 yoshida, otasi vafotidan so’ng taxtni egallab, podshox etib tayinlandi va umrining oxiriga qadar o’zi ko’rgan, xayotda guvox bo’lgan, jang suronlari, o’zga yurtdagi jaxongashtaliklar, vatanni qo’msash, bolaga, oilaga qarindosh-urug’larga munosabat masalalarini o’zining tarixiy-geografik kitobi bo’lmish «BOBURNOMA»da bayon etdi.

Bu borada o’zbek olimi taniqli geograf prof. H.Hasanov uni faqat davlat arbobi emas, balki mashxur lashkarboshi, tarixchi, geograf, biolog, musiqachi, tilshunos, mehmor xam bo’lganini ta’kidlaydi. Uning ijodiga mansub bo’lgan «Xatti Boburiy» uzok yillar davomida maktablarda, madrasalarda savod o’rgatish kitobi sifatida foydalaniladi.

Xulosa qilib shuni aytamizki, umuman XIV-XVI asrlarda Markaziy Osiyoning ijtimoiy-siyosiy va madaniy xayoti bilan tanishishdan shu narsa Ma’lum bo’ladiki, Amir Temur barpo etgan mustaqil markazlashgan davlatda u qo’llagan siyosat o’lkada ilm-fan, san’at, adabiyot, xunarmandchilik va yoshlar tarbiyasida muxim axamiyat kasb etadi. Soxibkiron Amir Temur va Temuriy shahzodalar tomonidan ma’rifatga katta ehtibor berilishi natijasida shahar va kishloklarda, ovullarda bolalarni 6 yoshdan o’kitish keng joriy etildi, madrasa ta’limi isloh kilindi, kurilish inshootlari, mehmoriy obidalar, bogu-roglar, savdo shoxobchalari barpo etildi, «Buyuk ipak yo’li» jonlantirildi. Davlatni boshkarish, siyosat, hukukshunoslik, iktisodiyot-tadbirkorlik mezonlari ishlab chikildi.

Amir Temurning tarix oldidagi ulkan xizmatlaridan biri uning ilm-fan taraqqiyotiga xissa qo’shganidadir.

Movarounnaxrda bir yuz ellik yil asrnit birinchi yarmida xukumronlik qilgan temuriylar sulolasi inkirozga yuz tutib, uning xonxikharida ilm-fan va o’rniga Shayboniylar xukumronligi o’rnatildi. Lekin Shayboniyxon xam (1451-1510) kuchli markazlashgan davlat barpo kilishga qay darajada harakat qilgan bo’lsa xam, uning o’limidan so’ng o’zaro urushlar avj olib ketib, bu xududda uch xonlik, avvalo Buxoro va Xorazm, XVIII asr oxiriga kelib, Qo’qon xonligi paydo bo’ldi.

Bu davrda maktab va madrasalarda grammatika, xandasa, mantiq, qiroat, tafsir, shariat, xikmat, islom tarixi va aqidalarga oid ilmiy-nazariy bilimlar, ish yuritish, xuquqshunoslik, savdo-sotiq ishlariga oid, meros va boylik taqsimoti kabi dunyoviy xamda ilmiy bilimlar o’rgatilar edi. Shuningdek, barcha madrasalarda albatta fan sifatida « Qur’on », «Tafsir», «Odob-os-solixin», «Maslik ul-Mutakkin», «Sabod ul-ojizin», «Kimyoi saodat», «Xadislar» o’qitilar edi.

Uqish muddati 15-20 yilni tashkil etib, masjid yonidagi maktabda esa bolalar 7 yil alifbo, abjad, Qur’on , farzi ayn, Chor kitob, Xoja Xofiz, «Maslik ul-Mutakkin», Mirzo Bedildan savod o’rgatilar edi. uzbek bolalari o’qiydigan maktablarda «Kitobi Fuzuliy», «Lison ut-tayr», «Devoni Alisher Navoiy», «Qissai devona Mashrab», So’fi Olloyorning «Sabot ul-ojizin» kitobi o’qitilgan.

Ta’lim-tarbiya jarayonida ayollar ta’limi xam rivojlana boshladi.. O’qimishli, ma’rifatli, ziyoli ayollar tomonidan maktablar tashkil etiladi va bu maktablar otinlar maktabi deb nomlandi. o’zbek diyorida otinlar maktabining yirik namoyondalaridan biri Jaxon otin Uvaysiy edi.

Jaxon otin Uvaysiy (1789-90 Marg’ilon 1850 y. Marg’ilon)-XIX asr Qo’qon madaniy muxitning ko’zga ko’ringan vakillaridan biri yetuk shoira va maktabdor muallimalardandir. Jaxon otin Uvaysiyning she’rlar va maktabdorlik xizmatlari xalq ommasi orasida keng yoyilgan.

Marg’ilon tumanining xokimi Umarbek bo’lganidan keyin, bu paytda maktabdor va shoira sifatida shuxrat qozongan Uvaysiy Nodira bilan yaqinlashadi. Bu yaqinlik keyincha Qo’qonda Nodirabegimning fojiali qatl etilguncha davom etadi. Uvaysiy qizi Quyoshxonga xomilador ekanligida eri Hojixon vafot etadi. Shunda Uvaysiy erining yilini o’tkazib ikki bolasi bilan Nodira taklifiga binoan, Qo’qonga keladi. Endi Uvaysiy Nodirabegim ximoyasida bo’ladi.

Chunonchi, Jaxon otin(Uvaysiy) mashxur shoira bo’lishi bilan birga moxir muallima xam bo’lgan. U o’z darslarida qizlarning zexnini tarbiyalashda quyidagi chiston, muammo, muvashshaxlardan foydalangan (chiston-topishmoq, muammo-shehrda kishi noma, sana va shu kabilar yashiringan janr, misralar boshidagi harflarni to’plaganda kishi nomi chiqadigan shehr-muvashshah):

Turkiston o’lkasi Rossiya tomonidan bosib olingach, chor mahmurlari ming-minglab rus oilalarini Markaziy Osiyoga ko’chirib keltiradi. Farg’ona viloyati, Sirdaryo, Samarqand va boshqa viloyatdagi (shaharlar) mahalliy dehqonlarning serunum yerlari tortib olinib, ularga beriladi. Ularning bunday hatti-harakatlaridan g’azablangan atoqli shoir Cho’lpon «Hazon» sarlavhali shehrida qahr ila yozgandi.

Rus muhojirlari Turkiston general – gubernatorining farmoniga binoan o’lkada rus maktablari, rus tuzem maktablari, gimnaziya kabi maktablarni ochish va bu maktablarni kengaytirish hisobiga mahalliy maktablar, maktab madrasalarni siqib chiqarish maqsadida maorif islohotini o’tkaza boshladilar.

Bu bilan go’yoki, ular Markaziy Osiyo aholisining savodxonlik darajasini oshirmoqchi bo’ldilar va har bir qilingan ishni bo’rttirib ko’rsatishga urindilar.

1917 yilgi to’ntarishgacha 21 foiz savodxon bo’lgan o’lka aholisini, yoppasiga savodsiz edi, deya kamsitishga urindilar, Quruq bo’hton yog’dirdilar.

O’lka aholisini savodxon qilish uchun eng avvalo rus, rus tuzem, gimnaziya kabi o’Quv maskanlari kerak, madrasa va «usuli Qadimiya» eski usul maktablarida, otinlar maktablarida savod chiqarib bo’lmaydi degan siyosatni yurgizishga harakat qildilar.

Bunga biz 1897 yildagi Rossiya tomonidan o’tkazilgan aholini ro’yxati Ma’lumotlarini ko’rsatishimiz mumkin. Masalan, o’sha aholi ro’yxatida qayd etilishicha, Markaziy (O’rta) Osiyo aholisining savodxonlik darajasi quyidagicha belgilangan:

Tojiklar – 99,5 % savodsiz;

qirg’izlar – 99,4 % savodsiz;

Turkmanlar – 99,3 % savodsiz;

O’zbeklar – 98,4 % savodsiz;

qozoqlar – 97,9 % savodsiz deb hisoblangan.

Bu ko’rsatkichlarning barchasi uydurma edi. Aslida Turkiston o’lkasi xalqlarining savodxonlik darajasi chor Rossiyasi aholisininng savodxonlik darajasidan past emas edi. Chunki, Turkiston o’lkasi xalqlari 1917 yilgi to’ntarishdan oldin shaxsiy va ommaviy maktablar, madrasalarda bilim olganlar, yuksak ilm egasi bo’lganlar.

1776 yilda Markaziy Osiyo tumanining general-gubernatori huzurida Turkiston o’quv yurtlarining maxsus boshqarmasi tashkil etilgan bo’lib, avvalo, ruslashtirish siyosatini amalga oshirish vazifasi uning zimmasiga yuklatilgan edi.

Tarixda o’zbek xalqi ko’p bosqinchilarni ko’rgan. Masalan, mo’g’ul-tatar bosqinchiligini oladigan bo’lsak, ular odamlarni qirgan, boyliklarini talon-taroj qilgan... ammo madaniyatiga, tiliga va diniga tegmagan. Eng dahshatlisi, ruslar Turkistonda barcha bosqinchilik ishlarini olib borish bilan birga xalqning urf-odatidan, tili va dinidan ham ayirmoqchi bo’ldilar.

General Rozenbax esa shunday degan edi: «O’lkani ruslashtirish rejasini amalga oshirishda maktab katta ahamiyat kasb etishi lozim». Haqiqatdan ham mustamlaka davrida rus-tuzem maktablari vujudga keldi. Bu maktablarning asl maqsadi, o’lkani ruslashtirish edi.

Musulmon aholisi yashaydigan joylarda qadimdan maktab-madrasa va hokazolar mavjud bo’lib, bularga qarshi chor hukumati Rossiyadagi ko’p sonli xalqlar uchun maxsus hukumat maktablari barpo qilar edi. Bu maktablarning ko’pchiligida o’qitish rus tilida olib borilar edi. Ularning biri – to’rt yillik, ikkinchisi – ikki yillik edi. Bao’zi bir to’rt yillik maktablarda internatlar ham bo’lib, ularda ko’proq feodallarning va mahalliy aholining boy qatlami bolalari ta’lim olardi. Turkistonning 1880 yilda Rossiya tasarrufiga o’tganidan keyin Markaziy Osiyodagi rus-tuzem maktablari ancha mashhur bo’ldi. Ammo mehnatkashlarning bolalari uchun yaxshi yo’lga qo’yilmagan ikki yillik savod chiqarish maktablari ochilgan edi. O’qish muddati ikki yil bo’lgan milliy maktablardan, masalan, Qozoqlarda ovul maktablari, deb atalgan maktablar tipik maktab sanalar edi.

Dastlabki ovul maktablari 1892 yilda To’rg’ay oblastining ovullarida tashkil topgan bo’lib, aholini ko’chmanchilik turmushiga moslashtirilgan edi. Ovul maktablarida rus tili, arifmetika Qozoq alifbosi va islom dini o’qitilar edi. Bu maktablarda o’qitish o’quvchilarning ona tilida olib borilardi, lekin ularning saviyasi juda past edi. 1916 yilda 169 ta ovul maktabi bo’lib, ularda 5 ming o’quvchi o’qirdi, bu maktab yoshidagi barcha qozoq bolalarining faqat bir foizga yaqininigina tashkil etardi, xolos.

Chorizmning Turkistonda ruslashtirishdan iborat maktab tizimi uning Povoljg’ye (Volgabo’ylari) uchun maqullangan «Ilg’minskiy sistemasi»dan farq qilar edi. Qozon pedagogi Ilg’minskiy Volgabo’yidagi chuvashlar, mariylar va boshqa xalqlar uchun alohida rus va mahalliy aholi maktablari ochgan edi. Bu maktablarda o’qish dastlab bolalarning ona tillarida olib borilar, rus tili esa alohida fan sifatida o’qitilar edi, shu bilan birga, hamma darsliklar xristian (pravoslaviye) dinini targ’ib qilish ruhida tuzilgan edi. Bulardan farqli o’laroq, islom dini ta’siri kuchli bo’lgan Turkistonning mahalliy aholisi o’rtasida xristianlar missionerligiga ruxsat etilmas edi; buning ustiga rus maktablarida musulmon dinini o’qitish ham man etilgan edi; rus maktablariga o’qishga kirgan yerli aholi bolalari dastlabki kundanoq rus tilida o’qitilar edi.

Turkistonda dastlabki rus o’rta o’quv yurtlari 1870 yillardan ochila boshladi: 1876 yili Toshkentda, Verniyda (hozirgi Olmaotada) erlar va Xotin-Qizlar gimnaziyalari. 1879 yili esa Toshkentda o’qituvchilar seminariyasi ochildi. Gimnaziyalarga ham yerli aholining bolalari qabul qilinar edi. O’qituvchilar seminariyalarida esa mahalliy aholi bolalariga 1g’3 o’rin ajratilgan edi.

Turkistonda dastlab ochilgani bao’zi bir rus maktablarida o’quvchilarning 1g’4 ini va undan ko’prog’ini mahalliy aholi bolalari tashkil etgan bo’lsa-da, lekin butun Turkiston o’lkasi bo’yicha hisoblaganda bunday maktablarda o’quvchi mahalliy aholi bolalari 200 tadan oshmas edi. Bularning ham ko’pi qozoq bolalari bo’lib, o’zbek va tojik bolalari juda oz edi, chunki musulmon ruhoniylari «kofirlar» maktablariga qarshi targ’ibot yurgizar edilar. Rus maktablarida, ayniqsa o’rta maktablarda o’quvchilar o’rtasida o’z ijtimoiy ahvoliga ko’ra boylar va oq suyaklarning bolalari ko’pchilikni tashkil etar edi.

Rus-tuzem maktablarida o’Qquvchilarga rus muallimi rus tilini hamda arifmetikani va boshqa fanlarni o’rgatar, buning uchun o’qish vaqtining yarmi ajratib qo’yilgan edi. O’qish vaqtining qolgan yarmi «Musulmon domla» ixtiyoriga berib qo’yilgan bo’lib, u eski usul maktablaridagidek bolalarga diniy darslar o’qitish bilan shug’ullanardi.

Rus-tuzem maktablarida faqat o’g’il bolalar o’qitilar edi. Ota-onalar qizlarini bunday maktablarga bermas edilar. 1903 yilda Turkiston pedagogika to’garagi, Toshkentda qizlar uchun rus-tuzem maktabi ochildi. Lekin bu maktabning faoliyati uzoqqa cho’zilmay, ikki yildan keyin yopilib qoldi.

Rus-tuzem maktablarida rus tilini o’qitish dasturi va uslubi rus bo’lmagan o’quvchilar uchun mo’ljallab tuzilar edi. (bu maktablarda bahzan rus bolalar ham uchrab qolar edi).

1884 yili, sinash uchun ochilgan rus-tuzem maktabida (Turkiston o’qituvchilar seminariyasining rus qismida) tarbiyalanuvchilar uchun o’zbek tili kiritildi. Namangan yaqinida bir qishloqda 6 yil yashagan va o’zbek tilini yaxshi o’rganib olgan V.P.Nalivkin, bu maktabda birinchi bo’lib o’zbek tilini o’qitgan edi. U sinash uchun ochilgan rus-tuzem maktabining birinchi o’qituvchisi edi. Nalivkin V.P. seminariyada 1890 yilgacha dars berdi. Dars chog’ida Nalivkin bo’lajak o’qituvchilarga faqat o’zbek tilinigina o’rgatib qolmasdan, balki ularda o’lkani o’rganishga ham havas uyg’otgan edi. Seminariyada o’qib chiqqanlar orasida rus-tuzem maktablarida ishlashga tayyor bo’lgan va bu ishni sevib qolganlar anchagina edi.

Turkistonning rus aholisi maktab ta’limi bilan yerli aholiga qaraganda ancha yaxshiroq tahminlangan edi. Turkiston o’lkasida birinchi bo’lib rus maktabi Toshkentda 1866 yilda, Samarqandda 1870 yilda, oradan 1-2 yil o’tgach, Turkiston o’lkasining boshqa shaharlarida ham paydo bo’ldi.

Bu rus maktablarida mahalliy aholi bolalari juda kam sonni tashkil etardi. 1876 yilda Toshkentda erkaklar progimnaziyasi va Qizlar progimnaziyasi ochiladi. 1894 yilda realg’ bilim yurti ochildi. Bu o’quv yurtlarida boshqa shaharlardan kelgan o’quvchilar uchun pansion (yotoqxona) ham bor edi. Bu maktablar davlat byudjetidan tahminlanar edi.

1879 yilda Toshkentda Turkiston muallimlar seminariyasi ochildi. Bu seminariya maktablari rus boshlang’ich sinflari uchun o’quvchilarga ona tilidan muallimlar tayyorlab berishi lozim edi. XIX asrning 80-yillari o’rtalaridan boshlab seminariya rus-tuzem maktablari uchun ham muallimlar tayyorlashga ham kirishdi. Mahalliy tilni o’rganish majburiy qilib qo’yilganligi Toshkentdagi bu seminariyaning xususiyatlaridan biri bo’ldi. Seminariyada V.P.Nalivkin o’zbek tilida dars bera boshlagan birinchi o’qituvchi bo’ldi. 1887 yilda Nalivkin tuzgan lug’at va grammatika risolasi nashr etildi. Bular tilshunoslik tarixida o’zbek tiliga doir birinchi qo’llanma bo’ldi.

Turkistondagi jadidchilik harakati bu bir tasodif xodisa bo’lmay, balki hayotimizdagi ijtimoiy-siyosiy ziddiyotlar maxsuldir.

Jadidchilik oqimini ijtimoiy-siyosiy va ma’rifiy tomonlarini professor B.Qosimov o’z tadqiqotida batafsil bayon etgan.

XIX asrning boshlaridan Buxorodagi ma’rifatparvar musulmon ruhoniylari va ziyolilari orasida madrasa va maktablar tizimiga hamda islom diniga kirib qolgan bidhatlarni isloh qilish fikri paydo bo’la boshlaydi. Shunday islohot tarafdorlarini jadidchilar, yahni yangilik tarafdorlari deb atay boshlaydilar. Jadidizm (arabcha «jadid» so’zidan olingan bo’lib «yangi» degan mahnoni bildiradi). O’sha davrlardan boshlab bunga qarama-qarshi turgan oqim, yahni feodal-o’rta asrchilik, diniy fanatizm ruhida bo’lgan kishilarni esa Qadimistlar, deb atay boshladilar.

XIX asr oxiri – XX asrning boshlarida Turkistonda chor mustamlakachiligining kuchayishi natijasida Markaziy Osiyoning ko’p joylarida jadidchilik harakati kuchayib ketdi. Bu harakat mavjud jamiyatning ijtimoiy-madaniy asoslarini qayta qurishga qaratilgani sababli eski tuzum, eski turmush, eski maktab tarafdorlarining kuchli qarshiligiga duch keldi. Bu Qarshi kuch vakillarini qadimchilar deb atalgan bo’lsa, yangi hayot shabadalarini olib kelishga uringan kishilar esa jadid yoki jadidchilar degan nom oldilar. Shu tarzda asrimiz boshlarida jadidlar va jadidchilik harakati yuzaga keldi. Jadidchilik jamiyati to’ntarish yo’li bilan emas, islohotlar yo’li bilan rivojlantirishni o’zining asosiy vazifasi deb belgiladi. U o’zining bu vazifasini ado etishda, faqat bir sinfga – proletariatgagina tayanmadi. Umuman jadidchilik insoniyatni sinflarga bo’lib tashlash tarafdori emas. Jadidlar 1906 yildayoq «Taraqqiy» deb nomlangan gazeta nashr ettirib, o’z g’oyalarini tarqata boshladilar, oradan ko’p o’tmay, «Xurshid», «Shuhrat» singari yangi gazetalar dunyo yuzini ko’rdi. Markaziy Osiyoning turli shaharlarida jadid maktablari bodroqdek ochilib, ularda diniy ilmlar bilan birgalikda dunyoviy bilimlar ham keng targ’ib qilindi. «Jadidlar nima haqida gapirishmasin, hammasi yangi nafas, yangi g’oya edi, proletar mafkurasi ham, ishchilar sinfi ham yo’Q edi, tabiat birlamchi deguvchilarning mafkurasini deyarli hyech kim tushunmas, biladiganlar esa juda ozchilikni tashkil qilar edi. Agar lo’nda qilib aytsak, jadidlarning harakat dasturi quyidagi masalalarni hal qilishga qaratilgan:

-Diniy taassuf va fanatizmga qarshi kurash.

-Diniy aqidalarga asoslangan o’rta asr maktablari o’rniga Ovro’po qabiladagi dunyoviy ilmlarni ona tilida o’qitishga moslangan yangi usuldagi maktablarni tashkil etish, feodal davri maorif tizimini isloh qilish.

-Jadidchilik g’oyalarini keng xalq ommasiga yetkazish niyatida yangi o’zbek adabiy tilini ishlab chiQish, matbuot hurligi uchun kurash, xalq ommasiga tushunarli adabiyot va teatrni yaratish.

-Xotin-qizlarni paranjidan chiqarish va jadid maktablariga qatnashlarini tahminlash yo’li bilan ular taqdirini o’zgartirish va oilada islohot o’tkazish.

-Mahalliy boylar va savdogar ahlining siyosiy va iqtisodiy jihatdan rus burjuaziyasi bilan bir huquqda bo’lishi, mahalliy amaldorlarning chor hukmdorlari tomonidan siquvga olishiga qarshi kurash. Shu yo’l bilan mustamlakachilik siyosatini isloh qilish.

Asosiy talabalari ana shundan iborat bo’lgan jadidlar uchun ilm va ma’rifat yagona qurol bo’lib, ular shu qurol yordami bilan o’lkada ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyot uchun kurashmoqchi bo’ldilar.

1918 yil bahoriga kelib respublikada ishlab turgan maktablar soni 330 taga yetdi.

1919-20 yilining boshida maktablar soni Farg’onada (viloyatida) 350 ta, Sirdaryo viloyatida 839 ta, Samaro’and viloyatida 216 ta edi.

Maktablarni tashkil etishda maxalliy aholi orasidan birinchi muallim sifatida yetishib chio’o’an Xamza, Avloniy, Abduo’odir Shakuriy, Ismatulla Raxmatullayev, Abdurauf Fitrat, Isxoo’xon Ibrat, T.N.O’o­ri Niyoziy, Tuxtanazar Shermuxamedov, Ergash Komilov, Oo’ilxon Sharo­fiddinov va shu singari ziyolilar faol o’atnashdilar.

1918 yil iyun oyida Toshkentda dorilmuallimin ochildi. (mil­lat yoshlaridan muallimlar tayyorlash instituti).

1918-21 yillarda maxaliy millatdan 3 mingga yakin muallim tayyorlandi.

1918 yillarda Turkiston sharkshunoslik ishstituti, Timiryazev nomli bilim yurti, Milliy xotin-kizlar uchun bilim yurtlari ochildi.

1921 yilda ximiya-farmakologiya instituti, konservatoriya, 6 ta o’ishloo’ xhjalik texnikumi ishga tushdi. Bular orasida 1918 yil 21 aprelda ishga tushgan Toshkentda ochilgan Turkiston xalq universite­ti alohida axamiyat kasb etadi. Universitetning Toshkentda eki shahar­da,Andijon,O’ho’on, Samaro’and va Jizzaxda bhlimlari bor edi.

RSFSR Xalq Komissarlari Sovetining 1920 yil 7 sentyabrdagi dekretiga binoan Toshkent xalq universiteti negizida Turkiston dav­lat universiteti (Tosh DU) tashkil etildi.

1920 yillarda Turkiston bolalarining 25% maktabda o’qitilar edi.

O’qituvchi kadr tayyorlashga katta e’tibor berildi. 1925 yilda O’zbekiston maktablarida ishlab turgan muallimlar soni 2748 kishiga yetdi. 1924-25 o’quv yilida xalq maorifi extiyojlariga 11,4 million s’hm yoki respublika byudjetning 24% sarflandi.



Download 1,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   349




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish