O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi g. B. Amirova, E. Nasimov p е dagogik a. Psixologi ya


Mehnat faoliyati va mehnat turlari



Download 1,31 Mb.
bet310/349
Sana01.01.2022
Hajmi1,31 Mb.
#296631
1   ...   306   307   308   309   310   311   312   313   ...   349
Bog'liq
2 5244712396257232653

Mehnat faoliyati va mehnat turlari

Shaxs mehnat faoliyatini tushuntirishda beshta tushuncha muhim hisoblanadi.

Mehnat faoliyati bir tomondan odamning ehtiyojlari, ichki motivasiyasi mahsuli bo’lsa, ikkinchi tomondan, aynan u shu mehnatni amalga oshiruvchi, hamda uning mahsullarini o’zlashtiruvchi ham aynan uning o’zidir. Shuning uchun ham shaxsning ushbu tizimdagi asl mohiyatini bilishi, uning faolligini ta’minlovchi shart-sharoitlarni yarata olish va mehnati mahsulini bashorat qilish faoliyat samarasining bosh omili hisoblanadi.

Odamning mehnatga munosabati masalasi, mehnatining shaxs uchun muhim qadriyatga aylanishi, mehnat motivasiyasi masalasi psixologiya uchun dolzarb va ahamiyatlidir. Bu masala yana shuning uchun ham dolzarbki, O’zbekiston mustaqil bo’lib, bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o’tishi sharoitida odamni ijtimoiy qadriyat hisoblanmish mehnatga ongli munosabati va qadriyatlar iyerarxiyasida ijtimoiy faollik va mehnatning o’rnini aniq bilish asosiy hisoblanadi.



10-rasm. Shaxs mehnat faoliyatini tushuntirishning muhim beshta omili

Shunday qilib, yuqorida sanab o’tilgan omillar mehnatning subyekti bo’lmish shaxsni ishga undovchi va mehnat operasiyalarini muvaffaqiyatli bajarishga psixologik jihatdan hozirlovchi psixologik shart-sharoitlardir. Ular kompleks tarzda odamni mehnat faoliyatiga safarbar qiladi va mehnatga munosabati xarakterini belgilaydi.

Ma’lumki, tevarak-atrofimizni qamrab olgan olamdagi iqtisodiy obyektlar, jarayonlar, munosabatlarning rivojlanishi va o’zgarib borishi iqtisodiyot va psixologiya fanlari o’rtasidagi bog’lanishni tobora oydinlashib borishiga xizmat qilmoqda. Bunday bog’lanishlarni, ularning ilmiy tadqiqotlari ko’lamining kengayib borayotganligidan ham kuzatish mumkin.

Bir tomondan, zamonaviy bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy va psixologik fanlarning nafaqat yaqinlashuvi, balki qo’shilishi, bir-birining mohiyatiga kirib borishi sodir bo’lmoqda.

Ikkinchi tomondan – individual, guruhli va jamoaviy psixologiyaning xo’jalik jarayonlariga, iqtisodiy amaliyotga hamda sohadagi boshqaruv qarorlarining qabul qilinishiga ta’siri keskin kuchayishi kuzatilmoqda.

Zamonaviy ijtimoiy - iqtisodiy jarayonlar va munosabatlarning shakllanish darajasiga e’tibor berib qarasak, psixologiya borgan sari ko’proq iqtisodiyotga kirib borayotganligi, to’ldirayotganligi, yo’naltirayotganligi hamda uning katta-kichik ko’lamdagi voqyeiliklarning tub negiziga aylanib borayotganligi sezilmoqda. Afsuski, bu holat iqtisodchilarning ham, psixologlarning ham ilmiy tadqiqotlari predmeti sifatida izlanishlar ko’lamini kam miqyosda qamrab olmoqda. Insonning iste’molchi va iqtisodiy foyda izlovchilar sifatidagi xulqida kuzatiladigan psixologik xususiyatlar Adam Smit va Alfred Marshallardan boshlab to Jon Keynsgacha bo’lgan “iqtisodiy nazariya”ning klassik namoyondalari asarlarida aks etgan bo’lsa-da, iqtisodiyot fani hozirgacha psixologiya bilan yonma-yon turib, uning ichiga kirishmagan. Psixologiya fani esa, o’zining ong va psixika xususidagi ilmiy asoslangan qarashlarini saqlagan holda, tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, almashish, iste’mol qilish, shuningdek, boshqaruvni tashkil etish jarayonidagi iqtisodiy xulqni o’rganishga kirishgan.



Mehnat turlarining klassifikasiyasi. Jamiyatnng har bir rivojlanish bosqichida, uning ijtimoiy-iqtisodiy darajasiga ko’ra, fan-texnika taraqqiyoti bilan bog’liq xolda yangi mehnat faoliyati turlarining paydo bo’lishi, eskilarining yo’qolishi kuzatiladi. Bu jarayon mehnat subyektining xarakteristikasi va faoliyat komponentlarida namoyon bo’ladi. Masalan, inson resurslarining soni, ularning dunyoqarashi, ma’lumot saviyasi, darajasi, mehnat vazifalarining mazmuni, ish yuklamasining turi, mehnat vositalarining o’zgarishi, ishni tashkil etish va sharoitlarning xususiyatlari.

Mehnat faoliyatining turli xarakteristikalari uning turli klassifikasion ko’rsatkichlarga ko’ra tizimlashtirishga olib keladi. Bunga misol sifatida bunday tasnifning bir ko’rinishini keltirish mumkin.

1) Mehnat egasining ish yuklamasi xususiyati va mehnat vazifalarini bajarishiga ko’ra: jismoniy va aqliy mehnat.

2) Mehnat vazifalarining xarakteristikasi, ish ko’lami, mehnat jarayonining tashkil etilishiga ko’ra aqliy mehnat ushub turlarga bo’linadi:

Operativ (boshqaruvchi);

Operatorli (texnika bilan informasion bog’lanishli);

Ijodiy (an’anaviy – dars berish, davolash; noan’anaviy – ilmiy ish, adabiy, musiqiy asarlarni yozish);

Yevristik (kashfiyot);

Dinamik va statik;

Bir xil (monoton) va har xil (mazmuni, tempiga ko’ra).

3) Mehnat sharoitlarining xususiyatlariga ko’ra qulay sharoitli (mehnat sharoitlarida gigiyenik talablar norma darajasida bo’lishi), noxush va noqulay ish sharoitlari (bosimning ko’tarilishi – g’avvoslarning ishi, past harorat – qutbda ishlaydiganlar, ma’lumotlar oqimining juda ko’p bo’lishi – dispetcherlik xizmati).

4) Faoliyat tashkil etish shakliga ko’ra:

Reglamentli (ma’lum kun tartibi bilan);

Reglamentlanmagan (erkin kun tartibi bilan);

Aralash (smenali, vaxta);

Individual va jamoaviy (hamkorlikdagi).

Hamkorlikdagi faoliyat bu umumiy motivlar va faoliyat maqsadi asosida mehnat egalarining olib boradigan ish faoliyatlari hisoblanadi. Hamkorlikdagi faoliyat psixologik tizimida ushbu tarkibiy jihatlar: umumiy maqsad, aniq vazifalar, umumiy motiv, hamkorlikdagi harakat va umumiy natija bo’ladi. Hamkorlikdagi faoliyatning umumiy belgilari va uning subyekti o’zaro bog’liqdir. Hamkorlikdagi faoliyat subyektining asosiy xarakteristikalari orasida aniq maqsadlilik, natijaviylilik, motivasiya, tashkilotchililik kabilar kuzatiladi.

Xulosa qilib aytganda psixologiya va mehnat orasidagi o’zaro bog’liqlik, avvalo, mehnat faoliyati psixologiyasining asosiy vazifalari tahlilida namoyon bo’ladi. Mehnat, kasb, mutaxassislik esa, tom ma’noda mehnatning psixologik mazmunini belgilab beradi. Qator mehnat faoliyatini o’rganish metodlari orqali, jumladan, professiografiya usuli yordamida shaxsning professiogrammasini tuzish mumkin. Shu bois, mehnat faoliyatining klassifikasiyasiga tayanib fanda kasblar klassifikasiyasini ajratish mumkin. Professional shaxsning shakllanishi esa, mehnat subyektining professionallashuviga bog’liq bo’lib, bu uning faoliyatlari diagnostikasi orqali tushuntiriladi.







Download 1,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   306   307   308   309   310   311   312   313   ...   349




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish