1. 5. Ta’lim, tarbiya va shaxs kamoloti jarayonlarining o’zaro munosabati
Tarbiya - ijtimoiy xodisa. U kishilik jamiyati paydo bulgan davrdan beri mavjud. Inson yer yuzidagi eng mukammal zot bo’lishi uchun avvalo tarbiyalanishi zarur. Abu Lays Samarqandiy «Bo’stonul-orifin» asarida tarbiya va tarbiyalashning mahnosini ta’riflab: «Ey o’g’il, farzandlaringni tarbiyalashdan oldin o’zingni tarbiyala, tarbiya ko’rgan oilada baodob, yaxshi fazilatli, bilimli odam voyaga yetadi», - degan edi. Ibn Sino ijodiyotida xam bu g’oya aloxida o’rin tutadi. «Kimga qanday pandu nasixat qilsang, unga avvalo o’zing amal qil», - deydi alloma. Sharq mutafakkirlari, pedagog olimlari barkamol insonni yetishtirish uchun tarbiya naqadar zarurligini, uning moxiyati va mazmunini asoslab berganlar. Maxmud Qoshg’ariyning «Devonu lug’otit turk», Yusuf Xos Hojibning «Qutadg’u bilig», Axmad Yugnakiyning «Hibatul-xaqoyiq», Abu Rayxon Beruniyning xikmatlari, Ibn Sinoning «Tadbir-al-manozil», Alisher Navoiyning «Maxbubul-qulub», Husayn Voiz Koshifiyning «Axloqi muxsiniy» va boshqa asarlarida farzand ota-onaning baxti, uning to’g’ri tarbiyalanishi esa xammaning baxti, degan umumiy xulosa chiqariladi. o’tmishdagi mutafakkirlar tarbiya atamasining mahnosini, tarbiyalashning mazmunini aloxida bayon qilmagan bo’lsalar xam o’z asarlarida tarbiyaning qirralarini ifodalaganlar.
Alisher Navoiy «Maxbubul qulub» asarida tarbiyaning kuchi va sharofatini quyidagicha ta’riflaydi:
Itka taalumda chu bo’ldi kamol,
Sayd aning ag’zidin o’ddi xalol,
Olim ul itkim najasul ayn erur,
o’g’ling jaxl ulsa, ajab shayn erur. (It o’rganish bilan komil bo’lgach, uning og’zi bilan tutgan ovini yeyish mumkin bo’ladi. Eng iflos maxluq xisoblangan it olim bo’lganida (ovlashni o’rganganida) o’g’ling joxil qolishi juda xunuk ishdir). Alisher Navoiy tarbiyaning asosiy belgilaridan biri, bolaga yaxshi ism qo’yish, ilmu adab o’rgatish, ota-onaga, umuman kattalarga xurmat xissini singdirishdan iboratligini uqtiradi. K.D.Ushinskiyning «Pedagogika adabiyotining foydasi» nomli risolasida: «Tarbiyalash ishi, shubxasiz, insonning aqliy va ongli faoliyatlaridan biridir: tarbiya tushunchasining o’zi tarixan vujudga kelgan va u tabiatda yo’q, narsadir. Tarbiyalash faoliyati fikr yuritishni, xaqiqatni anglashni xam o’rgatadi»- deyilgan.
Hozirgi o’zbek xalqining ajdodlari bundan bir necha ming yillar oldin yashagan bo’lib, ular yuksak va o’ziga xos madaniyatni vujudga keltirishda juda katta va mashaqqatli yo’lni bosib o’tishgan. Dastlabki tosh qurollaridan tirikchilik uchun foydalanishda ancha takomillashgan mexnat qurollari yasashgacha, undan urug’chilik, qabilachilik davrlariga kelib, xo’jalik va madaniy taraqqiyotda erishilgan yutuqlargacha bo’ltan tariximiz ota-bobolarimizning boy qadimiy madaniyatta ega bo’lganligidan dalolat beradi.
Ibtidoiy jamiyat taraqqiyotining birinchi bosqichida, urug’chilik jamiyatidan oldingi jamiyatda, odamlar tabiatning tayyor maxsulotlarini isteg’mol qilganlar, ovchilik bilan shug’ullanganlar. Yashash vositalarini topib qo’lga kiritish jarayoni unchalik murakkab bo’lmagan va ayni vaqtda ko’p mexnat talab qilgan. Jamoa bo’lib yashash, mexnat qilish va isteg’mol qilish sharoitidagina yirik xayvonlarni ovlash, tabiat bilan kurashish mumkin bo’lar edi. hamma narsa mushtarak edi, jamoa ahzolari o’rtasida ijtimoiy tafovutlar yo’q edi. Ibtidoiy jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlar qon-qarindoshlik munosabatlariga asoslanar edi. Undagi mexnat va ijtimoiy (sosial) vazifalarning taqsimlanishi tabiiy biologik negizga asoslanadi, buning natijasida erkaklar bilan ayollar o’rtasida mexnat taqsimoti mavjud edi, shuningdek, ijtimoiy jamoalar yosh jixatdan bo’linar zdi.
Yangi tug’ilgan bola dastlab o’sib yetishayotgan kishilar guruxiga berilardi: uni shu jamoadagi keksayib qolgan kishilar boqardilar va o’stirardilar. Bola tegishli biologik yoshga to’lib, bahzan bir ijtimoiy tajriba, mexnat qilishni o’rganib, xayotiy bilim va malakalarni egallaganidan keyin odam qatoriga kiritilib to’la qimmatli mexnatchilar guruxiga o’tar edi. Bir qancha zamonlardan so’ng bu guruxga o’tkazish chog’ida inisiasiya «bag’ishlab» udumi bajariladigan bo’lib qoldi. Bu udumni bajarish chog’ida yoshlarning turmushga qanchalik tayyorlanganliklari: azob- uqubatlarga bardosh bera olishlari, botirlik va chidamlilik ko’rsata bilishlari sinab ko’rilar edi.
Yosh jixatdan bo’lingan bir gurux ahzolari bilan boshqa gurux ahzolari o’rtasidagi munosabatlar xech qayerda yozilmagan, lekin qatg’iy bajariladigan odat xamda ang’analar bilan tartibga solinib turar zdi, bular tarkib topayotga ijtimoiy normalarni mustaxkamlar edi.
Urug’chilik jamiyatidan oldingi jamiyatda tabiiy tanlanish va muxitga moslanishning biologik mexanizmlar xam odam taraqqiyotining harakatlantiruvchi kuchlaridan biridir. Biroq jamiyat rivojlanib borgan sari unda tarkib topayotgan ijtimoiy qonuniyatlar kattaroq rolg’ o’ynay boshlaydi, asta-sekin ustunlik darajasiga ko’tariladi.
Ibtidoiy jamiyatda bola o’zining xayot faoliyati jarayonida, kattalarning ishlarida qatnashib, ular bilan kundalik muomalada bo’lib tarbiyalanar va ta’lim olar edi. Bola, keyinroq odat bo’lib qolganidek, xayotga xozirlanibgina qolmasdan, shu bilan birga, o’zi uddalay oladigan faoliyatga bevosita qo’shilib xam ketaveradi, kattalar bilan birga va ularning raxbarligida jamoa bo’lib mexnat kilishga va xayot kechirishga o’rganar edi. Mashaqqatli turmush kechirish va tabiat bilan kurash olib borish sharoitida odam fakat jamoa bo’lib yashashi va mexnat qilishi mumkin edi. Bunday jamiyatda xamma narsa jamoaniki bo’lardi. Bolalar xam butun urug’ qo’lida, dastlab onalari qo’lida bo’lar, so’ngra otalar qo’liga o’tib kolardilar. Bolalar va o’smirlar mexnatda va kattalar bilan kundalik muloqatda turmush uchun zarur ko’nikmalar va mexnat malakalarini o’rganib olaveradilar, urf-odatlar bilan tanishaveradilar, ibtidoiy odamlar xayotida har doim bo’lib turadigan rasm-rusumlarni bajarishni o’rganadilar.
O’g’il bolalar katta yoshdagi erkaklar bilan birga ov kilish va baliq tutishda, qurol yasashda qatnashar, qizlar esa xotinlar raxbarligida ekin ekib, xosilni yig’ishtirib olish ishlarida qatnashar, ovqat pishirar, idish yasab, kiyim tikar edilar. Matriarxat taraqqiyotining oxirgi bosqichlarida yosh avlodning yashashi va tarbiyalanishi uchun o’g’il bolalar uchun aloxida, qiz bolalar uchun aloxida - birinchi muassasalar paydo bo’ddi. Mana shunday joylarda - yoshlar uylarida yoshlar urug’ oqsoqollarning raxbarligida yashashga, mexnatga, o’tkaziladigan «sinovlarga» tayyorlanar edilar. Asta sekin chorvachilik, dehqonchilik, hunar-kasblar paydo bo’la boshladi. Ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojlanib, odamlarning mehnat tajribasi kengayib borganligi sababli tarbiya ham murakkablashdi, ko’p tomonlama va rejali bo’lib qoldi. Bolalarga hayvonlarni boqish, dehqonchilik qilish, hunar-kasb o’rgatiladigan bo’ldi. Birmuncha tashkiliy ravishda tarbiya qilish zarurati tug’ilishi bilan urug’chilik jamoasi yosh avlodni tarbiyalashni tajribalirok kishilarga topshirib qo’yadigan bo’ldi. Ular bolalarga mehnat ko’nikmalari va malakalarini o’rgatish bilan bir katorda paydo bo’lib qolayotgan diniy urf-odatlarning qoidalari, naqllar bilan ularni tanishtirar, yozishga o’rgatilar edi. Ertaklar, o’yinlar va raqslar, musiqa va ashula, xalqning butun og’zaki ijodi harakterning muayyan belgilarini tarbiyalashda katta rolg’ o’ynadi. Urug’chilik jamoasining yanada rivojlanib borishi natijasida harbiy tarbiyaning boshlang’ich turlari paydo bo’ldi: o’g’il bolalar o’q-yoy otishni, nayzadan foydalanishni, otda yurishni va shu kasblarni o’rganadigan bo’lib qoldilar. Odamlar yoshlariga qarab guruhlarga ajratiladigan bo’ldi, bunday guruhlarda o’zining aniq ichki tashkiloti, boshliqlar paydo bo’ldi, maxsus tayinlab ko’yilgan urug’ oqsoqollari rahbarligida yigit va qizlarni urug’ning to’la huquqli ahzolari qatoriga qo’shish uchun tantanali sinovlar o’tkazish murakkablashdi. Boshlang’ich bilimlarni o’qib olishga, xat paydo bo’lgandan keyin esa yozuvga ham katta ehtibor beriladigan bo’lib qoldi. Yosh avlodni tarbiyalash urug’ tomonidan ajratilgan alohida kishilarga topshirilganligi, tarbiya mazmunini hamda sinovlar dasturi kengayganligi va murakkablashganligi, mana shularning hammasi urug’chilik tuzumi sharoitida tarbiya ishi ijtimoiy faroliyatning alohida shakli aylana boshlaganligidan dalolat beradi. Boshqa mamlakatlarda bo’lgani kabi, Markaziy Osiyoda ham mehnat taqsimoti oilaviy tarbiya orqali nasldan - naslga o’tib mustahkamlanib bordi. Jismoniy mehnat bilan shug’ullanuvchi oddiy xalqdan ustun darajada turuvchi jangchilar va koxinlar guruhlari paydo bo’la boshladi. Koxinlar o’zlari o’rganib olgan boshlang’ich ilmiy bilimlarni oddiy kishilardan yashirib, bolalariga o’rgata bordilar va shu tariqa bunday bilimlar avloddan-avlodga o’tadigan bo’lib qoldi.
Markaziy Osiyoning ko’pgina joylarida qoyalarga o’yib yozilgan kadimiy suratlar saklanib kelmokda. Ibtidoiy jamiyatning surat solishga moxir bo’lgan kishilari bu suratlarda odamlarni va xayvonlarni, ov manzaralari va boshka shu kabi manzaralarni tasvirlaganlar. Bunday suratkashlik rivojlana borib, bir kancha mamlakatlarda piktografik xatning paydo bo’lishiga imkon berdi, keyinroq iyerogliflar bilan yoziladigan xat va harflar bilan yoziladigan xat mazkur piktografik xatlardan vujudga keldi.
Markaziy Osiyo xalklarining, shu jumladan, o’zbek xalkining madaniyati, ma’rifati, milliy kadriyati ibtidoiy jamoa davridagi ma’rifiy tafakkurning dastlabki kurtaklari fol’klorda o’z aksini topgan.
Eramizdan avvalgi birinchi ming yillik o’rtalarida, yahni ibtidoiy jamoa tuzumi davrida odamlar insonning kamoloti to’g’risidagi g’oyalarini juda ko’p rivoyatlardan foydalanib baxshilik yo’li orkali avloddan-avlodlarga yetkazganlar, mazkur rivoyatlarda, kishilarni tarbiyalash, axlokiy barkamollik shaxsning ma’naviy yuksakligi masalalari asosiy o’rin olgan.
Shuningdek ibtidoiy davrda insonlar tarbiyaning ta’sir kuchi orkali to’g’ri xayot kechirganligi, madaniyat va san’at soxasida xam misli ko’rilmagan kashfiyotlar yuzaga kelgani Ma’lum. Yunon tarixchisi Gerodot (er. av. V asr) «Tarix» kitobida yozishicha... Markaziy Osiyoning ibtidoiy jamoa tuzumi sharoitida xalklar asosan chorvachilik va dexkonchilik bilan shug’ullangan. Ularda nikox munosabatlarining umumiy (tartibsiz) shakli xukmron bo’lgan. Oilaning guruxli shakllarida bolaning otasi noMa’lum bo’lsa xam, lekin onasining kim ekanligi Ma’lum bo’lgan va shu sababdan bolaning tarbiyasi ona zimmasiga yuklatilgan. Asta-sekin odamlarning ijtimoiy ong faoliyatining takomillashuvi, xususiy mulkning dastlabki kurtaklarining paydo bo’lishi yakka tartibdagi oilalarni vujudga keltirgan.
Yakka oila paydo bo’lgandan so’ng mexnat tarbiyaning eng asosiy kuroliga aylangan. Qadimgi Eron kabilalarida mis va temirdan uy-ro’zg’or buyumlari yasala boshlangandi. Ana shu mexnat jarayonida bolalar xam ishtirok etardi. Ibtidoiy davrdagi tarbiya asosan oilada, jamoa va mexnat maskanlarida kishilar orttirgan tajribalarni bolalarga o’rgatishdan iborat bo’lardi. Bolalarga o’rgatiladigan kundalik mexnat malakalari ularni yashash uchun kurashishga tayyorlar, akl-idrokli, odobli bo’lib o’sishlariga xizmat kilardi. Ming yillar mobaynida moddiy nehmatlar yaratish uchun hamkorlikda qilingan mehnat kishilar o’rtasidagi axloq-odob munosabatlarining mehyorini keltirib chikardi.
Ibtidoiy jamoa tuzumi davridagi kishilar mexnat jarayonida, borlikdagi narsalar va xodisalarga munosabatlari asosida o’z dunyoqarashlari va aqidalariga tayanib xalq og’zaki ijodi asarlarini yaratganlar. Ularning bir-biriga, atrof-muxitga, kasb-koriga munosabat borasidagi ilk fikr va tasavvurlar, mifologik asarlar timsoli bo’lmish - «Avesto»da ifodalangan Mitra, Anaxita, Ardivissura, Varaxrana, Iima singari mahbuda va mahbudlar siymosi orkali ajdodlarimiz insonlarga yaxshilik qilish, yerlarni obod va serxosil qilish, ekin ekish, daraxtlarni o’stirish uchun jamoa harakati xususidagi muloxazalarini mujassamlashtirganlar.
Shuni ta’kidlash lozimki, Markaziy Osiyoning ibtidoiy jamoa tuzumi davrida vujudga kelgan madaniy-mag’rifiy fikr va g’oyalarni, tarbiya masalalari bo’yicha xalq, yaratgan juda ko’p manbalarni o’rganish nixoyasiga yetkazilmagan. Hozir ularni mufassal o’rganish uchun mustaqil respublikamizda keng imkoniyat yaratildi. Bir qancha sharkshunos olimlarimiz Xindiston, Xitoy, Angliya, Farangiston va Arab mamlakatlaridagi talaygina qo’lyozmalarni o’rganishga muyassar bo’ldilar va xozir xam davom ettirmokdalar. Jumladan, T.N.Qori Niyoziy, X.Sulaymon B.O.Axmedov, S.G’aniyeva, O.Usmonov, N.Mallayev, F.Sulaymonova, M.Xayrullayev, I.Mo’minov va boshqalarning bu soxadagi xizmatlari juda kattadir.
Markaziy Osiyo xalqlarining, shu jumladan, o’zbek xalqining madaniyati, mag’rifati, milliy qadriyati osori-atiqalarini o’rganib, shular xaqida o’lmas asarlar yaratgan tarixshunos, sharkshunos olimlar - Gerodot, Xerman Vamber, A.Yu.Yakubovskiy, S.P.Tolstov, Ye.E.Bertelg’s, V.V.Bartolg’d, Ye.Berezikov va boshqalarning mashaqqatli mexnatlarini aloxida ehtirof etish lozim. Ularning xammalari xam ibtidoiy jamoa davridagi ma’rifiy tafakkurning dastlabki kurtaklari folg’klorda o’z aksini topgan, degan xulosaga kelishgan. Eng qadimgi yozma yodgorliklarda ta’lim-tarbiya masalalari.
Eramizdan oldingi minginchi yillarning o’rtalarida eng qadimgi ajdodlarimiz tomonidan qaxramonlik mazmunidagi juda ko’p afsonalar rivoyatlar aytilgan bo’lib, ular zardushtiylik dinining muqaddas kitobi «Avesto» ga kiritilgan.
«Avesto»da insonning barkamol bo’lib yetishishida uning so’zi, fikri, ishi, birligiga katta ehtibor berilgan. Bu axloqiy uchlik eng qadimgi davrlardan boshlab undan keyin yaratilgan barcha ma’rifiy asarlarga asos bo’lgan desak xato qilmagan bo’lamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |