O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi farg‘ona davlat universiteti



Download 439 Kb.
bet9/15
Sana30.12.2021
Hajmi439 Kb.
#92480
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
O.Xolmatov. XX asr o'zbek va G'arb prozasida urush odamlari talqini

BOB BO‘YICHA QISQA XULOSA

XX asr adabiyotida urush talqini o‘ziga xos o‘rin tutadi. I va II jahon urushlari, “sovuq urush”, Vyetnam urushi, Yaqin Sharq mojarosi va Arab – Isroil urushlari, “Karib inqirozi”, afg‘on urushi kabi jarayonlar XX asrda sodir bo‘lib, jahon iqtisodiyoti, siyosati, madaniyatiga, shu jumladan badiiy adabiyotga ham o‘z ta’sirini o‘tkazdi. XX asr adiblarining urush mavzusida yozilgan asarlarida inson fojiasi tasviri yetakchi o‘rinda turdi. Nemis yozuvchisi Erix Mariya Remark ijodida urush mavzusi asosiy o‘rinni egallaydi. Remark asarlari tasvir obyekti jihatidan ikki guruhga bo‘linadi: 1) “yo‘qotilgan avlod” haqidagi asarlar. Bu guruhga “G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q”, “Qaytish”, “Uch og‘ayni”, “Qora haykal” romanlari kiradi. Ushbu asarlar I jahon urushi va undan keyingi davr voqealarini aks ettiradi. Ularning asosiy qahramonlari urushda ishtirok etgan askarlar, shuningdek, I jahon urushining salbiy oqibatlari natijasida hayoti izdan chiqqan turli toifadagi insonlar edi. Demak, bu guruhdagi asarlarning asosiy tasvir obyekti I jahon urushi va uning jamiyat hayotiga salbiy ta’siri hisoblanadi. 2) Muhojirlik mavzusidagi asarlar. Bu guruhga “Zafar darvozasi”, “Hayot uchquni”, “Hayot-mamot pallasi”, “Lissabondagi tun” romanlari kiradi. Ushbu asarlarda II jahon urushi yillari voqealari tasvirlanadi. Ulardagi asosiy qahramonlar fashizm ta’qibi natijasida o‘z yurtini tark etgan muhojir insonlardir. Ushbu guruhga kiruvchi asarlarning tasvir obyekti II jahon urushi va fashizmning vayronkor mohiyati bo‘ldi. XX asr o‘zbek adabiyotida O‘tkir Hoshimov ijodi patsifizm g‘oyasini ifodalashda alohida ahamiyatga ega. O‘tkir Hoshimovning urush mavzusida yaratilgan asarlari ham ikki guruhga bo‘linadi: 1) II jahon urushi haqidagi asarlar. Bu guruhga “Urushning so‘nggi qurboni” hikoyasi va “Ikki eshik orasi” romani kiradi. Ularda II jahon urushining jamiyat hayotiga fojiali ta’siri Shoikrom, Umri xola, Muzaffar, Robiya, Kimsan, Shomurod kabi obrazlar vositasida aks ettirilgan. 2) Afg‘on urushi haqidagi asarlar. Bu guruhga “Nega, nega-a?!” hikoyasi va “Tushda kechgan umrlar” romani mansub bo‘lib, ularda shu urush sababli behuda qurbon bo‘lgan yoshlar haqida hikoya qilinadi. O‘tkir Hoshimovning yuqoridagi asarlarida ham fojiali ruh ustun turadi. Urushning vayronkor va g‘ayriinsoniy mohiyati realistik usulda ochib beriladi. Shu tariqa, O‘.Hoshimov ijodida patsifizm g‘oyasi asosiy o‘rinlardan birini egallaydi. E.M.Remark va O‘.Hoshimovlarning urush mavzusida yozilgan asarlarida quyidagi umumiy xususiyatlar mavjud: 1) patsifizm g‘oyasining ifodalanishi; 2) tipik obrazlardan foydalanilishi; 3) ichki nutq va psixologik tasvirlarning keng qo‘llanilishi; 4) tragik pafosning ustunligi.




Download 439 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish