O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi farg‘ona davlat universiteti



Download 439 Kb.
bet6/15
Sana30.12.2021
Hajmi439 Kb.
#92480
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
O.Xolmatov. XX asr o'zbek va G'arb prozasida urush odamlari talqini

BOB BO‘YICHA QISQA XULOSA

G‘arb, rus va o‘zbek adabiyotshunosligida urush mavzusi keng ko‘lamda o‘rganilgan. D.Bevan, M.Norris, K.Makloulin, T.Riggs, S.Haynes, L.Goldenson, E.Krimmer, A.Vernon, P.M.Toper, Y.V.Staroverova, I.A.Gerasimova, Y.Rikunina, U.O‘ljaboyev, S.Mirzayev, N.Karimov, S.Mamajonov, A.Rasulov, U.Normatov, O.Sharofiddinov singari olimlar badiiy adabiyotda urush mavzusi, turli davrlarda bo‘lib o‘tgan urushlarning badiiy adabiyotdagi talqini; H.Kleyn, M.Parvanova, O.Poxalenkov, I.Framkin, R.Qo‘chqor, S.Saidmurodovlar nemis yozuvchisi E.M.Remarkning, U.Normatov, T.Rasulov, Y.Solijonov, Q.Norqobilov, S.Ahmad, U.To‘rayevalar O‘.Hoshimovning urush mavzusidagi asarlari yuzasidan tadqiqot olib borganlar. Urush va u bilan bog‘liq obrazlar ishtirok etgan asarlar juda qadimiy tarixga va o‘ziga xos taraqqiyot bosqichiga ega. Bunday asarlardagi g‘oya va qahramonlarning xususiyatlari davrning ijtimoiy-siyosiy jarayonlari ta’sirida o‘zgarib borgan. Badiiy adabiyotda urush tasvirlari dastlab qahramonlik va jasorat vositasi sifatida tasvirlangan. Bu barcha xalqlar adabiyotiga taalluqli bo‘lib, “Alpomish”, “Go‘ro‘g‘li”, “Manas”, “Ramayana”, “Mahabhorat”, “Gilgamish” kabi xalq eposi namunalari, Gomerning “Iliada”, Firdavsiyning “Shohnoma” dostonlarida bu xususiyat aniq ko‘rinadi. O‘rta asrlar davri Yevropa adabiyotida “Roland haqida qo‘shiq”, “Sid haqida qo‘shiq”, “Nibelunglar haqida qo‘shiq” singari qahramonlik eposlari, “Artur va dumaloq stol” turkumidagi ritsarlik romanlari ham urush mavzusini o‘zida aks ettirgan. Lekin ularda katolik cherkovi ta’sirida diniy tendensiya yetakchilik qilgan. Uyg‘onish davridan keyin Yevropa adabiyotida urushga munosabat o‘zgarib, salbiy tus ola boshladi. Bu o‘zgarish M.Servantes, J.Bayron, V.Gyugo, P.Merime singari ijodkorlarning asarlari orqali aniq ko‘rinadi. XX asrga kelib G‘arb adabiyotida urushga qarshi kayfiyat, patsifizm oqimi yetakchi xususiyat kasb etdi. Urush faqat qora bo‘yoqlarda, kulfat va fojia sababchisi sifatida tasvirlandi. O‘zbek adabiyotiga ham XX asrdan shunday talqin kirib keldi. Biroq, shu bilan bir qatorda front va front ortida jasorat ko‘rsatgan qahramonlar obrazlarini tasvirlash ham davom etdi. I jahon urushi, afg‘on urushi mavzularida yaratilgan asarlarda fojiaviy ruh hukm sursa, II jahon urushi mavzusini aks ettirgan asarlarda vatanparvarlik, qahramonlik g‘oyalari ifodalangan.




Download 439 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish