O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Farg’ona davlat iqtisodiyot universiteti


VI Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari



Download 128,53 Kb.
bet10/14
Sana18.04.2023
Hajmi128,53 Kb.
#929398
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
sgb hisobot

VI Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining virtual qabulxonasidan kelib tushadigan murojaatlar bilan ishlash tizimi uchun bankning Markaziy apparati va xududiy filiallarida Ishchi guruhlari tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti (Bosh vaziri)ning virtual qabulxonasi tashkil etilganidan joriy yil
1 apreliga qadar, ushbu virtual qabulxona orqali fuqarolardan Infin bank boshqarmasi tizimiga oid jami 1740 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, shundan 1374 tasi jismoniy shaxslardan, 366 tasi yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarga to‘g‘ri keladi.
Bank Boshqaruvi Raisi va o‘rinbosarlari tomonidan shaxsiy va sayyor qabul vaqtlari belgilanib, fuqarolar qabuli tashkil etilgan. Jumladan, bank Boshqaruvi Raisi tomonidan 2019 yilning 1 choragida 19 ta jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari shaxsan qabul qilinib, ularning murojaatlari qanoatlantirilgan. Shuningdek, bank rahbariyati tomonidan hududlarda 12 ta sayyor qabullar tashkil etilib, mijozlarning bankka tegishli muammolarini hal etish yuzasidan o‘z vaqtida zaruriy ko‘rildi.
Hududiy filiallar rahbarlari bilan birgalikda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini yanada yaxshilash maqsadida mahalla, qishloq fuqarolari yig‘inlari, hokimiyat vakillari, yoshlar va kollej bitiruvchilari ishtirokida jismoniy va yuridik shaxslar vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, ular tomonidan ko‘tarilgan barcha masalalar va mavjud muammolar o‘z yechimini topdi.
Bundan tashqari, bank Markaziy apparati va hududiy filiallarida Bank Boshqaruvining maxsus buyrug‘iga asosan Ishchi guruhlari tashkil etilib, mas’ullar belgilandi. Shu bilan birga, hududiy va tuman filiallarida fuqarolar qabulxonalari tashkil etilgan bo‘lib, viloyat filiali boshlig‘i va tuman filiallari boshqaruvchilari tomonidan fuqarolarni har kuni 08.00 dan 11.00 ga qadar, ularning o‘rinbosarlari tomonidan esa har kuni 08.00 dan 16.00 ga qadar shaxsiy qabul qilish borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.
Pul muomalasini mustahkamlash, aholi bo‘sh pul mablag‘larini bank depozitlariga jalb qilish, birinchi darajali ijtimoiy to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lanishini ta’minlash va plastik kartochkalar orqali hisob-kitoblar xajmini yanada oshirish.
Hisobot davrida filiallarda xizmat ko‘rsatilayotgan barcha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar xodimlarining ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlari to‘liq “Ish haqi loyiha”si dasturi asosida plastik kartochkalar orqali to‘lanishi yo‘lga qo‘yildi va bank bo‘yicha ish haqini plastik kartochkalarga o‘tkazish xajmi 80 foizga yetkazildi. Ijtimoiy to‘lovlarni jismoniy shaxslarni arizasi asosida plastik kartochkalar orqali to‘lanishini yanada kengaytirish yuzasidan olib borilgan ishlar natijasida bir oylik to‘lov talabini 77 foizi plastik kartochkalar orqali to‘lanishiga erishildi.
2019 yil 1 aprel holatiga muomalaga chiqarilgan plastik kartochkalar soni yil boshiga nisbatan 16 ming taga ko‘payib, 1 mln 259 ming.tani tashkil qilib, “Ish haqi loyiha”si dasturi bo‘yicha yo‘naltirilgan plastik kartochkalar soni 1 mln 121 ming.tani tashkil etmoqda, mijozlarga o‘rnatilgan to‘lov terminallari soni yil boshiga nisbatan 143 taga ko‘payib 14 ming 485 tani tashkil etdi. 
2019 yil I chorak davomida bank bo‘yicha tushgan jami pul tushumlari miqdori 1 024,0 mlrd. so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 235,0 mlrd.so‘mga yoki 30,0 foizga oshdi, to‘lov terminallari orqali tushumlar 232,2 mlrd.so‘mga yoki 40,0 foizga ortib, 799,6 mlrd.so‘mni tashkil etdi.
Shundan, savdo tushumlari 109,7 mlrd.so‘m bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4,4 mlrd.so‘mga yoki 4,0 foizga, kommunal to‘lovlardan tushgan tushumlar 11,3 mlrd.so‘mga to‘g‘ri kelib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 4,2 mlrd.so‘mga yoki 57,0 foizga ko‘paydi. Joriy yilning 1 aprel holatiga aholining kommunal to‘lovlaridan bo‘lgan qarzdorliklarini yanada qisqartirish maqsadida kommunal va boshqa to‘lovlar qabul qiladigan 111 ta maxsus kassalar faoliyat yuritmoqda, shundan, 26 tasi hududlardagi dehqon, buyum va boshqa ixtisoslashtirilgan bozorlar hududida joylashtirilgan. Ular tomonidan hisobot davrida bank kassalariga 65,5 mlrd. so‘mlik naqd pul mablag‘lari qabul qilindi.
Shuningdek, kommunal to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘lanishini ta’minlash, aholiga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida bankning Amaliyot boshqarmasida “Damas” avtomashinasi asosida 1 ta sayyor kassa tashkil qilinib, uning tomonidan I-chorak davomida 151,7 mln. so‘m to‘lovlar qabul qilindi, shu bilan birga, ular tomonidan dam olish kunlari ham to‘lovlar qabul qilinishi yo‘lga qo‘yilgan.
Bulardan tashqari, bankning barcha filiallarida Markaziy bankning markazlashgan “MUNIS” to‘lov tizimi orqali aholining iste’mol qilgan elektr energiyasi hamda tabiiy gaz uchun to‘lovlarini, aholiga uyali aloqa xizmatlari ham aholining soliq va boshqa majburiy to‘lovlarini “On-line” tarzida qabul qilish ishlari yo‘lga qo‘yilib, hisobot davrida 43,0 mlrd. so‘mlik to‘lovlar qabul qilindi, shundan 14,3 mlrd. so‘mi mart oyiga to‘g‘ri keldi.
Aholi omonatlari qoldig‘ini yil boshiga nisbatan 30 foizga oshirish prognozi ijrosini ta’minlash maqsadida aholi bo‘sh pul mablag‘larini bank kassalariga jalb etish xajmini yanada oshirish yuzasidan 21 turdagi jozibador hamda aholi uchun qulay omonatlar mavjud bo‘lib, shundan 19 ta turda milliy valyutada va 2 ta turda chet el valyutasida omonatlar qabul qilinmoqda.
Shu jumladan, bank Boshqaruvi tomonidan tizimda “Tejamkor” va “Saxovot” va boshqa bir qator yangi jozibali muddatli va jamg‘arma omonat turlari joriy qilindi. “Xalq bilan muloqot va inson manfatlari” yili munosabati bilan “Manfat”va “Madadkor” nomli yangi omonat turlari joriy qilindi. Olib borilgan ishlar natijasida, 2019 yilning 1 aprel holatiga aholi omonatlari qoldig‘i
268,5 mlrd.so‘mni tashkil etdi. Shundan, muddatli va jamg‘arma omonatlar miqdori yil boshiga nisbatan 8,6 mlrd.so‘mga oshirildi.
Huddi shuningdek, bank bo‘yicha jami chiqimlar miqdori 992 mln.so‘mni tashkil etib, shundan 678 mln.so‘mi yoki 68,4 foizi birinchi darajali to‘lovlarga yo‘naltirildi. Shu bilan birgalikda, hisobot davrida Markaziy bankning zahira fondiga 44,0 mlrd. so‘m naqd pul mablag‘lari jo‘natildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 2 fevraldagi “Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to‘lash mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2753-sonli Qarori ijrosi yuzasidan, pensiya to‘lovlarinOzturlari bo‘yicha to‘lovlari, olis va tog‘li tumanlardagi byudjet tashkilotlarining ish haqlari va ijtimoiy to‘lovlari, oliy o‘quv muassasalari talabalari stipendiyalarining kamida 50 foizini naqd pulda to‘lanishi bo‘yicha ko‘rsatilgan bo‘lib, ushbu to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lash maqsadida, o‘tgan I-chorak davomida naqd pulda 284,3 mlrd. so‘m to‘langan bo‘lib, shundan 188,3 mlrd. so‘mi yoki 66,2 foizi Markaziy bankdan olingan madad pullar va qolgan qismi mijozlar tomonidan topshirilgan naqd pullar hisobidan yopilgan.

O’zMilliy bank” аksiyadоrlik-tijоrаt bаnkining 
2019 yil 1 iyun holatiga asosiy iqtisodiy ko'rsatkichlari







Download 128,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish