O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona politexnika instituti


Buyumlarni kuydirish jarayonida sodir bo’ladigan fizik-kimyoviy o’zgarishlar



Download 1,7 Mb.
bet54/105
Sana14.02.2023
Hajmi1,7 Mb.
#911292
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   105
Bog'liq
muxlisaaaaas

12.3. Buyumlarni kuydirish jarayonida sodir bo’ladigan fizik-kimyoviy o’zgarishlar.

Kuydirishda materialni qizdirish jarayonida keramik buyum materia­lida uning xususiyatlari o’zgarishga olib keluvchi quyidagi fizik-kimyoviy jarayonlar sodir bo’ladi: 80-130 oS haroratda fizik-mexanik suv bug’lanadi, buyum massasi bir tekisda isiy boshlaydi. 200-600 oS haroratlar oralig’ida fizik-kimyoviy va 500-600 oS atrofida esa tuproq va boshqa minerallar tarkibiga kiruvchi kimyoviy bog’langan suvning chiqib ketishi kuzatiladi, bu esa tuproqning qayishqoqligining yo’qolishi, buyum massasining kamayishi, mineral kristall panjarasining buzilishi va buning natijasi o’laroq buyumlarning mexanik mustahkamligini pasayishi va ularning kirishishini keltirib chiqaradi. Tuproq va unga qo’shilgan qo’shimchalarning asosiy tashkil etuvchi minerali kaolinit bo’lib, uning degidratatsiya jarayoni metokaolinit hosil bo’lishi bilan o’tadi:


A12O3-2SiO2 2N2O--A12O3-2SiO+2N2O
Kuydirishdan keyin massa zichlashadi, oson eruvchi birikmalar qiyin eruvchi zarrachalar oraliqlaridagi bo’shliqlarni to’ldiradi va bu keyinchalik zichlashish-pishish jarayoniga ijobiy ta’sir etadi. 200 oS va bundan yuqori haroratda organik aralashmalar va yonuvchi qo’shimchalarning yonishi sodir bo’ladi, bu esa materialning ichidan suvning yanada yaxshiroq chiqib ketishini ta’minlaydi.
500-700 oS haroratlar oralig’ida temir tutuvchi, minerallar, sulfitlar va sulfatlar, 700-900 oS haroratda esa karbonatlar dissotsiattsiyasi sodir bo’ladi. Organik aralashmalarning yonishi va (SO2 va h.k.) uchuvchi gazlar ajraluvchi minerallar dissitsiattsiyasi jarayoni sopolakning pishishining boshlanishigacha, uning buzilish va qaynashsimon nuqsonlari bo’lmasligi uchun tugallanishi lozim. 700 oS va bundan yuqori haroratda tuproq tarki­bida mavjud ishqorlar boshqa komponentlar bilan o’zaro ta’sir ko’rsa­tadilar, bunda qattiq zarrachalarning yaqinlashuvi va eritmadan yangi, termodinamik barqaror kristall fazalar ajralishi bilan minerallarning erishi sodir bo’ladigan eritma hosil bo’ladi (A.I.Avgustinik bo’yicha). 
Minerallarning bundan keyingi 700 oS dan yuqori tarzda qizdirilishi metokaolinitning A12O3 va 2SiO2 erkin oksidlarga ajralishini keltirib chiqaradi va shu bilan birga sillimanit (A12O3-SiO2) va SiO2 hamda metokaolinit (A12O3-2SiO2), 950-1150 oS va bundan yuqori haroratlarda esa mullit (3A12O3-2SiO2) hosil bo’ladi. Mullit eng barqaror birikma bo’lib, buyumga mustahkamlik, zarb qovushqoqlik, issiq-bardoshlik va boshqa xususiyatlar beradi.
Odatdagi tuproqlarda kuydirish chog’ida (1050 oS va bundan yuqori) amorf kremnezem eritmasida erigan, boshqa oksidlar bilan birikishga kirishmagan eritmadan, shuningdek, kristobalit ham hosil bo’ladi, qaysiki (V.F.Pavlov bo’yicha) buyumlarning issiqbardoshligini kamaytiradi, sopo­lakni go’yoki «yumshatadi” va uning suv o’tkazish va suv yutish xususiyatini ko’paytiradi. Maydalangan nefelinli sienit va dala shpatlari tarkibli qo’shimchalarning qo’shilishi shisha fazasi hosil bo’lish darajasini oshiradi, qaysiki ushbu fazada kristobolit erib ketadi. 
Mullit kristallarining hosil bo’lish jarayonida pech ichidagi muhit juda katta ta’sir ko’rsatadi. Suv bug’ining hozirligi va azot muhitida 600 oS dan boshlab ushbu jarayon tezlashadi, uglerod (IV) oksidi SO2 mavjud bo’lgan muhitda esa sekinlashadi. 
Buyumlarni kuydirish jarayonida termodinamik sharoitlarni belgilab beruvchi parametrlar, ya’ni harorat, gaz muhiti, aerodinamik rejim va massa tarkibiga qarab murakkab tarzdagi fizik-kimyoviy o’zgarishlar sodir bo’ladi. 
Ularga suvsizlanish, massa komronentlarning parchalanishi, organik birik­ma­larning ajralib kuyishi, massa komponentlarining o’zaro reaktsiyaga kirishi natijasida yangi kristall fazalarning hosil bo’lishi, oson suyuqlanuvchan evtektikalarning suyulish natijasida suyuq fazaning vujudga kelishi hamda polimorf o’zgarishlar va boshqalar kiradi.
Massa minerallarni qizdirish davrida o’zgarish jarayoni 3 ta bosqichda ro’y beradi: 
1. mineralning parchalanishi;
2. polimorf o’zgarishlar;
3. yangi mineral va birikmalarning hosil bo’lishi. 
Kaolinit va boshqa tuproq minerallarni qizdirish davrida murakkab o’zgarishlarni boshdan kechirib, bu o’zgarishlar termogrammada termik effektlar bilan ifodalanadi. Buyumlar tarkibidagi erkin holdagi suv 80-160 oS atrofida chiqib ketadi, bunda qizdirish tezligi oshirilsa buyumlarda darz va yoriqlar vujudga kelishi mumkin. Kimyoviy boshlangan suvning yo’qolishi 450-850 oS ga to’g’ri kelib, aniq harorat tuproq mineralining tabiatiga, strukturasiga va qizdirish tezligiga bog’liq bo’ladi. Erkin va bog’langan holdagi suvning yo’qolishi endotermik effekt bilan bog’liq holda kechadi. 



Download 1,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish