O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona davlat universiteti “iqtisodiyot” kafedrasi



Download 83,19 Kb.
bet1/14
Sana20.07.2022
Hajmi83,19 Kb.
#826325
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Soliqlar va Soliqqa tortish” fanidan kurs ishi mavzu Soliqlarni 777



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI
IQTISODIYOT” KAFEDRASI

MAKROIQTISODIYOT” fanidan




KURS ISHI


Mavzu: O’zbekiston Respublikasida soliq siyosatini takomillashtirish yo’llari.


Bajardi: 20 51 guruh talabasi Ahmedov Murodjon


Reja :
Kirish
1. Umumiy qoidalar
2. Qo‘mita tuzilmasi
3. Hududlararo inspeksiyaning asosiy vazifalari va funksiyalari
4. Mansabdor shaxslarning soliq organlarida xizmatni o‘tash bilan bog‘liq huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi
5. Soliq qarzini undirish to‘g‘risidagi umumiy qoidalar.
6. Soliqlarni undirish usullari va ulardan amalda foydalanish jarayoni.
7. Soliqlarni to’lash bo’yicha majburiyatlar , to’lash muddatlari va Soliq qarziga yo’l qo’yish oqibatlari
8. To’lanmagan soliq qarzini undiruvga qaratish yuzasidan ko’riladigan choralar.
9. Xulosa
Kirish
O’zbekiston Respublikasida iqtisodiyotning erkinlashuvi va islohotlarning chuqurlashuvi jarayoni soliq siyosatini ham muntazam takomillashtirib borishni taqozo qiladi. Soliq siyosati moliya tizimi islohotlarining muhim yo’nalishi sifatida iqtisodiyotni tartibga solish hamda uning barqarorligini ta’minlash jarayonida har qachongidan ham muhimroq bo’lib bormoqda. Shu sababli, mamlakatimiz rivojlanishining muhim ustuvor yo’nalishi sifatida soliq siyosatini erkinlashtirishning belgilanishi bejiz emas. Bu borada davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev 2019 yilning 10 iyul kuni “Soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni quydagi nutqlari e’tiborga loyiqdir: “Mamlakatda soliq siyosatini takomillashtirish, soliq ma’muriyatchiligi samaradorligini oshirish, soliq yukini izchil kamaytirish, soliq tizimini soddalashtirish va soliq hisobotlarini tubdan qisqartirish yuzasidan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasining amaliyotga joriy etilishi natijasida mehnatga haq to‘lash jamg‘armasiga soliq yuki kamaytirildi, aylanma mablag‘lardan olinadigan soliqlar optimallashtirildi, davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalarni bekor qilish va yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i stavkasini kamaytirish orqali soliq tizimi qayta ko‘rib chiqildi.”
Ma’lumki, soliq siyosatini erkinlashtirish soliq tizimining muhim tarkibiy qismi hisoblangan jismoniy shaxslardan olinadigan mahalliy soliqlarni ham takomillashtirishni talab etmoqda. Mahalliy soliqlar bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida faqatgina davlat byudjetini mablag’ bilan ta’minlash vazifasini bajaribgina qolmay, soliq to’lovchining o’zini mulkdor deb xis qilishga ta’sir ko’rsatuvchi omil vazifasini ham bajaradi va moddiy jihatdan ta’minlashga imkon beradi.
3
Soliqlarni undirish usullari va ulardan amalda foydalanish jarayoni nazariy jihatdan yetarli darajada o’rganilganliginligi hamda amaliyotda ulardan samarali foydalanish jarayonida qanday darajada to’sqinlik borligi. Kurs ishining maqsadi Respublikamiz soliq tizimida amalda bo’lgan Soliqlarni undirish usullari va ulardan amalda foydalanish jarayoni amal qilish mexanizmini tahlil qilish va shu asosda mavjud bo’lgan muammolarni, kamchiliklarni aniqlash va soliqlarning bir vaqtning o’zida davlat byudjetining daromadlarini shakllantirishi borasida va soliq to’lovchi sub’ektlar manfaatlarigi maqbul keluvchi mexanizmini ishlab chiqish va takomillashtirish yo’nalishlarini belgilashdan iborat.

1-bob. Umumiy qoidalar


1. Ushbu Nizom “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Soliq ma’muriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning yig‘iluvchanligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 18-iyuldagi PF-5116-son Farmoniga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika soliq organlari tizimini yanada modernizatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2010-yil 8-yanvardagi PQ-1257-son va “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 26-iyundagi PQ-3802-son qarorlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining (keyingi o‘rinlarda Qo‘mita deb ataladi) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, majburiyatlari, faoliyatini tashkil etish tartibi va hisobotini, shuningdek, davlat soliq xizmati organlari rahbarlarining funksional majburiyatlari va javobgarliklarini belgilaydi.
2. Qo‘mita soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini va davlatning iqtisodiy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash sohasidagi nazorat bo‘yicha respublika davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
Qo‘mita O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bo‘ysunadi.
3. Qo‘mita o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga hamda boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
4. Davlat soliq xizmati organlari tomonidan o‘z vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlar davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, soliq to‘lovchilar, shu jumladan yuridik va jismoniy shaxslarning ijro etishi uchun majburiy hisoblanadi.
5. Qo‘mita, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) davlat soliq inspeksiyalari (keyingi o‘rinlarda davlat soliq xizmatining hududiy organlari deb ataladi), Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda Hududlararo inspeksiya deb ataladi), shuningdek, Qo‘mita tizimiga kiradigan tashkilotlar yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan hamda o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligida shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga, bank hisobraqamlariga, shu jumladan chet el valyutasidagi hisobraqamlariga ega.
6. Davlat soliq xizmati organlari o‘z faoliyatini qonun hujjatlariga muvofiq, davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan mustaqil ravishda amalga oshiradilar.
7. Qo‘mitaning rasmiy nomi:
a) davlat tilida:
to‘liq nomi — O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, qisqartmasi — Davlat soliq qo‘mitasi yoki DSQ;
b) rus tilida:
to‘liq nomi — Gosudarstvenniy nalogoviy komitet Respubliki Uzbekistan, qisqartmasi — Gosudarstvenniy nalogoviy komitet yoki GNK;
v) ingliz tilida:
to‘liq nomi — State Tax Committee of the Republic of Uzbekistan, qisqartmasi — State Tax Committee yoki STC.
8. Davlat soliq qo‘mitasining joylashgan joyi (pochta manzili): Toshkent shahri, Abdulla Qodiriy ko‘chasi, 13A-uy, 100011.

Download 83,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish