O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI
“FIZIKA-TEXNIKA” FAKULTETI
“Fizika” yo’nalishi 20.13A-guruh talabasi
Kamolova Zilolaxonning
“Optika” fanidan
“Mandelshtam-Brillyuen majburiy sochilishi”
mavzusidagi
K U R S I SH I
Kurs ishi rahbari:_______________ ________________
Farg’ona – 2022
REJA
KIRISH
I.BOB.YORUG’LIKNING SOCHILISHI,YORUG’LIK NURINNG
NAZARIYASI
1.1.Yorug‘likni kombinatsion sochilishini kvant nazariyasi
1.2.Yorug’lik nurining fotonlar nazariyasiga talqin qilinishi.
Yorug’lik bosimini tajribada o’rganish
II.BOB. YORUG’LIK BOSIMI VA MAJBURIY SOCHILISHLAR
2.1.Yorug’lik bosimining bazi bir kosmik hodisalardagi roli
2.2.Mandelshtam-Brillyuen majburiy sochilishi.Kompton effekti
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Kirish
“Eng katta boylik-bu aql-zakovat va ilm,
Eng katta meros-bu yaxshi tarbiya,
Eng katta qashshoqlik-bu bilimsizlikdir!”
SH.M.Mirziyoyev
O‘zbekiston Respublikasi demokratik huquqiy davlat va fuqorolik jamiyati
qurish yo‘lini tanlangan va amalga oshirib kelmoqda.
Respublikamizdagi amalga oshirilayotgan qayta qurishning asosiy maqsad va uning harakatlantiruvchi kuchi inson, shaxsning har tomonlama rivojlanishi hisoblanadi.
Bir necha asrlar davomida aniq va tabiiy fanlar O‘zbekiston zaminida keng rivojlanib, O‘rta Osiyo hududi dunyo intellektual markazi bo‘lib kelgan. Yurtimiz hududida yuzaga kelgan birinchi va ikkinchi Renessans davri butun dunyo tan oladigan mashhur daholarni yetishtirib berdi. Muhammad al-Xorazmiy, Ahmad al-Farg‘oniy, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Mahmud Koshg‘ariy, Abu Ali ibn Sino, Nasriddin Tusiy, Qozizoda Rumiy, Jamshid Koshiy, Mirzo Ulug‘bek, Ali Qushchi va Sharqning boshqa olimlari ilmiy tadqiqotlari jahon ilm-fani rivojiga beqiyos hissa qo‘shdi.
Buyuk ajdodlarimizning ilmiy an’analarini munosib davom ettirgan holda, XX asrning 40-yillaridan boshlab O‘zbekistonda fizika fanini rivojlantirish jarayonida nufuzli ilmiy maktablar tashkil etildi, ularning vakillari xalqaro mukofotlarga sazovor bo‘ldi va xorijiy akademiyalar a’zolari bo‘lib saylandi. Eng muhim ilmiy yo‘nalishlarni shakllantirishda Fanlar akademiyasining taniqli ilmiy maktablar yaratgan atoqli fiziklari muhim o‘rin tutdi. Mamlakatimiz fizika maktabi qattiq jismlar fizikasi, atom yadrosi fizikasi, yarim o‘tkazgichlar fizikasi, lazer fizikasi va issiqlik fizikasi sohalarida jahon ilm-faniga ulkan hissa qo‘shdi.
Bugungi kunda ta’lim muassasalarida fizika fanini o‘qitish sifatini oshirish, ta’lim jarayoniga zamonaviy o‘qitish uslublarini joriy qilish, iqtidorli o‘quvchilarni saralash, mehnat bozoriga raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash, ilmiy tadqiqot va innovatsiyalarni rivojlantirish hamda amaliy natijadorlikka yo‘naltirishga katta e’tibor qaratilmoqda.
Prezidentining 2020-yil 29-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida:
1. 2021 — 2023-yillarda fizika fanlari bo‘yicha ta’lim sifatini oshirish va fizika sohasidagi ilmiy tadqiqotlarning natijadorligini ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.
Unga ko‘ra quyidagilar kompleks dasturning asosiy maqsad va vazifalari etib belgilandi:
umumta’lim muassasalarida fizika fanini o‘qitish sifatini oshirish, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarini takomillashtirish;
fizika fani bo‘yicha kadrlarni, xususan, qishloq joylardagi maktablarning o‘qituvchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini rivojlantirish;
ta’lim jarayoniga zamonaviy o‘qitish uslublarini, shu jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish;
pedagog kadrlar va o‘quvchilarning fizika fanini bilish darajasini baholash, iqtidorli yoshlarni aniqlash hamda ularning mahalliy va xalqaro fan olimpiadalarida muvaffaqiyatli ishtirok etishi hamda sovrinli o‘rinlar egallashini ta’minlash;
oliy ta’lim muassasalarida fizika fanlarini o‘qitishning integrativ prinsiplarini joriy etish, yangi va ta’lim bozorida talab yuqori bo‘lgan mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish orqali yoshlarning fizika ta’limi bilan qamrab olish darajasini oshirish;
fizika sohasidagi ilmiy tadqiqotlarning ishlab chiqarish bilan uzviy bog‘liqligini ta’minlash, iqtisodiyot tarmoqlaridagi muammolar yechimiga qaratilgan ilmiy ishlar ko‘lamini kengaytirish;
ilmiy tadqiqotlarning va innovatsiya ishlarining natijadorligi va amaliy ahamiyatini oshirish.
Va bundan tashqari 2021 — 2023-yillarda fizika faniga ixtisoslashtirilgan tayanch maktablari va fizika fani chuqurlashtirib o‘qitiladigan sinflar tashkil etiladigan maktablarning fizika fani bo‘yicha sinf xonalari va laboratoriyalarini mebel, o‘quv laboratoriyasi asbob-uskunalari va boshqa texnik vositalar bilan jihozlash dasturi tasdiqlandi.
Unga ko'ra quyidagi ishlarni amalga oshirish belgilandi:
Belgilansinki, mazkur qarorga maktablarning fizika fani bo‘yicha sinf xonalari va laboratoriyalarini mebel, o‘quv laboratoriyasi asbob-uskunalari va boshqa texnik vositalar bilan jihozlash 2021-yilda Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi mablag‘lari, 2022-2023-yillarda Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutilgan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ixtisoslashtirilgan maktablarning boshqa fanlar bo‘yicha sinf xonalari va laboratoriyalarini (fizika fanidan tashqari) mebel, o‘quv laboratoriyasi asbob-uskunalari va boshqa texnik vositalar bilan jihozlash maqsadida qo‘shimcha mablag‘larni ajratib borsin.
Xalq ta’limi vazirligi 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab:
umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida fizika fani kengroq o‘qitiladigan variativ o‘quv rejasini joriy qilsin;
ixtisoslashtirilgan maktablarda fizika fani tayanch o‘quv rejada belgilangan o‘quv soatlar doirasida haftasiga 3 soatdan o‘qitilishini ta’minlasin;
2021-yil 1-oktabrga qadar fizika fani o‘qituvchilarining malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv modullarini ishlab chiqsin, ular bo‘yicha videodarslarni tayyorlasin va foydalanish uchun “Uzluksiz kasbiy ta’lim” maxsus elektron platformasiga joylashtirsin, ixtisoslashgan maktablarning o‘quv laboratoriyalaridan unumli foydalanish maqsadida ushbu maktablarda maktabdan tashqari “Amaliy fizika” to‘garaklarini tashkil qilsin hamda ularning faoliyatiga yoshlarni keng jalb qilish choralarini ko‘rsin.
Yuqoridagi qaror va chora tadbirlarni amaliy ahamiyatinj biz o‘zimiz o'qiyotgan ta'lim muassasalarida ham yaqqol namunasini ko'rishimiz mumkin.
Yorug’lik nurining tarqalishi uni ifodalab beradigan asosiy ikkita nazariya bo’lib ular: Gyugensning to’lqin nazariyasi va Nyutonning zarra nazariyasi hisoblanadi.
Yorug’lik nuri qanday tarqalishi, rang hosil bo’lishi, ko’rish kabi bir qator tushunchalarni ifodalash uchun bir qancha olimlar o’zlarining nazariyalarini yaratishdi.Bularning ichida Nyuton yaratgan zarracha nazariyasiga to’xtaladigan bo’lsak "Yorug’lik nuri bu uning energiyasini tashuvchi zarralar oqimidan iborat bo’lib ular faqat haraktda mavjuddir" deyiladi.Bundan ko’rinadiki zarracha biron tezlik bilan borib jismlar bilan tasirlashishi natijasida u sirtga albatta zarra berishi kerak degan hulosa chiqib keladi.Haqiqatdan ham bu bosim bor yo’qligini aniqlash uchun bir qancha tajribalar olib borilgan bo’lib ulardan biri Lebedov tajribasi hisoblanadi.U yorug’lik nuri zarra bo’lib to’siqqa urilgan vaqtda yaltiroq sirtlardan qaytishi qora sirtlarda esa yutilishidan bosimlar farqi yuzaga kelishini amaliyotda qo’llab ko’rmqochi bo’ldi.Buning uchun yengil aylanuvchi o’qqa ikkita yaproqchalarni iladi.Ularning ikki tarafi ikki xil qaytarish koefitsiyentiga ega bo’lgani sababli ular aylanishi kerak edi.Tajriba natija berdi lekin bu natija nazariyaga teskari bo’lib yaproqchaning qora tarafiga aylanadi.Shunday bo’lsa ham tajriba yorug’lik bosimi borligini isbotlab berdi.Ularning teskari aylanishiga sabab esa o’sha sirtlarga ko’zga ko’rinadigan nurlardan boshqa sohadagi nurlarning yutish koefitsiyenti harxilligidir.Yani ko’zga ko’zga ko’rinadigan nurlardan boshqa infraqizil ultrabinafsha sohadagi nurlar ham unga bosim berishidir.
Undan oldingi olimlar quyosh yonidan o’tgan kametalarning dumi egrilanishiga sabab yorug’lik bosimiligini shu paytlar taxmin qilib ketishgan.
Zamonaviy spektroskopiya oldiga molekulalararo o’zaro ta’sir va bu ta’sirning tabiati hamda fizik mexanizmlarni o’rganishdek dolzarb muammolar qo’yiladi. Bu muammolarni o’rganish uchun turli optik usullar qo’llaniladi. Bu optik usullar ichida eng samaralisi spektroskopik usuldir. Bularning orasida yorug’likning kombinatsion sochilish spektri o’zining antiqaligi bilan ajralib turadi.
Yorug’likning kombinatsion sochilishi bu moddadan yorug’lik sochilganda uyg’otuvchi chastotadan tashqari qo’shimcha chastotaning hosil bo’lishidir.
Har xil moddalar uchun kombinatsion sochilishi chizig’i molekulaning tuzilishiga bog’liq. Aralashma chizig’ining soni, holati va intensivligi sochuvchi moddaning xarakterli xossalarini aks ettiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |