MUNDARIJA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 35
KIRISH
“Ta’lim va ma’rifat – tinchlik va bunyodkorlik sari yo’l”
Sh.M.Mirziyoyev
O’zbekiston Respublikasining 2020 yil 23 sentyabrda tasdiqlangan “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi PF-4947-son, 2019 yil 6 sentyabrdagi “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PF-5812-son va 2020 yil 29 oktyabrdagi “Ilm-fanni 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi PF-6097-sonli Farmonlari, 2020 yil 27 fevraldagi “Pedagogik ta’lim sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-4623-son, 2020 yil 30 sentyabrdagi O’qituvchi va murabbiylar kuniga bag’ishlangan tantanali marosimdagi “O’qituvchi va murabbiylar–yangi O’zbekistonni barpo etishda katta kuch, tayanch va suyanchimizdir” nomli nutqi hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 15 maydagi “O’zbekiston Respublikasida Kasbiy malakalar, bilim va ko’nikmalarni rivojlantirish milliy tizimi faoliyatini tashkil etish choralari to’g’risida”gi 287-son, 2020 yil 7 avgustdagi “O’zbekiston Respublikasida uzluksiz boshlang’ich, o’rta va o’rta maxsus professional ta’lim tizimini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to’g’risida”gi 466-son qarorlarida belgilangan ustuvor vazifalar mazmunidan kelib chiqqan holda tuzilgan bo’lib, u professional ta’lim muassasalari pedagog kadrlarining kasb mahorati hamda innovatsion kompetentligini rivojlantirish, sohaga oid ilg’or xorijiy tajribalar, yangi bilim va malakalarni o’zlashtirish, shuningdek amaliyotga joriy etish ko’nikmalarini takomillashtirishni maqsad qiladi.
Ilm-fan va texnologiyalarning jadal rivojlanishi, global dunyoda raqobatning ortishi sharoitida har bir davlat va jamiyatning bu jarayonda raqobatbardoshligi yoshlarning intellektual rivoji hamda ularning iste’dodi va qobilyatlarini to’liq amalga oshirishga e’tibor berishga bog’liq bo’ladi.Shuning uchun bu masalada har doim davlatlarning uzoq muddatli rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan barcha strategiyalarda aks ettirilgan. O’zbekiston Respublikasining 2017-2021 yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishlari bo’yicha harakatlar strategiyasi ham bu borada istisno bo’lmadi.Unda alohida bo’lim davlatning yoshlar siyosatini takomillashtirishga bag’ishlangan.U O’zbekistonning 10 million fuqarosi yoki mamlakat aholisining 31 foizini tashkil etuvchi yoshlarga nisbatan davlat siyosatining samaradorligini oshirishga qaratilgan bir qator ustivor vazifalarni qamrab oladi.Shu nuqtai nazardan, O’zbekiston Yoshlar Ittifoqini tashkil etish zarurati hayotning o’zi tomonidan belgilab qo’yildi, u tashkilotdan yoshlar hayotidagi eng dolzarb masalalarni hal qilishni talab qiladi, ayniqsa uyushmagan yoshlar hayotda o’z o’rnini topish uchun munosib sharoitlar yaratish, yoshlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, kasb- hunarga yo’naltirish va bandligini ta’minlash, ularning tashabbuslarini rag’batlantirish shular jumlasidan.O’zbekiston Yoshlar Ittifoqi tashkil etilgan kun 30-iyunni yoshlar kuni sifatida e’lon qilinishi ham juda ramziydir.Bizning fikrcha, ushbu shior shubhasiz tasodifan tanlanmagan u O’zbekiston prezidentining davlatning rivojlanish istiqbollari haqidagi strategiyasida prinsipial yondashuvni ifodalaydi.Shavkat Mirziyoyev asosiy e’tiborni yoshlarga qaratmoqda.Bu O’zbekiston rahbari tomonidan O’zbekiston prezidenti Devonida yoshlar siyosati masalalari xizmati tashkil etilgani bilan ham isbotlanadi.Yuqorida aytib o’tilganlar O’zbekistonda yoshlarning ijtimoiy va siyosiy hayotdagi o’rnini kuchaytirish bo’yicha yo’nalish belgilanganini aytish imkonini beradi.Shu bo’yichadavlat va yoshlar tashkilotlaridan yoshlar tashabbuslarini to’liq qo’llab-quvvatlashga alohida e’tibor berilmoqda. Bunga tayanib, O’zbekistonning rivojlanishidagi yangi bosqichda yoshlar alohida o’rin tutishini ta’kidlash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |