Kirish …3
Inflyatsiyaning mazmuni va unig kelib chiqish sabablari……………6
Inflyatsiyaning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari..……………………… 15
Inflyatsiyaga qarshi siyosat yo’llarini takomillashtirish…………...18
O’zbekiston inflyatsiya holati va uning xarakati……………………24
Xulosa 31
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati…………………………………..33
Kirish
Mamlakatimizda inflyatsiyaning har tomonlama avj olib ketishi mamlakatda sotsial va iqtisodiy jihatdan qarama-qarshiliklar yuzaga kelishiga olib keladi. Shuning uchun davlat inflyatsiyaning oldini olish, pul muomalasini barqarorlashtirish chora – tadbirlarini ishlab chiqadi. Inflyatsiyaga qarshi kurashning asosiy shakllari: inflyatsiyaga qarshi siyosat va pul islohoti hisoblanadi.
Barqaror iqtisodiy o‘sishni va aholining real daromadlari o‘sishini ta’minlash, iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini takomillashtirish, uni modernizatsiyalash, mamlakatning resurs salohiyatini to‘laqonli ishga tushirish, investitsiyalar hajmini oshirish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, eksport hajmini ko‘paytirish kabi masalalar yechimi mamlakat milliy valyutasi to‘lov qobiliyatining barqarorligi bilan chambarchas bog‘langan.
Narxlar darajasining keskin o‘sishiga yo‘l qo‘ymaslik, ularning barqarorligini ta’minlashga qaratilgan inflyasiyaga qarshi siyosat milliy pul birligining barqarorligini ta’minlash, investorlar uchun qulay muhit yaratish, real daromadlarni o‘stirish, milliy iqtisodiyotni barqaror, mutanosib rivojlantirish kabi maqsadlarga qaratilgandir.
O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilgan baqarorlashtirish siyosati, iqtisodiyotni modernizatsiyalash, uning tarkibiy tuzilishini takomillashtirish borasidagi sa’yi harakatlar natijasida yuqori iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlari bilan birga barqaror narxlar darajasining ta’minlanishiga erishildi. Jumladan, jahon iqtisodiyotida hali-beri saqlanib qolayotgan jiddiy muammolarga qaramasdan, 2015 yilda O‘zbekiston o‘z iqtisodiyotini barqaror sur’atlar bilan rivojlantirishni davom ettirdi, aholi turmush darajasini izchil yuksaltirishni ta’minladi, dunyo bozoridagi o‘z pozitsiyasini mustahkamladi.
Tarix xaqiqatda ham bu so`zning har tomonlama xavfli ekanligini ko’rsatdi. Chunki inflyatsiya qandaydir aloxida olingan bozorda tovarlar va xizmatlar narxining o`sishidangina iborat bo’lmasdan, bu umumiqtisod uchun xavfli hodisadir. Inflyatsiya so`zining iqtisodiy manosi - muomalada mavjud bo’lgan tovarlar va ularning bahosiga nisbatan ko’p pul chiqarish dеgan ma'noni anglatadi Oxirgi yillarda inflyatsiya tеz-tеz uchrab turadigan jarayon bulib sifati ham o’zgarib bormoqda. Buning sababi shundaki, hozirgi kunlardagi inflyatsiya: birinchidan, uzluksiz baholarning oshishiga; ikkinchidan pul muomalasi qonunining buzilishi natijasida umumxo’jalik mеxanizmining ishdan chiqishiga olib kеladi.
2020 yilda iste’mol sektorida inflyatsiya 11,1 foizni tashkil etdi. Oziq-ovqat mahsulotlari 15,3 foiz, nooziq-ovqat mahsulotlari 8,8 foiz va xizmatlar 7,1 foizga qimmatlashdi. 2020 yilning dekabr oyida tovarlar va xizmatlar o‘rtacha 1,6 foizga qimmatlashdi. 2019 yilning mos davrida ushbu ko‘rsatkich 1,7 foizni tashkil qilgan. 2020 yil davomida iste’mol bozoridagi narxlar va tariflar 11,1 foizga o‘sdi. O‘tgan yili bu ko‘rsatkich 15,2 foizni tashkil etgan edi.
Elatib o‘tamiz, O‘zbekiston Markaziy banki 2020 yil 1 yanvardan bosqichma-bosqich inflyatsion targetlash rejimiga o‘tdi. Inflyatsiya darajasini 2021 yilda 10 foizgacha pasaytirish hamda 2023 yilda 5 foiz darajadagi doimiy inflyatsion maqsadni (target) o‘rnatish rejalashtirilmoqda.1
Tartibga solinadigan narxlar (tariflar) hamda davlat sektorida ish haqining yillik oshirib borilishi, shuningdek, pul-kredit siyosatining o‘ziga xosliklari (iqtisodiyotdagi pul massasi o‘sishi bilan birgalikda oltin-valyuta zaxiralarining jamg‘arib borilishi, milliy valyutaning doimiy devalvatsiyasi va spekulyativ kursli parallel valyuta bozorining mavjudligi) respublikada oldingi yillarda shakllangan inflatsiyaning fundamental omillari bo‘lib hisoblanib kelmoqda.
Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, narxlarni erkinlashtirish jarayonining kechiktirilishi islohotlar samaradorligini pasaytirishi va natijada uzoq muddatli inflatsion kutilmalarni yuzaga keltirishi mumkin. Tartibga solinadigan narxlarni bozor darajasiga yetkazish iqtisodiyotning tegishli sektoriga xususiy kapitalni jalb qilishni ta’minlashga imkon beradi. Bundan tashqari, bu rejimda inflatsiyaning maqsadli ko‘rsatkichlariga erishishda Markaziy bank harakatlarida katta erkinlik, maqsadlar va pul-kredit siyosati maqsadlari va ustuvorliklarining aniq identifikatsiyasi, shuningdek, Markaziy bankning inflatsiyaning maqsadli ko‘rsatkichlariga erishishda javobgarligi ko‘zda tutiladi. Jamoatchilik uchun Markaziy bank faoliyatining yuqori darajada shaffofligi iqtisodiyotda maqbul iqtisodiy kutilmalar shakllanishiga imkon yaratadi.
Xalqaro tajriba bozor iqtisodiyoti sharoitida pul-kredit siyosatini yuritishning samarali usullaridan biri inflatsion targetlash rejimi ekanligini ko‘rsatmoqda, bunda pul-kredit bozoridagi markaziy bankning faol ishtiroki, shuningdek, iqtisodiy rivojlanishning muntazam tahlili va davlat siyosati rejalarining keng yoritib borilishi inflatsiyaning miqdoriy maqsadlariga erishishni ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |