Prezident Shavkat Mirziyoyev parlamentga o‘z Murojaatnomasida ta’kidlaganidek, raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi kelgusi yillarning eng ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.
O‘zbekistonda 2020 yil Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlanish yili deb e’lon qilingani ham bejiz emas. “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” uchun qabul qilingan Davlat dasturi joriy yilda Prezident tomonidan qo‘yilgan bir qator yirik vazifa va loyihalarni amalga oshirish ham ko‘zda tutilgan.
Shu yil 28 aprelda davlatimiz rahbarining “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan edi. Qarorda belgilangan vazifalarni sifatli amalga oshirish uchun chora-tadbirlar belgilangan edi.
Ushbu qarorning bajarilishi ijrosi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev huzurida 8 iyun kuni axborot texnologiyalari va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish borasidagi islohotlar ijrosi bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi.
Prezidentimiz ta’kidlaganidek, bugungi kunda sohadagi maqsadlarga zamonaviy dasturchilar tayyorlashni jadallashtirish orqali erishish mumkinligi qayd etildi.
Ma’lumki, O‘zbekiston aholisining 60 foizi yoshlar bo‘lib, ularni zamonaviy axborot texnologiyalariga keng jalb qilish, ularga dasturiy mahsulot yaratish va autsoring xizmatlarini ko‘rsatishga ko‘maklashish orqali ish bilan ta’minlash muhim vazifalardan hisoblanadi.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi mamlakatimizda “Bir million o‘zbek dasturchilar” loyihasini ishga tushirgandi.
Bugungi kunda “Bir million o'zbek dasturchilar” loyihasi doirasida mashg‘ulotlar uzbekcoders.uz o‘quv portali orqali olib boriladi.
Unda eng mashhur to‘rtta talabgor mutaxassisliklar bo‘yicha bepul video kurslar o‘zbek tilida subtitrlar bilan taqdim etilgan, jumladan ma’lumotlarni tahlil qilish, “android” ilovalarini ishlab chiqish, veb-ilovalarni va dasturiy ta’minotlarni ishlab chiqish.
Keng jamoatchilikni raqamli bilimlarni o‘zlashtirish va axborot texnologiyalari sohasidagi yangi mutaxassisliklarni o‘zlashtirishga jalb qilish maqsadida Axborot texnologiyalari vazirligi tomonidan “Bir million dasturchilar” loyihasida yoshlar ishtirokini kengaytirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda, xususan:
- aholi o‘rtasida loyihani yoritish va raqamli ko‘nikmalarni targ‘ib qilish maqsadida reklama kampaniyasi (ijtimoiy tarmoqlar, onlayn maktab teledarsliklarida hamda radioda) ish boshladi;
- loyiha doirasida bugungi kunda 62 mingdan ortiq o‘quvchilar ro‘yxatdan o‘tib, 5,4 ming nafar o‘quvchilar bitiruvchi sertifikatni oldi;
- “Bir million dasturchilar” loyihasi ZIYONET ta’lim portali, UZMOBILE mobil aloqa operatori va UZONLINE internet-provayderlarining bepul xizmatlariga kiritildi;
- Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlarida ushbu loyiha doirasida dasturlash ko‘nikmalariga o‘qitish joriy etilmoqda.
Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisining 2020 yil 8 maydagi 53-son bayoniga muvofiq uzbekcoders.uz portali orqali:
2020/2021 o‘quv yili uchun oliy o‘quv yurtlari talabalarini hamda umumt’alim maktablari yuqori sinf o‘quvchilarini axborot texnologiyalari sohasida o‘qitishni tashkil etishning asosiy ko‘rsatkichlari tasdiqlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |