O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona davlat universiteti



Download 113,5 Kb.
bet8/10
Sana28.07.2021
Hajmi113,5 Kb.
#130838
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Xomidova G.

TERMINOLOGIYA
So'zlar ko'pincha ko'p ma'noli bo'ladi. Biroq shunday so'zlar ham borki, ular fan, texnika, san'at va madaniyatga oid tushunchalarni ifoda qilib, bir ma'noda ishlatiladi. Bunday so'zlar terminlar deyiladi (lotincha terminus – "chegara, oxirgi nuqta" ma'nosida). Har bir fan, texnika, san'at va madaniyatga oid bo'lgan terminlar birlashtirilib terminologiya deb ataladi. Masalan, tilshunoslik fani o'z terminlariga ega, masalan, unli, undosh, reduksiya, omonim, sinonim, ega, kesim, leksema, semema kabilar. Geografiyaga oid terminlar: pasttekislik, ko'rfaz, orol, yarim orol, sharq, g'arb, janub kabi. Terminlar fandagi tushunchalar bilan bog'liq bo'lib, ularning ma'nosi qaysi fan va texnika sohasida qo'llanishi orqali aniqlanadi. Terminlarning ko'p ma'noda qo'llanishi fan uchun ijobiy xususiyat hisoblanmaydi. Chunki bir terminning turli fanlarda har xil ma'nolarda qo'llanishi ba'zi noaniqliklarga olib kelishi mumkin. Terminlarning asosiy belgilari ularning bir ma'no­lili­gi (monosemantik ekanligi), neytral, alohida emotsional-eks­pressiv bo'yeqqa ega emasligi, biror fan va texnika sohasiga tegishli ekanligi bilan izohlanadi. Ba'zan terminlar badiiy asarlarda stilistik talabga ko'ra ishlatilishi mumkin. Bunday terminlarning ishlatilishi kontekst bilan bog'lanadi. Masalan, astronomiyaga tegishli ikar termini badiiy jihatdan odam bilan tenglashtiriladi:
Fazoga ilk bora qanot qoqqanni

Ikar deb atamish hayolan inson.


(A.Oripov)

Termin uchun kontekstning bo'lishi shart emas. U kontekstsiz ham alohida bir tushunchani ifoda qila oladi. Masalan, vint, lokator, kislota, fosfor, kislorod, vodorod kabi.

Ba'zi terminlar bir qancha fanlar uchun umumiy bo'lib qolgan. Masalan, avtomat so'zi. Biroq avtomat mashinalarning har bir turi o'z nomiga ega. Ko'pincha, avtomat mashinalar­ning uzundan-uzoq nomi aytilmay, avtomat termini qo'lla­ni­ladi. Har bir fanning o'z terminlar sistemasi mavjud. Terminlar narsalarning nomini, ba'zi jarayon yoki holatlarni (ximiyaviy yoki fizik) belgi, o'lchov, ishlash tartibi, fan va texnikaning sohalari va shohobchalari hamda kasb va mashg'ulotini ifola­laydi. Terminlar ham so'zlar kabi o'zining tovush strukturasi (ifoda jihati) va ma'no jihatiga egadir. Ko'pgina terminlarning talaffuzi bilan ularning qaysi fanga tegishli ekanligini bilish mumkin. Chunki terminlarning ifoda va mazmun jihatlari o'rtasidagi bog'lanish ancha uzviy hisoblanadi. Terminlar bir, ikki so'zdan tashkil topgan va so'zlar birikmasi tarzida bo'lishi mumkin. Masalan, son, kasr son, g'ildirak aylantiruvchi dvi­gatel, kimyoviy jarayon, vodorod bomba kabi. Kelib chiqishi jihatdan terminlar har bir tilning ichki zaxiralariga xos va boshqa tillardan o'zlashgan bo'lishi mumkin. O'zbek tilining ichki zahiralari manbaida paydo bo'lgan terminlarga tilshunos­likdagi to'ldiruvchi, hol, aniqlovchi, kesim, qo'shma gap kabilarni ko'rsatish mumkin.

O'zbek tilida chet tillardan o'zlashgan terminlar juda ko'p. Masalan, tibbiyot, biologiya, tilshunoslik, fizika, kimyo, astronomiya va boshqa fanlarda lotin, grek, arab va boshqa tillardan kirgan so'zlar juda ko'p ishlatiladi. Ba'zi terminlar tilda bor bo'lgan so'zlarni turli shakllarda, jumladan, kichray­tirish ma'nosida qo'llash orqali yasaladi: tilcha, oyoqcha kabi. Ko'pgina terminlar ular ifodalaydigan tushuncha yoki jismning nomi bilan butunlay bog'lanmaydi. Bunday terminlar biror mashhur kishi yoki voqea sha'niga qo'yilgan bo'lishi mumkin. Masalan, Sibirda topilgan jism Yu.A. Gagarinning birinchi bor koinotga parvozi sha'niga gagarinit deb nomlangan. Termin­lar­ning hosil bo'lishida fonetik, leksik va grammatik vositalar ishtirok etadi.

Har bir fan va texnika sohasiga tegishli alohida termino­logik lug'atlar mavjud. (Bu haqda darslikning leksikografiya bo'limiga qarang).


Download 113,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish