1. Ichki funktsiyasiga ko’ra: 1) jipslashtiruvchi; 2) muvofiqlash-tiruvchi; 3) rag’batlantiruvchi; 4) yetakchilikka intilish; 5) O’zbekiston mavqeiga mosligi.
2. Tashqi funktsiyasiga ko’ra: 1) targ’ibot va tashviqot; 2) ma’lum siyosiy yo’nalishga moslashtirish; 3) siyosiy voqea va jarayonlarga hozirjavoblik kabi vazifalar kiradi.
Siyosiy partiyalar faoliyati quyidagi asosiy yo’nalishlarda olib boriladi:
1. O’z faoliyat maqsadlarini aniqlash va belgilash, o’zining siyosiy, huquqiy, falsafiy, diniy, badiiy qarashlari tizimini yaratish va ularni keng omma orasida yoyish.
2. Jamiyat a’zolarining turli manfaatlarini o’z faoliyati va hujjatlarida mumkin qadar keng qamrab olib, ular uchun eng ma’qul partiyaga aylanishga intilish.
3. Turli organlarga saylovlarni tashkil qilish va o’tkazishda nihoyatda o’rinli va dolzarb shiorlarni o’rtaga tashlab, saylovchilarning mumkin qadar keng doirasi ovozini o’z foydasiga ola bilish.
4. Siyosiy partiya qatoriga yangi a’zolarni tortish va saralash yo’li bilan uning yetakchi va bilag’onlari tabaqasini shakllantirish.
5. Partiya dasturida ko’rsatilgan vazifalar va va’dalarni qonun chiqaruvchi hamda ijroiya davlat organlari orqali amalga oshirishga harakat qilish.
Demak, siyosiy partiyalar:
1. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovlarida ishtirok etadilar.
2. Oliy Majlis saylovlarida ishtirok etadilar.
3. Mahalliy vakillik organlarini tuzishda ishtirok etadilar.
1996 yil 26 dekabrda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 7-sessiyasi «Siyosiy partiyalar to’g’risida» qonun qabul qildi. (Ungacha siyosiy partiyalar faoliyati 1991 yil 15 noyabrda qabul qilingan «O’zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to’g’risida»gi qonun asosida ish olib bordi). Yangi «Siyosiy partiyalar to’g’risida»gi qonun 17 moddadan iborat. Prezidentlik vakolatlarini bajarish vaqtida siyosiy partiyalarga a’zolikni to’xtatish shart. quyidagilar siyosiy partiyalarga a’zo bo’la olmaydilar: sudpyalar, prokurorlar va prokuratura tergovchilari, ichki ishlar organlari, militsiya, xavfsizlik xizmati xodimlari, harbiy xizmatchilar, xorijiy davlat fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar. Siyosiy partiya tuzish kamida 8 ta hududiy sub’ekt (viloyat), shu jumladan, qoraqalpog’iston Respublikasi va Toshkent shahrida yashayotgan hamda partiyaga birlashish istagida bo’lgan kamida 5 ming fuqaroning imzosi bo’lishi talab etiladi (Oldin, 1996 yilgacha 5 ta viloyatdan 3 ming imzo to’plar edi). Siyosiy partiya tuzish tashabbuskorlari kamida 50 kishidan iborat bo’lishi, partiya ta’sis hujjatlarini tayyorlashi, ta’sis s’ezdi yo konferentsiyasini chaqirish bo’yicha tashkiliy qo’mita tuzishlari lozim. Tashkiliy qo’mita tuzilgan kundan boshlab 7 kunlik muddatda, kechiktirmasdan Respublika Adliya vazirligiga qo’mita haqida, rahbariyati haqida xabardor qilishi lozim. Tashkiliy qo’mita 3 oy faoliyat ko’rsatishi mumkin. S’ezd yo konferentsiya chaqirishi lozim. Ta’sis s’ezdi yo konferentsiyada partiya nizomi va dasturini qabul qiladi, organini tuzadi. Nizom qabul qilingach, 1 oy muddatda O’zR Adliya vazirligiga partiya organining kamida 3 a’zosi imzolagan ariza, nizom, dastur, ta’sis s’ezdi yo konferentsiya bayoni, ro’yxatdan o’tkazish yig’imi – bank hujjati va boshqalar topshirilishi kerak. Adliya vazirligi 2 oy ichida ko’rib chiqadi. Ro’yxatdan o’tsa, ommaviy axborot vositalari orqali e’lon qilinishi kerak. Siyosiy partiya har yili barchaning e’tibori uchun o’z byudjetlarini e’lon qiladilar va o’z faoliyatini mablag’ bilan ta’minlash manbalari to’g’risida Oliy Majlis yo vakolat beruvchi organga hisobot taqdim etadi.
Siyosiy partiyalar tegishli tartibda ro’yxatga olingach, faoliyatini amalga oshiradi. Ular faoliyati O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va maxsus qarorlar bilan tartibga solinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |