Nazorat uchun savollar:
1. Nasoslarni asosiy turlari va ularni sinflanishi.
2. Nasoslarni qanday ekspluatatsion xarakteristikalarini bilasiz.
3. Nasoslarni asosiy parametrlari.
4. Nasosni asosiy soʼrish balandligi.
5. Nasosni foydali ish koeffitsienti (f.i.k)
АMALIY MASHGʼULOT №9
(2-soat)
Mаvzu: Texnologik mashinalardan foydalanish davrlarini aniqlash Mashina va apparatlarni yechish va yigʼish
Uzoq ishlash qobilyati texnologik mashinalarni texnik resursi va ishlatish davri bilan xarakterlanadi.
Texnik resurs - texnologik mashinalarni ishlash mumkinligi bilan belgilanib texnik xizmatlar va taʼmirlash ishlari bajarilib ishlatilish oraligʼi tushiniladi. Qayta tiklab boʼlmaydigan texnologik mashinalar texnik resursi uni ishdan chiqish davri orqali belgilanadi.
Qayta tiklab boʼladigan texnologik mashinalar texnik resursi ularni belgilangan texnik xizmatlar va taʼmirlashlardan keyinigi ishdan chiqish davri orqali belgilanadi:
tp = t1 + t2 + . . . + tn = ti (9.1)
i=1
bu yerda: t1, t2,.. . tn-texnologik mashinalarni chiqish davrlarigacha boʼlgan oraliqlar.
Texnologik mashinalarni ishlatish davri - mashinani kalendar buyicha birinchi ishdan chiqqan davrigacha boʼlgan oraliq yoki mashinani kapital taʼmirlashdan keyingi vaqtdan uni toʼla ishdan chiqish davrigacha boʼlgan oraliq tushiniladi. Ishlatish davri odatda birinchi kapital taʼmirlashgacha va kapital taʼmirlashlar oraligʼidagi davrlar orqali belgilanadi. Texnologik mashinalarni taʼmirlashga yaroqliligi - mashina ishlatilayotgan davrda nosozliklar hosil boʼlishi, hamda texnik xizmat koʼrsatish, taʼmirlash ishlarini bajarish mumkinligini ifodalaydi va taʼmirlash orʻtacha vaqti, texnik xizmatlar orʻtacha tannarxi bilan belgilanadi.
Taʼmirlash orʻtacha vaqti - mashinani ishga yaramay va nosozliklarini aniqlash, taʼmirlash uchun sarf boʼladigan chegaralanmagan vaqt hisoblanadi.
Texnik xizmatlar orʻtacha tannarxi mashinaga texnik xizmat koʼrsatish, taʼmirlash buyicha belgilangan oraliqda sarf etilgan xarajatlar yigʼindisi tushiniladi. Texnologik mashinalarni saqlanish xususiyati uni texnik xujjatlarda keltirilgan ishlatish koʼrsatkichlarini saqlash, yuklab joʼnatish shartlarini saqlash tushiniladi. Bu xususiyat mashinani maʼlum vaqt omborlarda saqlangandan keyin ham kafolatlanishi shart.
Texnologik mashinalarni ishonchlilik koʼrsatkichi - mashinalarni bir yoki bir necha xususiyalarini oʼz ichiga olgan holda kalendar ish vaqti, ish unumdorligi, narxi va boshqa koʼrsatkichlar bilan belgilanadi.
Texnologik mashinalarni ishonliligini grafik ravishda ham koʼrsatish mumkin. Maʼlumki, qayta tiklab boʼladigan mashinalarda buzilishlar boʼlgandan keyin ularni taʼmirlab tiklanadi va ishlatiladi. Qayta tiklashda mashinaning bir necha elementi almashtiriladi, baʼzilari esa taʼmirlanadi. Qayta tiklanuvchi mashinani texnik xizmatlar oraligʼidagi ishlashi 5.1 rasmda
koʼrsatilgan.
t 1 ћ1 t2 ћ2 t3 ћ3
0 t
9.1 rasm. Jihozning ish grafigi.
Bu yerda: t1,t2,t3 - jihozning ishlash davrlari;
ћ1,ћ2,ћ3- jihozning buzilish sabablarini topish va taʼmirlash davrlari.
Texnologik mashinalarning ishlash va buzilish sabablarini topish, taʼmirlash davrlari xar xil boʼlishi mumkin. Mashinaning ishlash davrlari t qisqa boʼlsa buzilishlari koʼp boʼladi, ћ davrlar katta boʼlsa mashinaning taʼmirlashga yaroqliligi kam boʼlishini koʼrsatadi.
Taʼmirlashga yaroqli mashinalarning buzilish sabablari parametrlarni ishlash davrlariga bogʼlikligini quyidagi grafik orqali belgilasa ham boʼladi (5.2 rasm).
BP
I II III
t1 t2 t3
9.2. rasm. Buzilishlar potogini (BP) oʼzgarishini jihozni ishlash davridagi oʼzgarishiga bogʼliq grafik.
Buzilishlar potogini (BP)- bu texnologik mashinaning buzilgan, ishdan chiqqan qismlari (detallari, mexanizmlari) miqdori.
Do'stlaringiz bilan baham: |