Detalnichoʼktirishvabotirishusulidataʼmirlash.
Detalning uzunligini kamaytirish hisobiga uning tashqi diametrini kattalashtirish jarayoni choʼktirish deyiladi.5.1-rasmda detallarni choʼktirish sxemasi keltirilgan.Undan koʼrinib turibdiki, taʼsir etuvchi Rg kuchning yoʼnalishi detalning deformatsiyalanish yoʼnalishi δ bilan mos tushmaydi.Bu detallarni choʼktirishga xos boʼlgan xususiyatdir.
5.2-rasmda shatunning yuqori kallagidagi bronza vtulkaning choʼktirish sxemasi koʼrsatilgan. Uni 1 va 2 tiqinlar yordamida detaldan chiqarib olmasdan choʼktirish mumkin. Uzunligi qisqarishi hisobiga vtulkaning ichki diametri kichiklashadi. Vtulkaga razvyotka bilan ishlov berilgandan soʼng, u yana ishlatish uchun yaroqli holga keladi.
Vtulka uzunligining qisqarishi natijasida porshen barmogʼidan vtulkaga uzatiladigan nisbiy bosim ortadi, ammo bu bosimning koʼpayishi detalning keyingi ishiga deyarli taʼsir qilmaydi.Bunday usul bilan vtulkani bir marotaba taʼmirlash mumkin.
5.3-rasm. Detallarni botirish usulida taʼmirlash sxemasi
|
5.4-rasm. Vtulkani kengaytirish sxemasi
|
Detallning metalini cheklangan oraliqqa soʼrish hisobiga uning oʼlchamini kattalashtirish jarayoni botirish deyiladi.Detalni botirish usulida taʼmirlash sxemasi (5.3-rasmda) koʼrsatilgan.Bunday ishlov berish turida taʼsir qiluvchi Rd kuchning yoʼnalishi bilan talab qilinadigan deformatsiyaning yoʼnalishi mos kelmaydi.Bu usul detalning ishlanmaydigan qismining chegaralangan qismidagi metallni siqib chiqarish hisobiga, detallning oʼlchamini kattalashtirishda qoʼllaniladi.
Botirish usuli bilan klapanlar, vallardagi va teshiklardagi shlitsalar tiklanadi. Klapanlarni botirish usuli bilan taʼmirlash yopiq shtamplarda, metallni klapanning silindrsimon qismidan konussimon ish sirti tomon siljitish natijasida amalga oshiriladi. Klapanlarni botirish usulida taʼmirlash texnologiyasi ketma–ketligi quyidagidan iborat: klapanlarni kallagining diametri va silindrsimon qismining balandligi boʼyicha turlarga ajratish; klapan kallagining materialiga bogʼliq holda elektr pechida taxminan 820...8900 S gacha qizdirish; klapan kallagini halqali yopiq shtampda siqib chiqarish, qizigan klapanni dastlab havoda 200... 3000 S gacha, soʼngra issiq qumda sovitish; klapanning radial urinishini tekshirish; toblash va boʼshatish; klapanning ishchi yuzasini jilvirlash.
Detallarni kengaytirish. Vtulkaning ichki diametrini kengaytirish hisobiga tashqi diametrini kattalashtirish kengaytirish deyiladi (5.4-rasm).Bunda kengaytiruvchi kuch Rd ning yoʼnalishi kerakli boʼlgan deformatsiya yoʼnalishi δ ga mos keladi.
Kengaytirish, asosan, ichi teshik detallarning oʼlchamlarini saqlagan holda yoki ularning balandligini sezilarli oʼzgartirmasdan tashqi oʼlchamlarini kattalashtirishda qoʼllaniladi. Chunonchi, sferik va konussimon proshivkalarni qoʼllab, porshen barmoqlarining ishlash imkoniyatini tiklash mumkin. Porshen barmoqlarini qizitib ham, sovuq holda ham kengaytirsh mumkin.
Porshen barmoqlarini qizitib kengaytirish texnologik jarayoni quyidagilarni oʼz ichiga oladi: barmoq sirtini 2-3 soat davomida 900-10000 S da (poʼlatning markasiga bogʼliq holda) sementatsiya qilish, agar sementattsiya qatlami koʼproq yeyilgan boʼlsa, porshen barmogʼini 900...10000 temperaturada kengaytirish; toblash va past boʼshatish oʼtkazish (temperatura poʼlatning markasiga bogʼliq); nominal, diametrga keltirish uchun jilvirlash va jilolash; oʼlchamini, qattiqligini, darz bor yoʼqligini tekshirish.
Porshen barmogʼini sovuq holda kengaytirish texnologik jarayoni quyidagilarni oʼz ichiga oladi: 650...6700 S da (materialni markasiga bogʼliq holda) 1,5-2 soat davomida boʼshatish; barmoqni sharsimon yoki sferik sirtli proshivka, bilan jilvirlash uchun 0,15...0,2 mm qoʼyim qoldirib, sovuq holda kengaytirish; barmoqni toblash yoki boʼshatish; barmoqni nominal oʼlcham boʼyicha jilvirlash va jilolash; oʼlcham qattiqligini va darz bor yoʼqligini tekshirish.
5.5-rasm. Vtulkanitoraytirishsxemasi
|
5.6-rasm.Detalnichoʼzishsxemasi
|
Do'stlaringiz bilan baham: |