Nazorat uchun savollar
1. Birlamchi xujjatlar haqida tushuncha.
2. Ijro qiluvchi xujjatlar degani nima?
3. Tarmoq grafigi xaqida tushuncha.
4. Yoʼl degani nima va oʼz ichiga nimalarni oladi?
5. Kritik yoʼl degani nima?
АMALIY MASHGʼULOT №3
(2-soat)
Mаvzu: Mashinalarni uzellarga ajratish va yigʼish va nazorat qilish texnologiyasi asoslari.
1. Mashinalarni uzellarga ajratish va yigʼish.
Taʼmirlash ishlarida mashina qismlarga qisman yoki toʼliq ajratiladi. Mashinani qismlarga ajratish gʼiloflar, qopqoqlar, hota toʼsiqlarni kam vaqt sarflab, yechib olishdan boshlanadi. Soʼngra uzatish mexanizmi va zanjirlar hamda yulduzchalarning yuritish mexanizmi yechib olinadi. Mashinadan yechib olingan agregatlar va detallar stellajlarga va har qaysi markadagi mashina uchun moʼljallangan maxsus yashiklarga joylanadi.
Yigʼma qismlarni adashtirib yubormaslik kerak, aks holda ularni yigʼish qiyin boʼladi, detallarning oʼzaro toʼgʼri joylashishi buziladi.
Murakkab agregatlar va yigʼma qismlar yuvilgandan keyin texnik almashtirish punktiga yoki taʼmirlash korxonasiga joʼnatiladi, unchalik murakkab boʼlmaganlari esa, ularning texnik holatiga va taʼmirtalabligiga qarab, detallarga va uzellarga qisman yoki toʼliq ajratiladi.
Qismlarga ajratish sifatini va mehnat unumdorligini oshirish uchun shesternyalar, shkivlar, vtulkalar, podshipniklar va boshqa tigʼiz oʼtqazilgan detallar iskanja, universal va maxsus ajratgichlar va urib chiqargichlar yordamida ajratib olinadi. Аjratgichlar bilan ishlaganda bolgʼadan foydalanmaslik, shuningdek buragichni uzaytirmaslik kerak. Аjratgichlarni qiyshaytirmasdan toʼgʼri oʼrnatish kerak, agar ularning panjalari detallar chetini toʼliq qamramasa ham qiyshiq oʼrnatishga yoʼl qoʼymaslik lozim. Аgar detal zanglaganligi sababli joyidan koʼchmasa yoki buralmasa (gayka, boltlar), yigʼma qism biroz vaqt kerosinga solib qoʼyiladi yoki moylanadi.
Dumalanish podshipniklarini ajratgich yordamida chiqarib olishda kuch, podshipnikning tigʼiz oʼrnatilgan halqasiga qoʼyiladi.
Singan shpilkalarni, boltlarni va parchin mixlarni sugʼirib olish usullari
1-jadval
Ketkazish usuli
|
Texnologik ishlar tafsiloti
|
Gayka va kontrgayka bilan
|
Shpilkaning rezbali qismi detal sirtidan chiqib turganda qoʼllaniladi. Chiqib turgan qismiga gayka va kontrgayka burab oʼtqaziladi va shpilka kalit bilan burab chiqariladi.
|
Gayka yoki sterjen bilan
|
Rezьbali detalning singan uchiga qirqilgan teshik orqali kichikroq oʼlchamli gayka yoki sterjen payvandlanadi
|
Otverka bilan burash uchun ariqcha yasaladi
|
Detalning chiqib turgan uchida arracha bilan ariqcha ochiladi va singan qismi otverka bilan burab chiqaridadi yoki kichikroq diametrli parma bilan parmalab ketkaziladi.
|
Gaykalar, boltlar va vintlar maʼlum shakl va oʼlchamli kalitlar hamda otvertkalar bilan burab chiqariladi. Buzilgan rezbali birikmalarni zubilo, kreytsmessel, sumbalar yordamida ajratishga ruxsat etilmaydi.
Shplintlar shplint chiqargichlar yordamida chiqariladi yoki zubilo bilan qirqib tashlanadi, detal ichida qolgan qismi esa yassi ombirlar yoki sumbalar bilan ketkaziladi.Rezbali shtiftlarni boshi berk teshiklardan chiqarib olish uchun shtiftga gayka buraladi.
Ponasimon shponkalar richaglar yordamida yoki ayri va boltdan iborat asbob bilan chiqarib olinadi. Аyrining bir qismiga bolt burab kirgizilib, uning yordamida yelka oʼlchami belgilanadi. Аyrining ikkinchi qismi shponkaga ilintiriladi va u chiqarib olinadi.
Yigʼma qism boʼlaklarga ajratilgandan keyin detallar sinchiklab tozalanadi va yuviladi, keyinchalik nuqsonlari aniqlanib, yaroqli-yaroqsizga ajratiladi, taʼmirlash va butlash (komplektlash) ga joʼnatiladi. Yaroqli qismlar mashina tamgʼasi va nomeri yozilgan yashik yoki stellajga taxlanadi.
Taʼmirlash ishlari hajmi mashinalar, agregatlar va qismlarni taʼmirlashga qabul qilish texnik shartlarida belgilangan talablarga mos kelishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |