«IQTISODIYOT NAZARIYASI» fanidan
kurs ishlarini bajarish bo`yicha
USLUBIY QO`LLANMA
Institutning uslubiy
kengashida tasdiqlangan
bayon № ___
"____"_______2013 y.
Farg`ona 2013
3
UDK: 330(07)
Kurpayanidi K.I, Muminova E.A. Oliy ta’limning bakalavriat 5230100
«Iqtisodiyot», 5230200 «Menejment», 5111017 «KT (Iqtisodiyot)» va 5230900
«Buxgalteriya xisobi va audit» yo`nalishidagi talabalari uchun «Iqtisodiyot
nazariyasi» fanidan kurs ishlarini bajarish bo`yicha uslubiy qo`llanma.
Farg`ona: Texnika,
2013,95 b.
Ushbu qo`llanmada ta’lim standartlari va o`quv rejalariga muvoffiq
kurs ishlarini mazmuniga qo’yiladigan asosiy talablar va uni yozish bo’yicha
tavsiyalar, kurs ishlarini rasmiylashtirish hamda himoya qilish buyicha
ko`rsatmalar keltirilgan. Uslubiy qo`llanma Oliy ta’limning bakalavriat
5230100 «Iqtisodiyot», 5230200 «Menejment» va 5230900 «Buxgalteriya
xisobi va audit» yo`nalishidagi talabalari uchun mo`ljallangan.
Tuzuvchilar: i.f.n., dotsent Kurpayanidi K.I.
i.f.n. Muminova E.A.
Taqrizchilar: i.f.n., dotsent Usmanov A.A.(FarPI)
i.f.n., dotsent Ashurov M.S.(FarPI)
i.f.n., dotsent Urinov A. (FarDU)
Uslubiy qo`llanma “Iqtisodiyot” kafedrasida ko`rib chiqilgan.
«__» ______ 2013 y.
Institutning uslubiy kengashida tasdiqlangan bayon № _____
"____"_______2013 y.
© Farg’ona: Texnika, 2013
4
MUNDARIJA
KIRISH
1-BO`LIM.“Iqtisodiyot nazariyasi” fanini o`rganishda kurs ishining ahamiyati.
2 - BO`LIM. Kurs ishining tarkibi
3 - BO`LIM. Kurs ishiga qo`yiladigan asosiy talablar.
4 - BO`LIM. Kurs ishini bajarish tartibi.
5 - BO`LIM. Kurs ishinig tarkibiy qismlari:
5.1 Titul varoq
5.2 Kurs ishiga topshiriq.
5.3 Mundarija
5.4 Kirish
5.5 Asosiy qism
5.6 Xulosa
5.7 Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati
5.8 Ilovalar
6- BO`LIM. Kurs ishini rasmiylashtirish bo`yicha talablar.
6.1 Kurs ishi tarkibining ketma-ketligi.
6.2 Bo`lim va bo`linmalarni sahifalash
6.3 Illyustratsiya (surat)larni rasmiylashtirish
6.4 Jadvallarni rasmiylashtirish
6.5 Formula va tengliklar
6.6 Xavolalar
6.7 Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatini rasmiylashtirish
6.8 Ilovalarni rasmiylashtirish
7- BO`LIM. Kurs ishiga taqriz berish va uni himoyaga tayyorlash
8- BO`LIM. Ma’ruzani tayorlashda ko`rsatmalar
9- BO`LIM. Prezintatsiya materiallarin qo`llash bo`yicha tavsiyalar
10 - BO`LIM. Kurs ishini baholash
11 - BO`LIM. Kurs ishlarining namunaviy mavzulari
12 - BO`LIM. Kurs ishini bajarish uchun hisob-kitob topshiriqlari
5
1. Iqtisodiy samaradorlik.
2. Aktsiyadorlik jamiyati.
3. Ijara.
4. Tarmoqlararo erkin raqobat.
5. Kapital aylanishi.
6. Sanoat, savdo bank daromadi.
7. Yer rentasi.
8. Yer narhi.
9. Inflyatsiya.
10. Fiscal siyosat.
11. Ishsizlik.
12. Yalpi talab va multiplikator harakati.
13. Yalpi talab va yalpi taklif.
14. Milliy schotlar.
15. Byudjet taqchilligi.
16. Soliqqa tortish tizimi.
17. Pul bozori.
18. Talab va talklif elastikligi.
19. Talab va talklif qonunlari.
20. Iqtisodiyotni boshqarishda zamonaviy monopoliyaga qarshi
kurash.
KURS ISHLARINI BAJARSH UCHUN ADABIYOTLAR RO`YXATI
ILOVALAR
6
KIRISH
Mamlakatimizda mustaqillik yillarida olib borilgan oqilona va izchil
iqtisodiy siyosat orqali katta muvaffaqiyat va natijalarga erishilmoqda.
Jumladan, o’tgan davr mobaynida milliy xo’jaligimiz iqtisodiy jihatdan
mustahkamlanib, ma’muriy-buyruqbozlik tizimidan meros bo’lib qolgan bir
tomonlamalik va inqiroz holatidan chiqarildi; iqtisodiyotning barqaror o’sishi
ta’minlandi, makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlik mustahkamlandi,
iqtisodiyot va uning ayrim sohalaridagi mutanosiblik kuchaydi; bozor
mexanizmining tarkibiy qismlari qaror topdi va uning infratuzilmalari vujudga
keltirilib, rivojlantirildi. Ma’naviy jabhada ham tub o’zgarishlar qilinib, jamiyat
a’zolari ongida milliy istiqlol g’oyasi va mafkurasi shakllantirildi.
Jamiyatda ro’y beradigan iqtisodiy qonunlarni bilish va ularning amal
qilishiga ongli munosabatda bo’lishda, mamlakatni demokratlashtirish va
iqtisodiyotni bozor tamoyillari asosida isloh qilish jarayonlari mohiyatini
tushunish uchun zarur bo’lgan bilimlarni berishda «Iqtisodiyot nazariyasi»
fanining roli beqiyosdir. Bugungi kunda yosh avlodda bunyodkorlik g’oyalarini
shakllantirish,
ularning
ilmiy
dunyoqarashini
kengaytirish,
iqtisodiy
madaniyatini oshirish kabi muhim vazifalarni bajarish orqali mazkur fanning
ahamiyati tobora oshib bormoqda.
Uslubiy qo`llanma Oliy ta’limning bakalavriat 5230100 «Iqtisodiyot»,
5230200 «Menejment», 5111017 «KT (Iqtisodiyot)» va 5230900 «Buxgalteriya
xisobi va audit» yo`nalishidagi talabalari uchun mo`ljallangan.
Bakalavr tayyorlash darajasiga qo`yiladigan talablardan kelib chiqqan holda
iqtisodiyot nazariyasi kursi iqtisodiy bilimlarni quyidagi jixatlarni ko`rib chiqadi:
Tovar pul munosabatlari -bozor iqtisodiyoti shakllanishi va amal
kilishining asosidir
Bozor iqtisodiyotining mazmuni va amal kilishi. Talab va taklif
nazariyasi.
Bozor muvozanati
Raqobat va monopoliya
7
Narxning mohiyati va shakllanish xususiyati
Tadbirkorlik faoliyati
Milliy iqtisodiyot va uning makroiqtisodiy o`lchamlari. Yalpi milliy
mahsulot va uning harakat shakllari
Xalqaro iqtisodiy integratsiya va O`zbekistonning jahon hamjamiyatiga
kirib borishi
Iqtisodiy fikrlash
Iqtisodiy hodisa va jarayonlarni tahlil qilish usullarini qo`llash, iqtisodiy
qonunlarni, ilmiy tushunchalarni (kategoriyalarni), iqtisodiy muammolar
bo`yicha yechimlar qabul qilishga ko`maklashish
Do'stlaringiz bilan baham: |