O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus talim vazirligi fargona Politexnika instituti



Download 120,5 Kb.
bet2/5
Sana16.01.2022
Hajmi120,5 Kb.
#378052
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ekologiya va iqtisodiyot Maqsad

2.2 Tabiiy resurslar iqtisodiyoti
Tabiat resurslari, tabiiy boyliklar — jamiyatning moddiy va maʼnaviy ehtiyojlarini qondirish maqsadlarida xoʻjalikda foydalaniladigan hamda insoniyatning yashashi uchun zarur boʻlgan, uni oʻrab turgan tabiiy muhitning barcha tabiat komponentlari, energiya manbalari. Tabiat resurslariga Quyosh energiyasi, Yerning ichki issiqligi, suv, yer, mineral boyliklar, foydali qazilmalar, oʻsimliklar, tuproqlar, hayvonot dunyosi kiradi. Tabiat resurslari tugaydigan (koʻpgina foydali qazilmalar), tugamaydigan (suv, havo, Quyosh nuri, Yerning ichki energiyasi) va tiklanadigan (biologik elementlar, ayrim foydali qazilmalar) boyliklarga boʻlinadi. Tabiiy xom ashyolarni koʻp darajada isteʼmol qiluvchi kuchlarning jadal rivojlanishiga bogʻliq ravishda tabiat resurslari bilan taʼminlash muammolari yanada dolzarblashib bormoqda. Tuproq, atmosfera va gidrosferaning ifloslanishiga qarshi kurashishda jahonning barcha mamlakatlari kelishib faoliyat yuritishlari zarur boʻlib, tabiat resurslari muhofazasi global xarakterga ega boʻlmoqda. Tabiat resurslarini oʻzlashtirishning muhim bosqichlari — ularni aniqlash (razvedka qilish), oʻrganish, alohida turlari boʻyicha kadastrlar (masalan, yer kadastri, suv kadastri) tuzishdan iborat. Oʻzbekiston Respublikasida tabiat resurslari kadastrlarini tuzish va yuritish Oʻzbekiston Respublikasining "Davlat kadastrlari toʻgʻrisida" qonuni (2000-yil, 15 dekabr)ga muvofiq olib boriladi.
Tabiat resurslarini baholashning ilmiy asoslangan 3 tipi mavjud: texnologik, iqtisodiy, ijtimoiy. Tabiat resurslarini toʻgʻri baholash ulardan foydalanishda eng yuqori samaralarga erishishning muhim sharti hisoblanadi. Inson tafakkuri oʻsishi bilan bogʻliq holda tabiat resurslari turlari ham kengayib bormoqda, bunda eng zamonaviy texnik vositalardan foydalaniladi. Ilmiy-texnik taraqqiyotni rivojlanib borishi bilan tugaydigan tabiat resurslari oʻrnini bosuvchi yangi sunʼiy materiallar ishlab chiqarilmoqda, Dunyo okeani boyliklari oʻzlashtirilmoqda. Ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotning rivojlanishi yoʻlida tabiat resurslaridan samarali foydalanish va tabiatda ekologik muvozanatni taʼminlab turuvchi yangi sifatli texnologiyalarni yaratish talab etilmoqda. Xom ashyo va energiya manbalaridan rejali tarzda foydalanish uni uzoq muddatga yetishini taʼminlaydi.

Tabiiy resurslar iqtisodiyoti bilan shug'ullanadi ta'minot, talabva ajratish ning Yer  Tabiiy boyliklar. Tabiiy resurslar iqtisodiyotining asosiy vazifalaridan biri bu ko'proq rivojlanish uchun tabiiy resurslarning iqtisodiyotdagi rolini yaxshiroq anglashdir barqaror kelajak avlodlar uchun mavjudligini ta'minlash uchun ushbu resurslarni boshqarish usullari. Resurs iqtisodchilari barqaror va samarali iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida iqtisodiy va tabiiy tizimlarning o'zaro ta'sirini o'rganadilar.

2.3 Ekologiya va iqtisodiyotning o`zaro bog`liqligi

Er yuzida inson paydo bo`lganidan boshlab hozirgacha u o`zining iqtisodiy sharoitini tabiiy ne’matlar hisobiga yaxshilab kelmoqda. Moddiy ne’matlardan joydalanish jarayonida u ilgarigi vaqtlarda bilib-bilmay isrofgarchaliklarga yo`l qo`ygan, buning uchun uni tabiat jazolagan ham. Masalan, eramizdan ilgari kishilar yirik hayvonlarni ko`plab ovlagani tufayli tabiatda bu hayvonlar kamayib qolib, ocharchilik vujudga kelgan va odamlar o`rtasida o`lim ko`payib aholi soni ikki baravarga kamayib qolgan. Bu va shunga o`xshash holatlar odamlarning ongi va fikrlash qobiliyatini o`stirib, tabiiy resurslardan foydalanishda ehtiyotkorlik belgilarini shakllantirgan.

Aholining moddiy iste’mol ehtiyoji cheksiz, chunki dunyo aholisi soni muttasil o`sib bormoqda. Er yuzidagi 6,5 mlrd. odamning o`rtacha 70 yillik umri davomida tabiatdan oladigan noz-ne’matlarini hisob-kitob qiladigan bo`lsak, quyidagi raqamlar kelib chiqadi:

1.Oziq-ovqat 45000 kg. x 6,5 mlrd. q 292x5Q11 kg.

2.CHuchuk suv: jami 1 kunda 230 l. x 363 kun q 83 490 l. x 70 yil q 5 844 300 l. 5 844 300 l. x 6,5 mlrd. q 37987 x 95 Q10l.

sh.j. ichimlik uchun 1 kunda 2,5 l. x 363 kun q 907,5 l. x 70 yil q 63525 l. 63 525 l. x 6,5 mlrd. q 412912 x 5Q8l.


Yuqoridagi raqamlardan ko`rinadiki, Er yuzining har bir aholisi hayoti uchun giper raqamlarga teng miqdorda oziq - ovqat va suv resurslari talab qilinadi. Holbuki bu resurslar bitmas tuganmas emas. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, talab, ehtiyoj va moddiy ne’matlar zaxirasi o`rtasida katta farq mavjud. Bu, bir tomondan, makroiqtisodiyot bilan makroekologiyani birlashtiradi, ya’ni xo`jalikni hisob-kitob bilan yurgizishni taqozo qiladi, ikkinchi tomondan esa, birlamchi tabiiy resurslarning o`rnini bosaoladigan sun’iy materiallarni izlab topish va ulardan foydalanish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Bu muammoning echilishida iqtisodiyotning ahamiyati beqiyos kattadir.

Iqtisodiyotning tabiiy resurslar bilan ta’minlanganligi ko`p vaqt mobaynida tabiat qonunlari, ayniqsa ekologik qonuniyatlarga bog`liqligi tan olinmadi. Iqsodiyotdagi «eng kam mablag` sarflab yuqori daromadga erishish» tamoyiliga asoslangan barakasiz (ekstensiv) rivojlanish natijasida ekologik inqiroz yuz berdi. Uning salbiy oqibatlari havo va suvning ifloslanishi, tuproq tabiiy unumdorligining pasayib ketishida namoyon bo`ldi. Aniqlanishicha, tuproq unumdorligining 1 % ga kamayishi natijasida hosildorlikning o`rnini qoplash uchun 10 % sarf-xarajat talab qilinadi. Mutaxassislar hisob-kitoblariga ko`ra o`tgan asrning ikkinchi yarmida insonning tabiiy muhitga etkazgan zarari va u orqali aholi sog`ligiga etkazilgan moddiy zarar jahonning yillik byudjetidan ortiq. Bu erda gap faqatgina chiqindilardan muhitga taralayotgan zararli moddalardan insonlar sog`ligini asrash hamda chiqindilar bilan katta maydonlar bandligi ustida ketayapti, xolos. Holbuki, qurib ishga tushirilgan harbir korxona ma’lum darajada iqtisodiy foyda keltirishi bilan birga u muhitga ko`p miqdorda gazsimon, suyuq yoki qattiq chiqindilar chiqarib muhitning ekologik holatini yomonlashtiradi. Ammo bu zararni pulga chaqish qiyin. U faqatgina kishilarning sog`ligi yomonlashishida, dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarining pasayishida namoyon bo`lishi mumkin. Aholining sog`ligini saqlash, tuproq unumdorligi va chorvachilikni qayta tiklash ma’lum miqdorda sarf-xarajatni talab qiladi.




Download 120,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish