O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus talim vazirligi fargona Politexnika instituti


Ekologik - iqtisodiy barqaror rivojlanish konsepsiyasi



Download 120,5 Kb.
bet4/5
Sana16.01.2022
Hajmi120,5 Kb.
#378052
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ekologiya va iqtisodiyot Maqsad

Ekologik - iqtisodiy barqaror rivojlanish konsepsiyasi

Inson va tabiat o`rtasidagi munosabatlar tarixi taxlil qilinadigan bo`lsa, unda 3 davrni ko`rish mumkin:



1-davr: «dehqonchilik asri» XVIII asr oxirigacha davom etib, unda iqtisodiyot tabiat qonunlari maromiga bo`ysunib rivojlandi;

2-davr: «sanoat asri» XX asrning o`rtalarigacha davom etdi. Bu davrda iqtisodiy faoliyat tabiat qonunlaridan ustun bo`lib, inson tabiat ustidan hukmronlik qildi;

3-davr: «Noosfera» - ya’ni yangicha fikrlash davri bo`lib, bu davr tabiiy muhitning zaiflashib qolganligi va uni asrash global ekologik muammoga aylanganligi bilan xarakterlanadi. Bu davrda bajariladigan barcha asosiy ishlar tabiatni insonning qudratli kuchi ta’siridan himoya qilishga qaratiladi.

Bu borada BMT ning say’-harakatlari katta bo`lmoqda. Uning 1992 y. Rio-de Janeyroda bo`lib o`tgan atrof-muhit va rivojlanishga bag`ishlangan konferensiyasida qabul qilgan Deklarasiyada ekologiya iqtisodiyoti uchun ahamiyatga ega bo`lgan quyidagi prinsiplar ifodalab berilgan:



  • bir davlat boshqa davlat atrof-muhitiga ziyon etkazmaslikka iqtisodiy javobgardir;

  • rivojlanish huquqi hozirgi va kelajak avlodlar uchun tabiatni asrash tamoyiliga buysunishi kerak;

  • barqaror rivojlanish atrof muhit muhofazasi rivojlanishi bilan birga borishi kerak;

  • er ekotizimlarining sog`lomligi va yaxlitligini saqlashda davlatlarning hamkorlik qilishi;

  • barqaror rivojlanishda «ogohlantirish prinsipi»ni qo`llash, ya’ni ishlab chiqarish va iste’molning barqaror rivojlanishiga imkon bermaydigan modelni qo`llamaslik;

  • barqaror rivojlanishda «kooperasiya prinsipi»ni qo`llash, ya’ni davlatlar fan, texnika va texnologiyalar rivojida hamkorlik qilishi;

  • ekologik zararni bir-biriga to`lash prinsipi;

  • atrof holatiga ta’sirni baholash prinsipi.

Yuqorida sanab o`tilgan barcha prinsiplarning mazmun-maqsadi yagona uyimiz hisoblangan biosferada barcha mamlakatlar o`z hududlaridagi tabiatni asrash bilan bir qatorda, o`zlarining barqaror rivojlanishlarini atrof muhit muhofazasida hamkorlik qilish asosida amalga oshirishdir. Konferensiyaning asosiy hujjati «XXI asr kun tartibi» deb nomlangan bo`lib, unda ekologiya iqtisodiyoti uchun 40 dan ortiq tavsiyalar berilgan. Bu tavsiyalardagi ekologik-iqtisodiy rivojlanish konsepsiyasi iqtisodiy o`sishni tezlashtirish, kambag`allikni bartaraf etish va atrof muhit himoyasi masalalarini muvofiqlashtirishni nazarda tutadi.

Ekologik - iqtisodiy harakat rejalarini ishlab chiqish barqaror rivojlanish ko`rsatkichlariga asoslanib tuziladi. Unda atrof muhit, iqtisodiyot va ijtimoiy sohalarning quyidagi ko`rsatkichlaridan foydalaniladi:

1) atrof muhit ko`rsatkichlari – toza birlamchi mahsulotlar iste’moli va ularning iste’moli jarayonidagi yo`qotishlar, xo`jalik faoliyati ta’sirida buzilmagan maydonlar, tabiiy resurslar iste’moli, tabiiy resurslar zaxiralarining kamayish sur’atlari, tabiiy muhitning – havo, suv va erning ifloslanishi, muhitni ifloslovchi tashlamalarning tendensiyasi, muhofaza qilinadigan hududlar maydoni tendensiyasi, ozon qatlamidagi o`zgarishlar, tabiiy va texnogen favqulodda holatlar, tabiat muhofazasi tadbirlari xarajatlari;

2) iqtisodiyot ko`rsatkichlari – yalpi milliy mahsulot hajmi, xo`jalik yurigizishning o`zgarishi, mehnat unumdorligi, chiqindilardan foydalanish, ularni qayta ishlash, tashqi savdoda tabiiy resurslar, shu jumladan biologik resurslarning hissasi;

3) ijtimoiy soha ko`rsatkichlari – insonlarning salomatlik holati, yashash tarzi, ijtimoiy faollik va demografik ko`rsatkichlar.

Barqaror rivojlanish konsepsiyasida markaziy o`rinni qabul qilinayotgan iqtisodiy qarorlarning uzoq muddatli ekologik-iqtisodiy oqibatlarini hisobga olish egallaydi. Bunday qarorlarning qabul qilinishida quyidagi tamoyillar hisobga olinadi:



  • tiklanadigan tabiiy resurslarni qayta tiklash rejimini saqlab qolish;

  • tiklanmaydigan tabiiy resurslar zahiralari kamayishini imkon darajada sekinlashtirish va ularni boshqalari bilan almashtirish;

  • kam chiqindili, resurslarni tejovchi texnologiyalarni qo`llash;

  • atrof muhitning ifloslanishini kamaytirish.

Bunday tamoyillarga amal qilish asosida ishlab chiqilgan barqaror rivojlanish konsepsiyasi texnogen rivojlanishdan barqaror rivojlanishga o`tishga, iqtisodiy rivojlanishdan atrof muhitning ekologik holati yomonlashuvining oldini olishga imkon beradi. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning hozirgi sur’atlari tabiiy resurslar muammolarini keskinlashtirdi va shu sababdan iqtisodiyotga ekologik talablarni oshirish zarurati paydo bo`ldi. Bunday muammolarni bartaraf qilish ekologiya iqtisodiyoti mexanizmlarini qo`llash asosida amalga oshiriladi. Ekologiya iqtisodiyoti mexanizmlari ikki asosiy qismdan iborat:

1) doimiy harakatdagi institutlar — tabiiy resurslar kadastri, moddiy-texnik ta’minot, tabiiy resursdan foydalanganlik uchun to`lovlar, atrof muhitni ifloslantirganlik uchun to`lovlar, kreditlar berish va soliqqa tortish bo`yicha imtiyozlar, soliqdan ozod qilish;

2) iqtisodiy rag`batlantirish — ekologik sug`urta. Tabiat muhofazasi asosiy ishlab chiqarish fondlari, ekologik toza mahsulotlarga rag`batlantiruvchi baholarni joriy etish, ekologik nopok mahsulotlar bahosini pasaytirish, ekologik xizmatlar bankini shakllantirish, tabiatdan foydalanish bo`yicha shartnoma munosabatlarini takomillashtirish.

Xulosa
Atrof-muhit tozaligin avvalo uning iflosanmasligin ta'minlash kerak.

Tabiiy resurslar kadastri — iqtisodiy, ekologik, tashkiliy va texnik hududiy-adresli ko`rsatkichlarning tizimlashgan to`plami bo`lib, u tabiiy resurslarning miqdori va sifatini, undan foydalanuvchilarning tarkibi va kategoriyasini, resurslar holatining unga ta’sir ko`rsatuvchi omillar ta’sirida o`zgarish xarakterini, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish bo`yicha tavsiyalarni o`z ichiga oladi.

Tabiiy resurslarning kadastri odatda resurslarning quyidagi turlari bo`yicha tuziladi: er kadastri, suv kadastri, o`rmon kadastri, foydali qazilma konlari kadastri, hayvonot dunyosi kadastri, o`simliklar dunyosi kadastri va muhofaza qilinadigan hududlar (milliy bog`lar, qo`riqxonalar, buyurtma qo`riqxonalar) kadastri.

Tabiiy resurslarga to`lovlarga quyidagilar kiradi:



  • tabiiy resurslardan foydalanish huquqi uchun to`lov;

  • tabiiy resurslardan limitdan yuqori va nooqilona foydalanganlik uchun to`lov;

  • tabiiy resurslarni takror ishlab chiqarish va muhofaza qilishga to`lov.


Download 120,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish