O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi farg‘ona Davlat Universiteti Magistratura bo’limi


- mavzu: Xromotografik tahlil usullari, ularning klassifikatsiyalanishi



Download 3,14 Mb.
bet13/19
Sana13.01.2022
Hajmi3,14 Mb.
#356217
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19
Bog'liq
FKTU

12- mavzu: Xromotografik tahlil usullari, ularning klassifikatsiyalanishi
Xromatograya (xromo... va ...grafiya) — gaz, suyuklik yoki erigan moddalar aralashmasini adsorbsion usulda ajratish va analiz qilish. Xromatografiya rus botanigi M.S.Svet tomonidan 1903-yilda kashf etilgan.1931-yilda Kun va uning shogirdlari xromatografiya yordamida tuxum sarigʻidagi ksantofil, lutein va zeaksantin moddalari hamda avarkarotinlarni ajratishdi. 1941-yilda A.Martin va R.Sing taqsimlash xromatografiyasiga asos soldi va oqsil, uglerod birikmalarini oʻrganishda uning keng imkoniyatlarini koʻrsatib berdi. 1940—45 yillarda S.Mur va U.Staynlar aminokislotalarni xromatografiya usulida ajratish va miqdoriy analiz qilishga katta xissa qoʻshdi. 1950-yilda Martin va Jeyms gaz-suyuklik xromatografiyasi usulini ishlab chiqdi.

Xromatografiya olib borilayotgan muxitga qarab:



  • gaz,

  • gaz-suyuqlik

  • suyuklik xromatografiyalariga.

Moddalarni ajratish mexanizmiga qarab:

  • molekulyar (adsorbsion),

  • ion almashtirgich,

  • choʻktirish

  • taqsimlash xromatografiyalariga.

Olib borilayotgan jarayon shakliga qarab:

  • kolonkali,

  • naychali (kapillyar),

  • qogʻozli,

  • yupqa qatlamli xromatografiyalarga boʻlinadi.

Adsorbsion xromotografiya — moddalarning adsorbentda turlicha sorbsiyalanishi (yutilishi)ga asoslangan; taqsimlash xromotografiyasi — aralashma tarkibiy qismi (komponentlari)ning qoʻzgʻalmas faza (gʻovak sathli qattiq modda yuzasiga oʻrnatilgan yuqori temperaturada qaynaydigan suyuq modda) va elyuyentlarda turlicha erishiga; ion almashtirgich xromotografiyasi—harakatsizfaza (ionit) va ajraluvchi aralashma komponentlari orasidagi ion almashtirish muvozanati konstantalar farqiga; choʻktirish xromotografiyasi esa ajratiluvchi komponentlarning qattiq qoʻzgʻalmas faza ustida turlicha choʻkmaga choʻkishiga asoslangan.

Xromotografiya xromatograf deb ataladigan asbob yordamida amalga oshiriladi. Analiz vaqtida xromatograf kolonkasiga yuborilgan tekshiriluvchi moddalar elyuyent bilan birga turli vaqt oraligʻida alohida-alohida boʻlib kolonkaning chiqish tomoniga keladi va maxsus sezgir asbob—detektor yordamida uning vaqt birligidagi miqdori qayd etiladi, yaʼni egri chiziq holida yozib olinadi. Bu xromatogramma deb ataladi.Sifat analizi vaqtida moddaning kolonkaga yuborilgandan to chiqqungacha boʻlgan vaqti har bir komponentuchundoimiytradabirxilelyuyentdabelgilab olinadi.Miqdoriy analiz uchun esa xromotografiyadagi piklar (har bir modda uchun tegishli egri chiziq shakli) balandligi yoki yuzasi, detektorning moddaga nisbatan sezgirligini nazarga olgan holda oʻlchanadi va maxsus usuldahisoblanadi.



Parchalanmay bugʻ holatiga oʻtadigan moddalarning analizi va ajratilishi uchun koʻpincha gaz xromotografiya ishlatiladi. Bunda elyuyent (gaz tashuvchi) sifatida geliy, azot, argon kabi gazlardan foydalaniladi. Sorbent sifatida esa (zarralar diametric 0,1—0,5mm boʻlgan) silikagellar, alyumogellar, gʻovakli polimerlar va boshqa ishlatiladi.

Gaz-suyuqlik xromotografiya uchun sorbent tayyorlashda solishtirma sathi 0,5—5 m2/g li qattiq modda yuzasiga qaynash temperaturasi yuqori boʻlgan suyukliklar (uglevodorodlar, murakkab efirlar, siloksanlar va boshqalar) qalinligi bir necha mkm parda holida qoplanadi.

Kolonkali suyuqlik xromotografiyada elyuyent sifatida oson uchuvchi erituvchilar (uglevodorodlar, efirlar, spirtlar), qoʻzgʻalmas faza sifatida esa silikagellar, alyumogellar, gʻovakli shisha va boshqa qoʻllanadi.

Xromotografiya usulining kashf etilishi tufayli organic kimyo, ayniqsa, tabiiy birikmalar kimyo xromotografiya koʻp komponentli sistemalarni sifat va miqdoriy analiz qilish, sof holda ajratib olishsa (jumladan, sanoat miqyosida) katta axamiyat kasb etadi. Xromotografiya yordamida nodir metallar analiz qilinadi. Sunʼiy tayyorlangan

trans-uran elementlarining ochilishida ham xromotografiya muhim rol oʻynadi. Xromotografiya yordamida 99-element — eynshteyniy (Es), 100-element — fermiy (Fm) va 101-element — mendeleyeviy (Md) ajratildi.

Xromotografiya havo, suv, tuproq, monomerlar tarkibidagi aralashmalarni aniqlashda, organic va neft kimyosi sintezi mahsulotlari analizida, dori-darmonlar tozaligini aniqlashda, kriminalistikada katta ahamiyatga ega. Kosmik kemalar gazi, Mars atmosferasi gazi, oytuprogʻidagi moddalarni analiz qilishda ham xromotografiya usullari joriy etilgan. Xromotografiya yuqori molekulali birikmalar, ayniqsa, inson, hayvon, oʻsimlik, mikroblar dunyosiga tegishli biologik obʼyektlarning analizi uchun nihoyatda zarur.

Xromotografiya usullari oʻsimlik tarkibidagi birikmalarni aniqlash, ajratib olish, neft, gaz tarkibini oʻrganishda keng qoʻllanadi.

Filtrlash- moddalarning turli xil erituvchilarda eruvchanligiga va aralashmaning tarkibiy qismlarining turli o'lchamlari asosidagi usul. Filtrlash asosan gazdan ajratishga imkon beradi.



Odatda to'rtta ichida qatlangan va shisha huni ichiga joylashtiradigan suyuqliklarni filtrlash uchun filtr qog'ozidan foydalanishingiz mumkin. Stakanga joylashtirilgan filtrat - filtr orqali o'tadigan suyuqlik.Filtr qog'ozidagi g'ovak hajmi, bu suv molekulalari va eritiladigan moddaning molekulalarini tanlab olinadigan. Zarrachalar hajmi 0,01 mm dan ortiq filtrda filtrlanadi va shu bilan cho'kma qatlamini hosil qiladi.




Download 3,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish