Mifologik dunyoqarash qadimgi zamon kishilarining o’zlariga munosib hayot sharoitlarini yaratish
ehtiyojlaridan kelib chiqqan. Ezgulik va haqiqat uchun kurash g’oyalarining ifodasi bo’lgan afsona va
rivoyatlarda millatning muayyan ruhiy holati, kelajakka ishonchi, vatanga muhabbati, insoniy kamolotga intilishi
badiiy vositalar, afsonaviy qahramonlar timsolida ifoda etilgan.
Dunyoqarashning mifologik mohiyati bugungi fan-texnika taraqqiyoti, insonning aqliy salohiyati bag’oyat
yuksalib ketgan davrda juda jo’n va ibtidoiy bo’lib ko’rinadi. Ammo afsona va rivoyatlar o’zining kuchli
jozibasi, insonparvarlik g’oyalari bilan hozirgi kunda ham kishilarni ezgu fazilatlar ruhida tarbiyalashning
ta’sirchan va samarali omili bo’lib qolmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |