O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi farg‘ona politexnika instituti ishlab chiqarishda boshqaruv fakulteti



Download 0,5 Mb.
bet19/23
Sana05.01.2022
Hajmi0,5 Mb.
#320224
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
TO LOV BALANSI YANGISI 66

I-S<0  I

Davlatlar rasmiy zaxiralar va qarzlar hisobiga qoplash qobiliyatiga ega bo‘lmagan to‘lov balansining katta davriy taqchilligi bo‘lgan hollarda o‘z valyutalari dyevalvatsiyasini amalga oshirishlari mumkin. Bu importning fizik hajmi ko‘payishiga va oqibatda mamlakatda xorijiy valyuta tushumining o‘sishi hamda to‘lov balansi kamomadi tugatiladi.



3.3. To‘lov balansi tahlili.

To‘lov balansini tuzish tamoyillariga ko‘ra u doismo baoanslashgan bo‘ladi. Manfiy yoki musbat qoldiq tushunchasi faqatgina to‘lov balansining alohida qismlariga ta’luqli. Shu bilan birga to‘lov balansi qoldig‘ining milliy iqtisodiyotga ta’siri amaliyotda bir xil tavsiflanmaydi. Iqtisodiy siyosat maqsadlaridant kelib chiqib to‘lov balansining musbat qoldig‘i ham, manfiy qoldig‘i ham ijobiy yoki salbiy deb baholanishi mumkin.

To‘lov balansi holatiga baho berishda savdo balansi qoldig‘i, joriy operatsiyaalar balansi qoldig‘i, kapital harakati va moliya balansi qoldig‘i hamda rasmiy hisob kitoblar balansi qoldig‘i alohida tahlil etiladi.

Savdo balansi qoldig‘i o‘zgarishiga baho berishda bu o‘zgarishlar qaysi omillar ta’sirida ro‘y berganligi e’tiborga olinadi. Masalan, manfiy qoldiq eksportning qisqarishi hisobiga ro‘y bergan bo‘lsa, bu holat milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshliligi pasayganligidan dalolat berishi va nyegativ hodisa deb qaralishi mumkin. Lyekin bu holat mamlakatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri invyestitsiyalar oqimi ko‘payishi hisobiga importning o‘sishi natijasida ro‘y bergan bo‘lsa miliy iqtisodiyotning zaiflashidan dalolat deb qaralmaydi.

Joriy operatsiyaalar hisobi balansi, odatda, to‘lov balansining ma’lumot beruvchi qoldig‘i deb qaraladi. Chunki bu qoldi bilan birga ichki iqtisodiy siyosatni cheklovchi tashqi iqtisodiy omil hisoblanishi bilan birga mamlakatning moliyalashtirishga ehtiyojini byelgilaydi. Joriy operatsiyaalar hisobi balansining musbat qoldig‘i mamlakat boshqa davlatlarga nisbatan nyetto kreditor ekanligidan dalolat beradi, va aksincha manfiy qoldig‘i (ya’ni joriy operatsiyaalar hisobi balansining taqchilligi) mamlakat tovarlar va xizmatlarning nyetto-importi uchun to‘lovlarni amalga oshirishga va transfert to‘lovlarini moliyalashtirishga majbur bo‘lgan sof qarzdorga aylanganligini anglatadi. Amalda joriy to‘lov balansining musbat qoldig‘iga ega mamlakat milliy jamg‘armalarning bir qismini kapitalni ichki jamg‘arishga yo‘naltirish o‘rniga mamlakat tashqarisiga invyestitsiyalaydi.

Kapital harakati va moliya balansi qoldig‘i joriy operatsiyaalar balansi holatining oynadagi aksi hisoblanadi, chunki ryeal ryesurslar oqimini ko‘rsatadi. SHuningdyek joriy operatsiyaalar balansi holati qisman «Sof xatolar va chyetda qoldirishlar» moddasiga to‘g‘ri keladi.

Rasmiy hisob kitoblar balansi qoldig‘i to‘lov balansi umumiy (yakuniy) qoldig‘ining kyengroq tarqalgan nomlanishi bo‘lib noryezidyentlarning mamlakatga nisbatan likvidli talablarning ko‘payishi (kamayishi) yoki xorijiy likvidli aktivlardagi mamlakat rasmiy zahiralarning ko‘payishidan ( kamayishidan) dalolat beradi. Bu qoldiq «Zahira aktivlari» moddasidan boshqa barcha moddalarni qamrab oladi.

Qayd qiligngan valyuta kurslari sharoitida (1979 yilga qadar) rasmiy hisob kitoblar holatiga katta ahamiyat berilar edi, chunki uning taqchilligi mamlakatning boshqa davlatlar oldidagi majburiyatlarining ortganligini (yoki zahiralarining kamayganligini) anglatgani holda valyuta kursining barqarorligiga tahdid solar edi. Suzib yuruvchi valyuta kursining kiritilishi bilan umumiy to‘lov balansi tushunchasini yo‘qqa chiqardi, rasmiy zahiralar dinamikasi esa nafaqat rasmiy hisob kitoblar qoldig‘ining oqibati, balki to‘lov balansining boshqa bo‘limlarida hisobga olingan oqimlaridagi o‘zgarishlarning sababchisi ham bo‘lib qoldi.



Xulosa.

Ushbu kurs ishi mavzusini tayyorlash jarayonida to’lov balansi uning mazmun mohiyati, O’zbekistonda tolov balansi holati, O’zbekiston Respublikasining xalqaro investitsion pozitsiyasi kabi ma’lumotlarni to’plash o’qish va yozish mobaynida ko’plab bilim va tajribalarimizni ortishiga turtgi bo’ldi. Xususan to‘lov balansi – mamlakatning dunyoning boshqa davlatlari bilan bo‘lgan savdo va moliyaviy operatsiyaalari aks ettirilgan hujjat ekanligiga yana bir bor eslatib o’tish joizdir. U ikki qismdan, joriy operatsiyaalar va kapital harakati balansidan tashkil topgan.

Savdo balansi mamlakatning joriy tashqi savdo operatsiyaalari bo‘yicha tushumlar va xarajatlarni aks ettiradi. Mamlakat eksporti uning importidan ko‘p bo‘lsa joriy operatsiyaalar balansi musbat qoldiqli bo‘ladi.

Joriy operatsiyaalar balansidagi o‘zgarishlar ichki ishlab chiqarish va o‘z navbatida ichki bandlilik bilan bog‘liq ekanligini o’rgandik.

Kapital harakati balansi aktivlarni sotish va sotib olish bo‘yicha barcha xalqaro bitimlarni xaraktyerlaydi. Aktivlarni sotib olish xorijiy valyutaning chiqib ketishini, sotish esa kirib kelishini anglatadi.

Har qanday xalqaro bitimlar to‘lov balansida ikki bir-birini muvozanatlovchi yozuv ko‘rinishida qayd etilgani uchun hamjoriy operatsiyaalar balansi va kapital harakati balansi qoldiqlari 0ga teng bo‘ladi.

To‘lov balansi taqchilligi rasmiy zaxiralarning qisqarishi hisobiga qoplansa uning aktiv saldosi rasmiy zaxiralarning o‘sishiga olib keladi.

Qayd etilmagan valyuta kursi sharoitida tqldov balansi valyuta kursining o‘zgarishi hisobiga muvozanatlashadi.

Milliy valyutasi jahon iqtisodiyotida zaxira valyutasi hisoblanmaydigan mamlakatlar Markaziy banklaridan rasmiy valyuta zahirasi cheklanganligi tufayli to‘lov balansining uzoq muddatli taqchilligi bu rezervlarning sarflab bo‘linishiga olib keladi. Bunday hollarda to‘lov balansini makroiqtisodiy tartibga solinadi.

Qayd etilgan valyuta kursi tizimida to‘lov balansini tartibga solish uchun tashqi savdo siyosati, pul kredit va fiskal siyosat vositalaridan foydalaniladi.




Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish