7
Temir metali asosida buyumlar yasash mis va bronza davridan keyin
boshlanadi, chunki temir misdan farq qilib, sovuq xolda bolg`alanmaydi. Dastlab
temir rudalardan yoki meteoritlar tarkibidan 7000S atrofida ishlov berib ajratib
olingan. Bunday metall qotishmasi 700-8000S atrofida bolg`alanib, xar xil
ashyolar yasalgan. Solishtirib qarasak, mis metallining suyuqlanish xarorati -
10830S, temirniki - 15300S. Mis metalidan foydalanishni bilgan jamoa uchun
temir buyumlariga ishlov berish imkoniyati yo`q, chunki insoniyat xali bu
xaroratga chidaydigan texnologik uskunalarga ega emasdi. Faqatgina eramizdan
500-600 yil ilgari Misrda temir buyumlar ko`proq ishlatilishi aniqlangan. Temir
rudalarini suyuqlantirish va undan xar xil buyumlar yasash eramizdan taxminan
1500 ilgani Kichik Osiyoda shakllangan. Dastlab temirdan yasalgan qurol-aslaxa
soxibi Doro qo`shinlari Bolqon yarim oroligacha bostirib borishgan va mikenlik
yunonlar yurtini zabt qilishgan. Yaxshi sifatli temir anjomlari bilan qurollangan
assiriyaliklar eramizdan 900 yil ilgari o`zlariga qo`shni yurtlarni bosib olishgan va
buyuk davlat tuzishga muvaffaq bo`lganlar. Simob va uning birikmalari Misr,
Mesopotamiya, Xitoy kabi davlatlarda 2500-3000 yil oldin ishlatilgan va xar xil
arxeologik qazishmalardan uning qoldiqlari topilgan. Kinovar - cimob sul'fidini
(HgS) mis va sirka kislota ta`sirida qizdirish usuli bilan sof simob ajratib olingan.
Metallardan tashqari insoniyat 4000 yil ilgari xam xar xil malxam, dorilar,
bo`yoqlar tayyorlаб bilishgan, moddalarni qayta ishlov berish, achitish, oksidlash,
termik ishlash kabi turli-tuman jarayonlarni amalga oshirish imkoniyatlarini puxta
bilishgan. A. Lukasning aytishicha, "Kosmetika xam insoniyatdek qaridir".
Kishilik jamiyati dastlabki sir
berishda mis, kobal't, temir, qo`rg`oshin oksidlaridan
foydalanishgan. SHisha ishlab chiqarish, qog`oz, chinni ishlab chiqarish Xitoyda
eramizdan ilgari III-IY asrlarda xam ma`lum edi.
Qadimiy yunonliklar falsafasi shakllanishi va rivojlanishining bosh
omillaridan biri shuki, ular metallardan tashqari boshqa kimyoviy birikma,
bo`yoqlardan foydalanishgan, mumiyolash ishlarни puxta o`zlashtirganlar.
"Khemeia - qadimgi Misr (Kham) nomlaridan biri".- deb xisoblashadi ayrim
nazariyotchilarimiz va uning ma`nosi "misrcha san`at"so`zini anglatadi. Ammo
xozirgi zamonda ximiya so`zining kelib chiqishini boshqacha talqin qiladilar: bu
so`z yunoncha o`simlik shirasi va Khemeia so`zi bu sharbat ajratib olish san`ati
ma`nosini anglatadi, ayrim xolda metallarni suyuqlantirish san`ati tushunchasi xam
shu so`z bilan bog`lanadi. Xar nima bo`lganda xam bu so`zning ma`nosi xozirgi
"ximiya"- bizning kimyo so`zimizni tushuntiradi.
Tayanch iboralar
Tabiiy, texnikaviy, ijtimoiy fanlar. Kimyo tarixi fani. Эmpirizm.
Ratsionalizm. Sinflash vа tizimlashtirish. Bi-ni-pet - samoviy jism. Aurum-
aurora - tonggi shafaq, quyosh qizi. Argec - yaltiroq. Misr, Xitoy, Assiriya,
Xindiston bronzasi. Bronzaning tarkibi. Kinovar. Qadimiy etti metall va
belgilari.