O’zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi f arg’ona davlat universiteti



Download 162,04 Kb.
bet2/3
Sana20.07.2022
Hajmi162,04 Kb.
#828581
1   2   3
Bog'liq
1Muhammadsobirova Shahlo

Pir toʻkib ashku chekib oʻtlugʻ oh,
Dedikim: “Bu gʻam ishim etmish taboh,
Kim bu jahon ichraki, eldur gʻulu,
El toʻla, ammo kishidindur xulu.
Har kishiga xush koʻrinur oʻz ishi,
Bir kishi yoʻqkim, desa boʻlgʻay kishi.
Munda kishi borini bilmon yaqin,
Bor esa, oʻtganlar aro bor ekin”.

Bu jahon ichra el koʻp, odam koʻp, lekin kishidan xoli. Kishi kim oʻzi? Erkak maʼnosida keluvchi, ayolning ziddi boʻlgan kishimi yoki boshqacharoqmi? Bunday savolga keyingi misradan bir qadar javob olamiz: “Har kishiga xush koʻrinur oʻz ishi”. Demak, kishidan murod, umuman, inson. Insonlarga hamisha oʻz ishlari xush koʻrinadi. Bu umuminsoniy sifat. Bu holat biz yuqorida keltirgan oyatlarga toʻliq mos keladi. Kishi deyishga arzigulik biror kimsaning yoʻqligi, boʻlsa ham oʻtganlar aro bor ekanligi qaygʻu-gʻamning sababi. Lekin maqsad hali toʻliq ochilgani yoʻq. Sababning sababi koʻrsatilmadi. Faqat gʻamning kayfiyati haqida soʻz ketdi. Mohiyat murid koʻzlaridan yashirin. Uning koʻzlaridan pardani tortish uchun yana savol kerak. Bu savolga endi inkor ham qoʻshiladi:



Soʻrgʻuvchigʻa zohir oʻlib iztirob,
Dediki: “Ey xurshedi olijanob,
Elda kishi yoʻq demak oʻldi soʻzing,
Doxil emassenmu bu elga oʻzing?

Garchi murid koʻzlaridan mohiyat yashirin boʻlsa-da, uning muqtazoi holi ham ancha yuksak maqomda. Shuning uchun ham u pir soʻzlarining inkoriga kirishadi. Bu inkorda mutafakkirlarni oʻyga toldiradigan achchiq haqiqat mavjud. Pir “xurshedi olijanob”lik maqomiga koʻtarilgan esa-da, mana shu elning farzandi, mana shu elning bir juzʼi. Undan ayro emas. Uning ichidagi hodisa. Murid Boyazidning: “El toʻla, ammo kishidindur xulu”, degan soʻzlariga eʼtibor qaratadi, lekin keyingi soʻzlar mohiyatini anglab yetmaydi. Aslida, “Har kishiga xush koʻrinur oʻz ishi” misrasida el haqida hamma gap aytib qoʻyilgan edi. Hamma oʻzi bilan oʻzi ovora. Har kimga qilayotgan ishi chiroyli koʻrinadi. Dunyo matosi uchun yelib yuguradi. Hayoti-dunyo aldovlariga uchib, umr oʻtkazadi. Bular hammasi sinov ekanligini unutib qoʻyadi. “Bunda kishi borini bilmon yaqin” jumlasidagi “YAQIN” soʻziga eʼtibor qaratsak, Boyazid asl maqsadni ham aytganligini va murid anglab yetmaganini bilishimiz mumkin. “Yaqin” soʻzi arab tili lugʻatlarida bizning hozirgi lafzimizdagi uzoqning ziddi boʻlgan mazmundan farqli oʻlaroq – shak-shubhasiz, haqiqiy imon, ishonch maʼnosida keladi. Demak, yaqin kishi, bu – shak-shubhaga berilmasdan haqiqiy imon keltirgan inson. Misraning mazmunini esa quyidagicha sharhlash mumkin: bizning zamonimizda haqiqiy imon egasi borligini bilmayman. Imon va inkor oʻrtasida tinimsiz kurash davom etmoqda. Laʼnatlangan va muhlat berilgan maxluq oʻngu soʻlimizdan, ortu oldimizdan kelib, bizlarni adashtirib yuborish bilan band. Bu azaliy kurashdan kim gʻolib chiqadi? Bilib boʻlmaydi. Gʻoliblar bu dunyoda hali aniqlanganicha yoʻq. Chunki dunyo oxiriga yetmadi. Boʻlsa ham oʻtganlar orasida bordir. Lekin bu ham bizga maʼlum emas.


Tabiiyki, muriddagi malaka va eng asosiysi, tugʻma iqtidor Boyazid muqtazoi holi darajasida emas. Biroq oʻrtadagi muloqot bir tomondan murid kamoliga xizmat qilsa, ikkinchi tarafdan asar muqtazoi holini iʼjoz maqomiga koʻtarish uchun kerak. Muridni inkor qiluvchi maqomiga qoʻygan muallif “Balogʻat ilmi” qoidalariga amal qilgan holda, inkorning inkorini Boyazid tilidan davom ettiradi:

Shayx dedi: “Ey ishi gumrohliq,
Topmagʻon ish sirridin ogohliq.
Men dogʻi yuz ming meni sargashtadek,
Ashki bogʻir qonigʻa ogʻushtadek.
Boʻlmasa imon bila ketmak ishi,
Anglaki, oni desa boʻlmas kishi.

Mohiyatni anglab yetmaslik, kelib ketuvchi kayfiyatlar iskanjasida yashash, imonni ham bular qatorida sanash gumrohlik. Zero imon asl hodisa. Imonsizlik emas, balki imon keltirgandan keyin imonga beparvo boʻlish, har bir narsa hodisalarga imondan kelib chiqib nazar tashlamaslik gumrohlik. Oxir oqibat bu beparvolik natijasida hayoti dunyoga berilish, orzu havaslar bilan aldanib qolish yuz beradi. Dunyo jilvalari hech bir kimsani chetlab oʻtmaydi. Tashqaridagi musaffo osmonni koʻrib, toza havodan nafas olish uchun jimjimador naqshlar bilan bezalgan pardalar toʻsqinlik qiladi. Pardaning ortida asl hayot borligini koʻrish uchun esa mustahkam imon kerak. Dunyoning soʻnggi bekatida tushayotgan odamda imon nomli hujjat boʻlmasa, uni kishi deyish mumkin emas. Bu oʻrinda Navoiy arab tilidagi “man amana” degandagi “man” soʻzini kishi deb tarjima qiladi va undan unumli foydalanadi. Oyat va hadislarda keluvchi bu iborani “imon keltirgan kishi” deya oʻzbekchalashtirish maqsadga muvofiq. Keyingi misralar esa ushbu mohiyat sharhi oʻlaroq keladi:




Download 162,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish