О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi e. D. Yusupov, Z. K. Kusharov



Download 3,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/312
Sana18.01.2022
Hajmi3,2 Mb.
#388324
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   312
Bog'liq
menejment nazariyasi (1)

 
Kalitli  sо‘zlar:
 
nazariya,  bilim,  qonun,  kategoriya,  boshqarish, 
iqtisodiy  qonunlar,  falsafiy  qonunlar,  qiymat  qonuni,  narx  qonuni,  talab 
qonuni, 
taklif 
qonuni, 
naflilik, 
qonuniyat, 
integratsiya, 
demokratizatsiyalash,  tamoyil,  ruhlantirish  va  mativatsiya,  yangilikka 
intilish,  tashabbuskorli

ayirboshlash,  bozor,  menejment  metodologiyasi, 
talab elastikligi, ixtisoslashtirish qonuni, vaqt qonun. 
 
1. IQTISODIY QONUNLARNI BILISHNING AHAMIYATI 
 
Menejment  jamiyat  qonunlari  tizimiga  asoslanadi.  Nazariy  jihatdan 
tushunmay va asoslanmagan holda birorta yirik amaliy masala hal etilishi 
mumkin emas. Nazariya yangilanishning muhim usulidir. Fan esa, voqelik 
haqidagi  obyektiv  bilimlarni  о‘rganish  va  tartibga  solishga  qaratilgandir. 
Bilimlarni tartibga solinishi qonunlarda ifodalanadi.  
Qonun-falsafiy kategoriya bо‘lib, butun borliq va undagi voqealarning 
barqaror,  takrorlanuvchan  aloqasi  va  munosabatini,  hodisalar  yuz 
berishining aniq tartibda bо‘lishiga olib keluvchi tomonlarini aks ettiradi.  
Qonunlarni  bilish  rivojlanishning  obyektiv  yо‘nalishlarini  aniqlash, 
amaliy  vazifalarni  hal  etish  imkonini  beradi.  Shu  sababli  iqtisodiyotni 
boshqarish qonunlarni bilish, ularni amalda mohirlik bilan qо‘llay olishga 
asoslanishi kerak. 
Menejment  nazariyasi  kategoriya  va  qonunlarni  ular  qaysi  guruhga 
mansub bо‘lmasin,  yaxlitlikda olib qaraydi, qonunlarni bir tizimda о‘zaro 
ta’sir ostida amal qilishni xisobga oladi. 
Iqtisodiy  kategoriyalar  –  bu  iqtisodiyotni  о‘rganishda  qо‘llaniladigan 
nazariy  tushunchalar  bо‘lib,  ular  real  iqtisodiy  voqelikni  ilmiy  in’ikosi, 
ifoda etilishidir. 
Kategoriyalar  –  ilmiy  fikrlash  mahsulidir.  Ularni  kundalik  hayotda 
uchraydigan  tushunchalardan  farqlash  zarur.  Masalan,  kundalik  hayotda, 
bozor  deganda,  kо‘pchilik  yig‘ilib  savdo  qiladigan  joy  tushuniladi. 
Nazariyada  esa  bozor  deganda  joy  emas,  balki  pul  yordamidagi 
ayirboshlash, ya’ni kishilar о‘rtasidagi oldi-sotdi munosabatlari anglanadi. 


76
 
 
Iqtisodiy  kategoriyalarga  misol  qilib  renta,  tovar,  pul,  qiymat,  narx, 
talab, taklif, monopoliya kabi tushunchalarni keltirish mumkin. 
Iqtisodiyotni  boshqarishda  qonunlardan  qanchalik  tо‘liq  va  izchil 
foydalanilsa,  mehnat  sarfi  shunchalik  samarali  bо‘ladi.  Va,  aksincha, 
menejment  jarayonida  iqtisodiy  qonunlarni  hisobga  olmaslik  jamiyat 
uchun  kutilmagan,  salbiy  oqibatlarga  olib  keladi.  Shu  sababli  menejment 
qonunlarini  о‘rganishda  faqat  amal  qilishni  emas,  balki  menejment 
jarayonida  ongli  ravishda  qо‘llanilishini  ham  kо‘zda  tutish  lozim. 
Boshqaruv  qonunlaridan  ongli  ravishda  foydalanish,  kо‘p  jihatdan  ularni 
о‘rganish  bilan  bog‘liq.  Qonunlar  qanchalik  chuqur  о‘rganilsa,  ulardan 
amalda tо‘g‘ri foydalanish imkoniyatlari ortadi. 
Lekin  menejment  qonunlarini  bilish,  ularni  aniq  amaliyotda 
muvaffaqiyatli  qо‘llash  uchun  kafolat  bо‘la  olmaydi.  Qonunlardan 
foydalanishda  nazariya  amaliyotdan  ajralib  qolishi  foydasizdir.  Demak, 
qonunlardan  foydalanish  ularni  bilish,  tushunish,  amalda  о‘z  vaqtida  va 
tо‘g‘ri  qо‘llay  olishga  bog‘liq  ekan.  Bu  menejment  samaradorligini 
oshirishda hal qiluvchi omildir. 
Iqtisodiy  qonunlar  tizimidan  foydalanishning  asosiy  elementlari  va 
bosqichlari quyidagi chizmada aks ettirilgan: 
Iqtisodiy  qonunlar  tizimidan  foydalanishning  asosiy  elementlari  va 
bosqichlari quyidagi chizmada aks ettirilgan: 
 
 
 
 

Download 3,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish