2. MENEJMENT FUNKSIYALARINING TURKUMLANISHI VA TASNIFI Menejmentning funksiyalarini turkumlash muammosiga bildirilgan
fikr-mulohazalar tahlili quyidagi asosiy xulosalarni chiqarishga imkon
yaratadi:
-menejer tomonidan maqbul qarorlar ishlab chiqiladi;
-korxona taraqqiyotini ta’minlaydigan buyruqlar chiqariladi va
bajaruvchilarga yetkaziladi;
-mehnat samarali tashkil qilinadi va tartibga solib boriladi;
-qabul qilingan qarorlar bajarilishi nazorat qilinadi.
Menejment funksiyalari - kо‘p qirrali tushunchadir. Shu sababli
ularni muhim belgilar bо‘yicha turkumlarga ajratib о‘rganish zaruriyati
tug‘iladi(9 -chizma).