О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi e. D. Yusupov, Z. K. Kusharov


 MENEJMENT QONUNLARI VA QONUNIYATLARI



Download 3,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/312
Sana18.01.2022
Hajmi3,2 Mb.
#388324
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   312
Bog'liq
menejment nazariyasi (1)

 
3. MENEJMENT QONUNLARI VA QONUNIYATLARI 
 
Menejment  qonun  va  qonuniyatlari  о‘z  mohiyatiga  kо‘ra  obyektiv 
jarayon  hisoblanadi.  “Qonun”  va  “qonuniyat”ni  umumiy  va  xususiy 
tushunchalarga kiritish mumkin. 
“Qonun”  umumiy  tushuncha  bо‘lsa,  qonuniyat  uning  bir  qismi 
hisoblanadi.  Iqtisodiy  qonun  va  qonuniyatlar  inson  ongi  va  saviyasidan 
tashqarida  amal  qiladi.  Inson  uni  tо‘g‘ri  tushunishi  va  undan  о‘z 
faoliyatida oqilona foydalanishi lozim. Bozor iqtisodiyoti tizimi uni tо‘g‘ri 
tushunish va undan oqilona foydalanishni talab qiladi. 
Menejmentning quyidagi qonunlari mavjud: 
-ixtisoslashtirish qonuni; 
-integratsiya qonuni; 
-markazlashtirish qonuni;    
-demokratizatsiyalash qonuni; 
-vaqt qonuni (vaqtni iqtisod qilish qonuni). 
Ixtisoslashtirish qonunining mohiyati shundaki, korxonani boshqarish 
ma’lum  miqdordagi  boshqaruvchilar,  rahbarlar  tomonidan  amalga 
oshiriladi. Ular о‘z faoliyatlari jarayonida mehnat taqsimoti asosida о‘ziga 
xos  quyidagi  funksiyalar  bо‘yicha  (rejalashtirish,  tashkil  etish, 
muvofiqlashtirish,  faollashtirish,  nazorat),  mehnat  vositalari  bо‘yicha 
(axborotlarni  yig‘ish,  qayta  ishlash,  tahlil  qilish  usullari),  funksiyalarni 
bajarish  hajmi  va  mehnatga  bо‘lgan  talab  bо‘yicha  (bо‘lim  rahbarlari  va 
unga bо‘ysunuvchilar), menejment vakolati bо‘yicha (menejment darajasi, 
huquqi, mas’uliyati va boshqalar) amalga oshiradi. 
Menejment  tizimida  har  xil  funksiyalar  taqsimoti  mavjud  bо‘ladi. 
Xususan  korxonani  boshqarishning  umumiy  vazifalari-  ishlab  chiqarish 
jarayoni,  moliya,  sotib  olish,  sotish,  marketing,  kadrlarni  о‘qitish,  ilmiy 
faoliyat,  axborotlar  tizimini  boshqarish  kabilar  mavjud  bо‘ladi.  Bu  о‘z 
navbatida 
boshqarishning 
ixtisoslashuvi 
bо‘lib,  ular  yordamida 
boshqarishning samaradorligi ta’minlanadi. Menejmentning ixtisoslashgan 
funksiyalari  shu  sohani  bilgan  tajribali  va  malakali  xodimlar  tomonidan 
amalga oshiriladi. 


80
 
 
Integratsiya  qonuni-bu  obyektiv  qonun  bо‘lib,  menejment  barcha 
boshqaruvchi xodimlar faoliyatini integratsiyasi asosida amalga oshirishni 
kо‘rsatadi.  Bunday  ehtiyoj  ishlab  chiqarish  va  boshqarishga  bо‘lgan 
talabdan kelib chiqadi va amalga oshiriladi. 
Menejmentning  integratsiyasi  uning  quyidagi  tarkibiy  qismlari 
yordamida namoyon bо‘ladi: 
1.
 
Maqsad - boshqarishning integratsion omili sifatida; 
2.
 
Menejment mexanizmi-balanslashgan usuli va menejment jarayoni 
sifatida; 
3.
 
Strukturaviy bо‘linmalar va ularning funksiyalarini muvofiqlashti-
rish sifatida; 
4.
 
Axborotlar  bilan  ta’minlash-menejment  bо‘linmalari  о‘rtasida 
bog‘lanish sifatida. 
Menejmentning  markazlashtirish  qonuni.  Bu  qonun  markazdan  va 
quyidan boshqarishning optimal (eng qulay) variantini topishni talab etadi.    
Bu qonun bir tomondan markazdan, ya’ni yuqoridan pastga, ikkinchi 
tomondan pastdan yuqoriga menejment jarayonini о‘zida aks ettiradi. 
Boshqarishning  obyektiv  tizimi  markazlashtirilgan  shaklda  bо‘ladi. 
Masalan,  biologiyada  birinchi  tizim  faoliyat  kо‘rsatishi  uchun  markaz, 
ya’ni miya ishlashi kerak. 
Korxonani boshqarishda, muhim qarorlar qabul qilishda vakillikning 
aksariyat qismini о‘z zimmasiga oladigan boshqaruv tizimi markazlashgan 
boshqaruv  deb  ataladi.  Korxonani  boshqarish  vakolatlari  asosan  quyi 
boshqaruv  organlariga  berilgan  bо‘lsa,  buni  markazlashmagan  ya’ni 
quyidan boshqaruv deyiladi. 
Markazlashgan boshqaruvning afzalliklari quyidagilardan iborat: 
1.Ixtisoslashgan boshqaruv xizmatining faoliyatini  muvofiqlashtirish 
va nazorat qilish imkoni tug‘iladi. 
2.Harakatning yagona kelishilgan tartibi ta’minlanadi. 
3.Menejment  mehnati  bilim  va  tajribadan  unumliroq  foydalanish 
imkonini beradi. 

Download 3,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish