О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi e. D. Yusupov, Z. K. Kusharov


 RAHBARLIKNING BOSHQARUV USLUBI TUSHUNCHASI



Download 3,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet198/312
Sana18.01.2022
Hajmi3,2 Mb.
#388324
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   312
Bog'liq
menejment nazariyasi (1)

 
3. RAHBARLIKNING BOSHQARUV USLUBI TUSHUNCHASI 
 
Uslub  -  bu  ishlash,  boshqarishdagi  о‘ziga  xos  yо‘l,  usul  ma’nosini 
anglatadi. Shu nuqtai nazardan kuyidagi tushunchalarni ajrata bilish lozim: 
- boshqaruv uslubi; 
- ish uslubi; 
- raxbarning ish uslubi 
Boshqaruv  uslubi  -  bu  ma’lum  bir  rahbarning  boshqaruv  jarayonida 
qо‘llovchi о‘ziga xos va о‘zgarmas usul va harakatlari yig‘indisidir. 
Ish uslubi - bu boshqaruv funksiyalarini samarali bajarish maqsadida 
biror  bir  organning  yoki  rahbarning  bо‘ysunuvchilarga  aniq  va  nisbatan 
barkaror  ta’sir  qо‘rsatish  usuli  va  yо‘llari  majmuasidir.  Masalan:    - 
mamlakat boshqaruv organlarining;  
 - vazirlik, qо‘mita, hokimiyatlarning;  
 - sud, prokuraturalarning;  
 - korxona, sexlarning;   
- ayrim rahbarlarning ish uslubi va hokazolar. 
Mutlaqo о‘xshash kishilar bо‘lmagani kabi vazifalar kо‘pligi sababli 
mutlaqo bir xil boshqaruv uslubi ham bо‘lmaydi. Rahbar faqat о‘ziga xos 
xususiyat  va  sifatlar  vositasida  faqat  о‘ziga  xos,  mansub  uslubda  ish 
yuritadi. Bu ma’noda uslub rahbarni shaxs sifatidagi xususiyatlarini, balki 
faoliyati  xususiyatlarini  ifodalaydi.  Kishilarni  boshqarar  ekan,  rahbar 
jamoaning  natijaviy  maqsadi  kо‘ra  biladi  va  uni  shu  maqsad  sari 
yо‘naltiradi. Rahbar ishning mohiyatiga tushungan va uni chukur urgangan 
holda  mutaxassislar  faoliyatini  mohirona  birlashtirish  va  yо‘naltirishi 
kerak. 
Ishlab chiqarishni boshqarish uslubi boshqaruv apparati, barcha rahbar 
va  mutaxassislarning  katta  va  murakkab  faoliyatini  aks  ettiradi. 
Boshqaruvning  har  bir  vazifasi  о‘ziga  xos  xususiyatlarga  ega  va  shu 
sababli  unga  kо‘p  usullarni  talab  etadi.  Nazariy  jihatdan  boshqaruv 
apparatining  umumiy  uslubi  alohida  boshqaruv  tashkilotlari  uslublari 
yig‘indisidan  iborat  bо‘lishi  kerak.  Lekin  amalda  alohida  tashkilotlarning 


219
 
 
turli  uslublari  о‘zaro  birlashib,  bir-birini  boyitadi,  butun  boshqaruv 
apparatiga xos bо‘lgan о‘zga xos boshqarish uslubi vujudga keladi. 
Hisobchining yuksak darajadagi aniqligi, mexanikaning ehtiyotkorligi, 
iqtisodchining  rejaliligi  va  hakazolar  bilimlarni  boshqaruv  uslubini 
belgilovchi majmuaning tarkibiy qismlaridan iborat bо‘ladi. Jamoaning har 
bir  a’zosi  о‘z  uslubini  kiritadi  va  shu  yо‘l  bilan  ushbu  jamoaning  
boshqaruv uslubi vujudga keladi. 
Kо‘pincha jamoadan biror xodim ketib, о‘rniga yangi kishi keladi. U 
odatda  
Jamoada undan oldingi xodim egallagan joyni egallamasligi mumkin. 
U mavjud uslubga moslashishi, jamoa ish yuritish uslubiga tо‘g‘ri keluvchi 
uslub  yaratishi  lozim.  Albatta,  uning  ishlash  uslubi  mehnat  jamoasi  
uslubiga ham ta’sir kо‘rsatadi. 
Zamonaviy  uslub  jamoaning  xar  bir  a’zosi  oldiga  katta  talab  kuyadi, 
va  shu  bilan  birga  о‘z-о‘zidan  mamnun  bulish,  ma’muriyatchilik, 
rasmiyatchilikni inkor qiladi. uslub ijtimoiy rivojlanish qonunlarini, ishlab 
chiqarishni boshqarish tamoyil va usullarini bilishi asosida shakllanadi va 
boshqaruv  malakasi  yigindisi  kishilarni  tashkil  etish  kunikmasi, 
shuningdek,  shaxsiy  tartiblilik  bilan  xarakterlanadi.  Va,  nihoyat,  uslub 
boshqaruv  xodimlarining  ruxiy  va  psixologik  xususiyatlari,  kuchli  iroda, 
kat’iylik,  va  kurkmaslik,  boshka  kishilar  faoliyati  ni  yunaltira  olish 
kabilarni  kamrab  oladi.  Bundan  tashkari  rahbar  tasavvur  etish,  anik  fikr 
yuritish,  kayishkoklik,  ilmiy  fikrni  tushuna  olish  va  yetkaza  olish 
qobiliyatiga ega bulishi kerak. 
Rahbar  menejment,  iqtisodiyot  va    moliya,  huquq,  sotsiologiya  va 
pedagogika  asoslarini  bilishi  lozim.  Bu  fanlar  butun  menejmentga  ilmiy 
karashlar  tizimini  yaratish  imkonini  beradi.  Boshqaruv  fakat  ilmiy 
bilimlariga ega bulishni emas, balki boshqarish san’atini bilishni xam talab 
qiladi.  Boshqaruv  tashkil  etish  bilan  shug‘ullanuvchi  avvalo  о‘z-о‘zini 
tarbiyalay  olishi,  о‘zini  boshqara  olishi  zarur.  Buning  uchun  u  doimo  va 
muntazam о‘zini-о‘zi tarbiyalashi kerak.  
Rahbarlarning shaxsiy madaniyati, shu jumladan:  
-professionallik va mahorat darajasi; 
-axloqiy tarbiya;  
-shaxsiy gigiyena va tashqi kо‘rinish; 
-boshqaruv uslubi va usullari;  
-boshqaruv  faoliyatining  barcha  elementlari  bо‘yicha  ish  vaqtini 
oqilona taqsimlashi; 
-ommaviy tadbirlarni о‘tkazish madaniyati;  


220
 
 
- nutq va aloqa madaniyati; 
-tashkiliy  madaniyat  ishni  tashkil  etish  qobiliyati  sifatida  namoyon 
bо‘ladi. 
Rahbar  uslubi  eshitish  va  о‘qish,  sо‘zlash  va  yozish,  ya’ni  axborotni 
qabul  qilish  va  uni  boshqalarga  о‘zatish  malakasida  ifodalanadi.  Rahbar 
uchun zarur bо‘lgan sifatlar jumlasiga uning tashkilotchilik qobiliyati, ish 
qobiliyati, kuchi, xushmuomalaligi, irodaliligi kiradi. 
Bozor  sharoitida  faoliyat  kо‘rsatuv  rahbar  va  mutaxassislar    oldiga 
qat’iy  talablar  qо‘yadi.  Ular  yuqori  ishbilarmonlik  va  ahloqiy  sifatlarga, 
tadbirkor bо‘lishi, ahil jamoa tashkil etish va mehnat jamoasi bilan davlat 
manfaatlarini о‘zaro mutanosiliklarini  ta’minlay olishlari kerak. 
Zamonaviy  rahbarlar  yuqori  malakaga  ega  bо‘lishliklari,  istiqbolga 
kо‘ra olishi va samarali xо‘jalik yuritishga imkon yaratuvchi iqtisodiy fikr 
yuritish,  shaxsiy  intizomga  ega  bо‘lishi,  tashabbuskorlik  kо‘rsatish, 
tavakkalchi bо‘lishi kerak. 
Javobgarlik  oldidida  qо‘rqish-  kuchsizlik  beligsidir!  Javobgarlikdan 
qо‘rqan kishi rahbar bо‘la olmaydi. Rahbar qо‘l ostidagilar bilan shunday 
munosabatda  bо‘lishlari  kerakki,  toki  ular  uning  oldiga  maslahat  uchun 
bemalol  kirsinlar.  Rahbar  о‘z  qо‘l  ostidagilarni  yaxshi  bilishi,  ular  bilan 
suhbatlashishi,  ular  qobiliyati,  bilimi,  malakasi  egallagan  lavozimiga 
mosligini va aksincha, ular bilim, qobiliyat, malaka va ahloqiy sifatlaridan 
foydalanish yetarli ekanligini aniqlash lozim. 
Obrо‘ga  ega  bо‘lmay  muvaffaqiyatli  rahbarlik  qilish  mumkin  emas, 
lekin  obrо‘ga  kuch  bilan  emas,  ish  bilan,  qanday  ishlashni  о‘z  misolida 
kо‘rsatish  bilan,  uni  qanday  bajarish  haqida  sо‘zlash  bilan,    faqat 
talabchanlik  va  qat’iylik  bilan  emas,  bilim  va  kо‘nikma  orqali  erishish 
mumkin.  Boshqaruv  san’atiga  ega  bо‘lmagan  rahbar  qabul  qilingan 
qarorlar  samarali  bо‘lishini  ta’minlay  olmaydi.  Lekin  inson  rahbar  bо‘lib 
tug‘ilmaydi, balki ish jarayonida shakllanadi. 
Rahbar  ish  uslubi  korxona  faoliyati  yakuni  natijalariga  ishlab 
chiqarishni  boshqarish  vazifalari  vositasida  ta’sir  kо‘rsatadi.  Ularning  har 
biri  boshqa  vazifalar  bilan  uzviy  bog‘liq  holda  ta’sir  qiladi  va  uslubning 
foyda hamda korxona faoliyatini umumlashtiruvchi kо‘rsatkichlarga  ta’sir 
etishning  yagona  mexanizmi  tarkibiga  kiruvchi  bog‘lovchi  bо‘g‘in 
vazifasini bajaradi.  
Uslub  bilan  ishlab  chiqarish  natijalari  о‘zaro  aloqasi  tizimi  rahbarlar 
bilim va kо‘nikmalari, boshqaruv jarayoni texnologiyasi, mehnat intizomi 
vositasida  amalga  oshadi  va  rahbar  tomonidan  qо‘llaniluvchi  boshqaruv 
usuli bilan bog‘liq bо‘ladi. 


221
 
 
Boshqaruv  uslubi  tushunchasi.  Menejmentda  uchta  asosiy  uslub 
ajratib kо‘rsatiladi:  
1.
 
Avtoritar (yoki buyruk, avtokrat);  
2.
 
Demokratik (yoki kollegial),  
3.
 
Liberal. 
Menejmentning 
avtoritar 
uslubida  xodimlar  faqat  ularga  buyurilgan 
vazifani bajarishlari lozim, bunda ular faqat eng kam zarur axborotga ega 
bо‘lishlari  kerak.  Rahbarlikning  avtoritar  usuli  armiya  va  flotda 
qо‘llaniladi.  U  rasmiy  tizim,  nizomda  kо‘rsatilgan  xarbiylar  huquq  va 
burchlariga  tayanadi.  Avtoritar  uslubning  afzal  tomoni  bо‘ysunuvchilarga 
ta’sir  etishning  markazlashgan  bо‘lishidir.  Shu  sababli,  avtoritar  uslubda 
ta’sirlar  tezkor  va  maqbul  uslubda  ta’sirlar  tezkor  va  maqbul  bо‘lishga 
oson 
erishiladi. 
Lekin 
bu 
uslub 
xodimlar 
tashabbuskorligini 
rag‘batlantirmaydi.  Rahbar  о‘z  xodimlari  mehnati  samaradorligini 
oshirishda  kiyinchilikka  duch  keladi.  Bunday  rahbarning  eng  katta 
kamchiligi  -  tashabbusni  bо‘g‘ish,  qо‘l  ostidagilar  ijodiy  kuchlaridan 
foydalanmasligi, ish bir tartibda bajarilishidir. 
Rahbarlik  qilishning 
demokratik 
uslubi  qarorlar  qabul  qilish  va 
yechishda  jamoa  a’zolarini  keng  jalb  etish  bilan  ajralib  turadi.  Bunda 
muxokama  qilishning  muvofiqlashtirish  va  nazorat  qilishning  jamoa 
shakllaridan kо‘proq foydalaniladi, rahbar о‘z vakolatiningbir qismini qо‘l 
ostidagilarga  topshiradi.  Rahbarlik  qilishning  demokratik  uslubida 
xodimlar  о‘z  ishi  istikboli  haqida  tushunchaga  ega  bо‘lish  uchun  yetarli 
axborot 
oladilar. 
Demokratik 
uslubning 
afzalligi 

xodimlar 
tashabbuskorligi  va  о‘z  ishidan  mamnun  bulishi  uchun  kulay  sharoit 
yaratilishidir.  

Download 3,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish