OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti ”Raqamli iqtisodiyot” kafedrasi
Ro‘yxatga olish.
№_______________
2021- yil “___” “________”
Tanishuv amalyoti bo‘yicha
Hisobot
Fermer xo’jaliklarida buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish markazi.
Bajardi: Biznesni boshqarish yo‘nalishi 4BB 20-guruh talabasi
Norsoatov Otabekning
Amaliyot joyidagi biriktirilgan rahbar: __________
Ilmiy rahbar: Berdiyev Anvar _______
Amalyot bo‘yicha yakuniy bahosi: ______________
20__ yil “___”
Malakaviy amaliyot hisoboti.
Reja:
1.Kirish.
2.Asosiy qism.
a.Korxonalarda buxgalteriya hisobini tashkil etish.
b.Amaliyot obyektida buxgalteriya tizimi.
c.Buxgalteriyada foydalaniladigan dasturlar.
3.Xulosa.
4.Foydalangan adabiyotlar ro’yxati.
Kirish
Bugungi kunda zamon talablariga javob bera oladigan mutaxassis kadrlarni tayyorlash, Davlat ta’lim standartlari asosida ta’lim berish va uning barcha tarkibiy tuzilmalarini takomillashtirib borib, nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog‘lashdek dolzarb masalalardan biridir.
Mutaxassislik fanlar bo‘yicha bilimlar majmuasini o‘zlashtirgan, nazariy va amaliy mashg‘ulotlar uzviyligida malaka hamda ko‘nikmalarni mukammal shakllantirishda, yetuk kadr bo‘lib etishishda tanishuv amaliyotining o‘rni beqiyos hisoblanadi. Shu bilan birga, yosh iqtisodchi - mutaxassislarni real ishlab chiqarish sharoitlariga tayyorlash eng muhim shartlardan biri hisoblanadi. Mazkur dastur va uslubiy ko‘rsatma iqtisodiyotni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash sharoitida “Biznesni boshqarish” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 1-kurs talabalari tanishuv amaliyotini tashkil etishning asosi hisoblanadi.
Tanishuv amaliyotini o‘tash talabada nazariy bilimlarni yanada mukammal darajada amaliyot bilan bog‘lashga hamda kelgusida BMI bo‘yicha unga tegishli bo‘lgan ma’lumotlarni to‘plab, tayyorlab borish imkoniyat yaratib, yoshlarni yetuk kadr hamda o‘z sohasining mukammal mutaxassisi bo‘lishga olib keladi.
O‘zbekistonning mustaqil yuksalishi mobaynida qilingan ishlarni sarhisob qiladigan bo‘lsak, ulkan yutuqlar qo‘lga kiritilganligining guvohi bo‘lamiz. Shuningdek, «Buxgalteriya hisobi» sohasida ham keyingi yillarda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat Soliq qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Respublikasi buxgalterlari va auditorlari milliy assotsiatsiyasi tomonidan buxgalteriya hisobinining tamoyillarini rivojlantirish maqsadida bir qator ibratli ishlar amalga oshirilmoqda. Buxgalteriya hisobini tartibga soluvchi qonunlar qabul qilinishi, ular bo‘yicha xalqaro talablarga javob beradigan milliy standartlar va boshqa me’yoriy hujjatlar yaratilishi, hisob milliy satandartlarining buxgalteriya hisobi xalqaro standartlariga tenglashtirilishi, vatanimizning jahon iqtisodiyotiga integrallashuvida katta ahamiyat kasb etadi. Respublikamiz oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida berilayotgan iqtisodiy bilimlar ichida muhim o‘rinlardan birini buxgalteriya hisobi egallaydi. Chunki, buxgalteriyani – biznesning tili deydilar. Buxgalteriya hisobi ma’lumotlari xo‘jalik mexanizmining tarkibiy qismi bo‘lib, marketingdek, menejmentdek ishbilarmonlik va tadbirkorlik faoliyatlarini iqtisodiy axborotlar bilan ta’minlovchi asosiy manba hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |