31 – rasm. KPG – 250 turidagi ovqat pishirish qozoni.
Suv – bug’ g’ilofiga suv jo’mrak 10 nazorat qilayotgan sathigacha voronka 11 orqali uzatiladi. Generator ostida, uchta ijeksion – ikkita asosiy 7 va o’rtada joylashgan yordamchi 6 - mustaqil bo‘lgan gaz yondirgich moslamalari joylashgan. O’rtacha yondirgichida stasionar zapalnik 5 da ikkita chiqishlar mavjud. Zapalnikni mash’allarning biri o’rtacha yondirgichni, ikkinchisi esa elektromagnit klapanni termojuftligi 4 ni qizdiradi.Asosiy yondirgichlar yordamchi yondirgich alangasidan yondiriladi. Bug’ generatorning ichki bo’shlig’i 8, dimoxod oynalariga ulanib, yonish kamerasi vazifasini bajaradi.
Suv – bug’ g’ilofdagi bug’ning bosimini kerakli miqdorda saqlanishini, elektr kontaktli manometr 12 dan va solenoidli klapani 16 lardan tashkil topgan rostlash avtomatikasi ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |