Gaz ta’minoti sxemalari.
Sanoat va kommunal korxonalarini gaz bilan ta'minlash GTB va GTQlar joylashuvi, gaz quvurlarining yotqizilish usuliga qarab amalga oshiriladi. Katta korxonalarni gaz bilan ta'minlash uchun bir yoki ishonchlilik uchun ikki mustaqil kirish qismiga ega xalqali sxemalar qo'llaniladi. Konkret gaz ta'minoti sxemasini tanlashga sexlarning gaz iste'moli tartibi va gaz sarfi, isitgich agregatlari, sexlarning hududiy joylashuvi, texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlar ta'sir etadi. O'rta va yuqori bosim tarqatuvchi gaz quvurlariga ulanadigan uncha katta bo'lmagan sanoat korxonalarining gaz tarmoqlari GTB bilan jihozlanadi (26-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |