5.2. Maishiy suyultirilgan gaz uskunalari
Gaz ballon qurilmalari
Gaz balloni qurilmalari iste’molchilarni suyultirilgan gaz bilan ta’minlashda keng qo’llaniladi.
Bu qurilmalar bir yoki ikki gaz balloni, bosim sozlagich, kran va bog’lovchi quvurlardan iborat. Gaz ballonlaro odatda po’latdan ishlanib, 1,6 MPa bosimga mo’ljallangan. Sig’imi 0,9 – 50 l gacha bo’lishi mumkin (35 –rasm.). Bular orasida 27 va 50 l hajmdagi gaz ballonlari eng ko’p tarqalgan bo’lib, 27 l hajmli gaz ballonlari o’zi yopiladigan klapanlar bilan, hajmi 50 l bo’lganlari esa burchakli ventillar bilan ta’minlangan. Bu qurilmalar bino ichida (34 – rasm.) yoki tashqarisida o’rnatilishi mumkin.
a) b) v)
Do'stlaringiz bilan baham: |