2.2.Aholi turar joylarida o’yin maydonchalar o\lchamlari
Sport maydonchalarining qabul quvvati misol 10-24 kishini tashkil qilsa, (10) 03 son sport masterlari (24) ko`p son esa endi boshlab shug`ullanuvchilarni bildiradi. Boshqa o`rta razryaddagi sportchilar o`rta soni olinadi. Xalqaro basketbol federatsiyasining basketbol uchun 18x12 m, karzina balandligi 2 m 60 sm qabul qilgan.
Uyin maydonchalari aloxida va aralash joylashgan bo`lishi mumkin. Ayrim bir sport turi uchun bir necha maydoncha bir joyda joylashishi yoki bir necha sport turi uchun ham bir joyda joylashishi mumkin.
Oriyentatsiyalash vaqtida maydonchaning bo`yiga o`tkazilgan o`rta chiziq (o`q) quyosh yorug`ligi o`yin vaqtida yon tomondan tushishi kerak. Shuning uchun ham kechqurunlari foydalaniladigan maydonchalardagi oriyentiri meridian chizig`i, ya`ni o`rta buy chizig`i (o`q0 shimoldan janubga qarab, 150 gacha o`zgarish bilan o`tkazish mumkin.
Bir joyga bir necha voleybol, basketbol yoki boshqa bir turdagi maydonchalarni joylashtirish zarur bo`lib qolsa, u holda ularning faqat uchdan bir qismini ekvator chizig`i bo`ylab joylashtirish mumkin.
Ko`p etajli uylar joylashgan rayonlarda, uylarning sharq tomoniga ekvator chizig`i bo`ylab joylashtirish mumkin, chunki bunday joylashtirish erta ham kech ham uyinga quyosh nuri xalaqit bermaydi.
Maydonchalarni tekislash
Voleybol va tennis maydonlarini tekislashda og`ish o`rta chizig`ida oxirgi bet chiziq tomonga, basketbol va qul to`pi maydonlaridagi og`ish markazi bo`ylab o`tkazilgan o`q chizig`idan yoki tomondagi chiziqlarga tomon bo`lishi kerak. Bundan tashqari vertikal tekislikga to`g`ri kelganda ayrim o`zgarishlar bo`lishi mumkin. tabl. №5.
Vertikal tekislash
Notekis joylarda sport maydonchasi qurish uchun avval ularni tekislash zarur. Tekislashda ham u joyning tuzilishiga ham mexnat sarf qilib, yer relyefini buzmasdan maydonchalarni, drenaj qurilishi hisobga olingan bo`lishi kerak.
Tekislash oldidan kartogrammasini ishlab chiqib 2x2, 3x3 kvadratlarga bo`lib, qancha chuqurlikda tuproq qozib olish yoki qancha qalinlikda tuproq solish kerakligini hisoblab chiqish zarur. Har bir kvadratni tekislashda qoziqlar qoqilib, o`lchami beriladi va undan keyin ish boshlab yuboriladi.
Maydonchalarning qoplama konstruksiyasi
1. Tekis, yumshoq, to`pning yaxshi sakrashini ta`minlaydigan, suv o`tkazuvchan va ichkarida nam saqlaydigan bo`lishligi.
2. Har qanday ob-havo sharoitiga chidamli.
3. Iqtisodiy tomondan arzon.
Maydonchalarning maxsus qoplamasi yer tuzilishi va ob-havo sharoitiga bog`liq bo`lib, eng noqulay yer loy va saqqizloy tuproqli yerlar bo`lib, ular judayam yomon suv o`tkazuvchan bo`ladi.
Bunday yerlarda maydoncha asosida shaxal tosh yetkazish bilan qurildi. Agarda qumloq va yarim qumloq yerlarda suvni yaxshi shimiy olishini hisobga olib, qoplama yupqaroq bo`lishi mumkin.
Maydonchalar yer osti suvi yaqin bo`lsa, qor-yomg`ir suvlari to`planib qolish xavfi bo`lgan vaqtda suvlarni qochirish uchun maxsus dronaj (zarur) lar o`tkazgan maqul.
Yaxshi suv o`tkazuvchan qoplamalar har xil tuproqdan tabiiy va su`niy aralashma tayyorlanadi.Aralashma sostavi №6 tablitsada berilgan, ular mavjud tuproqlar, yer va ob-havo sharoitiga qarab belgilanadi. Sapol aralashma (1 va 2) eng mustahkam va uzoq saqlanadi. Bu tennis kortlarida ko`proq ishlatiladi. To`p yaxshi sakrashi, buzilmasligi bilan ajralib turadi.
G`isht oxak aralashmasi mustahkam va har qanday ob-havo sharoitiga chidamlidir. Aralashmalar tablitsadagi 3-4-5 grafadagidan 3 chisi qo`l to`pi va basketbol maydonlari uchun, 4 chi voleybol va badminton va 5 chisi esa tennis maydonlari uchun ishlatiladi.
Qum tuproq aralashmasi (6-7) eng arzon va oddiy bo`lib, tez buzilishi mumkin. Shuning uchun ham vaqtinchalik maydonlarda ishlatiladi. Qo`l to`pi va tennis uchun yaxshilab tekislangan, ko`lmak suvlar to`xtamaydigan chim (maysa) maydonlarda qurish mumkin.
Bunday maydonlar yumshoq va gigiyenik tomondan qulay bo`lib, ularni tez-tez sug`orib, o`rib turish tavsiya qilinadi.
Tabiiy tuproq maydonchalari qurish
Yaxshilab tekislangan maydonchani avvalo yer 10-15 sm qazib olinadi, yer, tosh, tomi rva boshqa narsalardan tozalanib, loyixa belgilariga qarab yana bir bor tekislanadi. Bir vaqtning o`zida yon tomonlaridagi suv oqib ketadigan shox ariqchalar qaziladi. Ariqchaning chuqurligi 30 sm. og`ish 0,001 bo`lishi kerak.
Maydoncha atrofidagi yer satxidan 5-10 sm baland bo`lishi kerak. tekislangan maydoncha qo`l katogi (og`irligi 200-300 kg) bilan bosib chiqiladi. Bosish vaqtida shablon taxtacha va nivelir bilan tekisligi tekshirilib turiladi. Oxirgi tekislab bostirib chiqishda maydoncha yaxshilab ivitiladi va qurish bilan yana 5-7 marta katok bilan bosib chiqiladi. Oxirida maydoncha yuzasiga elangan qum sopilib, katok yurgiziladi, undan keyin qum tozalab supirib tashlanadi.
Agarda maydoncha qurilishi zarur bo`lgan joy o`ta qumloq yoki loy bo`lsa, u holda tuproqning sakkiz bo`lmagan joyidan yoki qumli tuproq aralashmasi 2-10 sm to`kilib bosh yoki plug orqali yaxshilab aralashtirishi kerak, undan keyingina qurilishi boshlash mumkin.
Xulosa
Davlatimiz tomonidan axolini sog’lomlashtirish borasidagi islohotlardan ko’zda tutilgan maqsadlar orasida eng muximi – birlamchi tibbiy profilaktika chora – tadbirlarini kuchaytirish, axoli o’rtasida sog’lom turmush tarzini shakllantirishdan iborat. Bu o’rinda xar bir pedagog inson ruxiyatining bilimdoni bo’lishi kerak. Shundagina sog’lom turmush tarzini shakllantirishda insonning sog’liqqa nisbatan dunyoqarashini o’zgartirish mumkin. Uning sog’lom umri davomiyligini ta’minlash mumkin.
Sog’lom turmush tarzini shakllantirishda ruxiy – xissiy xolatini ongli tarzida amalga oshirish amaliy asosiy masala bo’lib qoladi.
Chunki ong bu – kishining moddiy dunyo, ijtimoiy xayot va uning qomuniyatlari imkoniyatlari darajasida anglash xamda voqea – xodisa yoki xayotiy muammolari ijobiy xal qilish qobiliyati va jarayonidir.
Shuning uchun xam insondagi sog’likka bo’lgan qiziqishini shakllantirishi uchun uning psixikasini (ruxiyatini) ko’taruvchi xolatlarni yaratish, jumladan inson psixologiyasiga ta’sir etish yo’li bilan inson sog’ligini asrash, uzoq umr ko’rish g’oyasi inson ongiga singdirishi katta axmiyat kasb etavdi. Shu bilan birga insoniyat ijtimoiy xayotida salomatlik va kasallik muammosi doimo kundalan bo’lib turishi muqarrar. Jahon sport nazariyasi hamda amaliyotida yuqori cho’qqilarga erishish bolalar hamda o’smirlar orasida iqtidorli yoshlarni tanlab olib, ularni tarbiyalab yetishtirishdek murakkab pedagogik jarayon hisoblanadi. Bunday jihatlar muhitida 30-yillarda ilk bor shakllangan va ijtimoiy-madaniy taraqqiyotning rivojlanishiga ijobiy ta’siri natijasida sport turlari bo’yicha maxsus sport maktablari, sport-internat maktablari tashkil qilingan.
Bunday sport maktablarining ijobiy mexnat samaralari tezda namoyon bo’ldi va ular sobiq Ittifoq jarayonida mukammalashib, o’z istiqbollarini ta’minladi. Natijada ularning yaxshi ishlab chiqilgan Nizomlari hozirgi mustaqillik sharoitlarida o’z kuchi va mohiyatini yo’kotmadi.O’zbekistonda o’tkazilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, ta’lim-tarbiya sohalaridagi tub islohotlar o’quvchi-yoshlarni sportga jalb etish, ularni kasb-hunarga yo’llash, ijtimoiy mehnat va mudofaa ishlariga layoqatli qilib yetishtirish muammolarini qo’ymokda. Bunday ulkan va ulug’vor vazifalarni amalga oshirishda eng avvalo umumta’lim maktablari, kollej, litsey, o’rta maxsus va oliy o’quv yurtlari tomonidan olib borilayotgan turli madaniy va sport tadbirlari muxim ahamiyatga ega. Chunki bu tadbirlarda bolalar va o’smilarning qobiliyati, qizikish va ixloslari sinovdan o’tkaziladi.
Soha olimlarining ilmiy tadqiqotlarida bolalar va o’smirlarning jismoniy tayyorgarligi, ularni sport orqali rivojlantirish, iqtidorli bolalarni tanlab sportga jalb etish kabi tajriba keng mazmun topganligi e’tiborga loyiqdir. Ularning ta’kidlashlaricha, bolalarni sportga jalb etish, mahoratli sportchilarni tayyorlash va ularning halqaro sport maydonlarida samarali qatnashishini ta’minlayli. Eng muhimi esa, o’quvchi-yoshlarning jismoniy jihatdan barkamol o’sishi ta’lim-tarbiyada, o’zlashtirish bo’yicha yukori natijalarga erishishda, qolaversa, jamiyatimizning qonunlari, tartib-qoidalarini buzishning oldi olinishida muhim rol uynaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |