Oltingugurt vodorodli birikmalari
Oltingugurt vodorodli birikmalari. Н2S va H2S2 erkin holda juda beqaror, tuzlari ma’lum MeS va MeS2.
H2S-rangsiz, zaharli gaz, hidi yoqimsiz, palag’da tuxum hidi keladi.Qaynash harorati-60,3оC, suyuql. harorati -85,5оS. Yuqori haroratda parchalanadi:
Н2S = H2 + S
Suvda yaxshi eriydi. 3 hajm suvda 1 hajm vodorod sulfid eriydi. Kuchsiz ikki asosli kislota (K1=6*10-8; K2=10-14).
Н2S H+ + HS-
HS- H+ + S2-
Sulfid kislotaning tuzlari sulfidlar deyiladi.Tarkibida Na+,K+,NH4+ ionlari tutgan sulfidlar suvda eriydi. Og’ir metallarning sulfidlari suvda erimaydi.
Sulfid kislotaning tuzlari-sulfidlar suvda erimaydi. Ishqoriy metallar tuzlari va ammoniy sulfid eriydi. Sulfidlarning xarakterli xossalaridan biri ularning rangli bo’lishidir. Ishqoriy va ishqoriy-yer metallari tuzlari rangsiz, og’ir metall tuzlari har xil rangga bo’yalgan. FeS, CoS, NiS, Ag2S, PbS, Bi2S3 tuzlari qo’ng’ir-qora rangli, ZnS va СаS oq rangli, СdS, SnS, Аs2S3 sariq rangli, MnS teri rangli, Sb2S3 jigar rangli bo’ladi.
Bundan analitik kimyoda qo’llaniladi, ya’ni kationlar shu asosda bir-biridan ajratiladi. Issiqqa nisbatan sulfidlar beqaror, qizdirilganda ular erkin oltingugurt hosil qilib parchalanadi. CuS(qora rangli) suvda ham syultirilgan kislotalarda ham erimaydi. FeS(qora rangli) suvda erimaydi, lekin kislotalarda eriydi. HgS(qora) –konsentrlangan nitrat kislotada ham erimaydi. Ko’p sulfidlar konsentrlangan xlorid kislotada eriydi. РbS, ZnS, CuS bo’lsa nitrat kislotada eriydi. НgS zar suvida erishi aniqlangan. Sulfidlar orasida o’zgaruvchan tarkibli birikmalar ham uchraydi. Masalan, FeS1,01 dan boshlab FeS1,14 gacha.
Na2S,CaS va BaS teridan tuklarni yo’qotish uchun ishlatiladi.ZnS – lyuminofor bo’yoqlar olishda ishlatiladi.
Sulfidlar oson gidrolizga uchraydi.Bunda nordon tuzlar hosil bo’ladi:
NaOH + H2S = NaHS + HOH
NaHS + NaOH = Na2S + HOH
Alyuminiy va xrom(III) sulfidlari suvda oson qaytmas gidrolizga uchraydi:
Аl2S3 + 6HOH = 2Al(OH)3 + 3H2S
Cr2S3 + 6HOH = 2Cr(ОН)3 + 3Н2S
Hamma sulfidlar , shuningdek H2S-kuchli qaytaruvchi:
H2S + Сl2 = 2HCl + S 2H2S + O2 = 2H2O + 2S
2KMnO4 + 5H2S + 3H2SO4 = 2MnSO4 + 5S + K2SO4 + 8H2O
Quruq H2S yonganda oltingugurt (IV) va suv hosil bo’ladi:
2H2S + 3O2 = 2H2O + 2SО2
4NiS + 7O2 = 2Ni2O3 + 4SO2
Juda kuchli oksidlovchilar ishtirokida sulfidlar sulfatlargacha oksidlanadi:
NiS + 2O2 = NiSO4
3CuS + 14HNO3 = 3Cu(NO3)2 + 3H2SO4 + 8NO + 4H2O
CuS + 4H2O - 8e Cu2+ + SO42 -+ 8H+
NO3- + 4H+ + 3e- NO + 2H2O
Kislotali muhitda KMnO4, K2Cr2O7, HNO3 sulfidlarni S2- yoki SO42- gacha oksidlaydi:
2KMnO4 + 5Na2S + 8H2SO4 = 2MnSO4 + 5S + K2SO4 + 5Na2SO4 + 5H2O
3PbS + 8HNO3 = 3PbSO4 + 4H2O + 8NO
CoS + H2O2 + 2CH3COOH = Co(CH3COO)2 + S + 2H2O
Tuzlarga H2S yoki uning tuzlarini ta’sir ettirish orqali sulfidlar olinadi:
CuSO4 + H2S = CuS + H2SO4
FeCl2+(NH4)2S = FeS+ 2NH4Cl
Na2SO4 + 4C = Na2S + 4CO
Do'stlaringiz bilan baham: |