S+6 birikmalari. Bunday kuchga ega bo’lgan birikmalar SO3, SF6, SO2Cl2 va sulfatlar kiradi.
SF6 - rangsiz gaz, u bosim ostida - 50,5 oC da suyuqlikka aylanadi. U kislorodda ham vodorodda ham yonmaydi va unga suv ta’sir etmaydi. SF6 kimyoviy jihatdan juda inert. Buning sababi markaziy atomning koordinatsion to’yinganligi va SF6 ning ionlanish energiyasi qiymati juda yuqoriligi bilan tushuntiriladi. Oltingugurtni bevosita ftor bilan ta’siridan hosil bo’ladi:
S+3F2=SF6
Sulfid angidridga katalizator ishtirokida to’g’ridan to’g’ri xlor ta’sir ettirilganda u sulfuril xloridga aylanadi:
SO2+Cl2=SO2Cl2
Sulfuril xloradning suv bilan ta’siridan sulfat kislota hosil bo’ladi:
SO2Cl2+2H2O= H2SO4+2HCl
Oltingugurtning kislorodli birikmalari.
Oltingugurt kislorod bilan birikib,oksidlanish darajasi -1 dan to +6 gacha bo`lgan har xil birikmalardan oltingugurtning oksidlanish darajasi +4 ga va +6 ga teng bo`lgan birikmalari katta amaliy ahamiyatga ega.
Sulfit angidrid va sulfit kislota. Sulfit angidrid yoki oltingugurt (IV)- oksid SO2
o`tkir bo`g`uvchi hidli rangsiz gaz. Suvda yaxshi eriydi va bunda o`rtacha kuchga
ega bo`lgan sulfit kislota H2SO3 hosil bo`ladi:
SO2 + H2 O <->H2 SO3
H2SO3 <-> H+ +HSO3-
K1 = 1,6*10-2
HSO3- <->H+ + SO32-
K2 = 6,3 <->10-8
Ikki negizli kislota bo`lgani uchun sulfitlar va gidrosulfitlar hosil qiladi.
Agar SO2 ning suvdagi eritmasidan H2S o`tkazilsa, oraliq mahsulotlar sifatida
tiosulfat kislota H2S2O3 yoki H2SxO6 tarkibli politionat kislotalar hosil bo`lshi
mumkin. Politionat kislotalarda x, odatda, 3 dan 6 gacha bo`ladi: H2S3O6 -tritionat
kislota: H2S4O6-tetrationat kislota: H2S5O6 -pentationat kislota: H2S6O6-
geksationat kislota. Bu kislotalar faqat eritmadagina ma’lum bo`lgan baqaror
kislotalardir, lekin tuzlari birmuncha barqaror moddalardir.Tiosulfit kislotani H2SO3
dagi, tiosulfat kislotani esa H2SO4 dagi bitta kislorod atomi oltingugurt atomiga
o`rin almashingan deb qarash mumkin:
SO2, H2SO3, H2S2O3 , H2 Sx O6 va bu kislotalarning tuzlari kuchli qaytaruvchi
xossaga ega:
5SO2 +2 KMnO4 + 2H2O = K2SO4 +2 MnSO4 + 2H2SO4
H2SO3 +CI2 +H2O = H2SO4 +2HCI
Na2S2O3+ Br2 +H2O = Na2SO4 +S +2HBr
2Na2S2O3 +J2 = Na2S4O6 +2NaJ
Sulfat angidrid va sulfat kislota. Sulfat angidrid yoki oltingugurt (VI)- oksidi SO3
oq tusli qattiq, nihoyatda gigroskopik polimer modda. Suyuqlanish temperaturasi
16,80C. Suv bilan shiddatli birikib, sulfat kislota H2SO4 hosil kiliadi:
SO3+H2O = H2 SO4
Odatda SO3 98% li H2 SO4 da eritiladi, chunki ozgina SO3 suvda eriganida
tuman hosil bo`lib, keyin erimay qoladi.
Konsentrlangan sulfat kislota juda kuchli oksidlovchi ayniqsa qizdirilganda
bo`lib, u moddalarni oksidlaganda o`zi SO2 va S ga, hatto H2 S ga qaytariladi,
masalan:
2H2SO4+C = CO2 + 2H2O
2H2SO4+S = 3 SO2 + 2H2O
H2 SO4+H2S= SO2+S+ 2H2O
H2 SO4+8HI= 4I2+H2S+4H2O
Sulfat kislota o`ziga yana bir necha molekula SO3 ni biriktirib olishi mumkin. Agar
H2SO4 ning bir molekulasiga bir molekula SO3 biriksa, H2SO4• SO3 yoki,
boshqacha yozganda, H2S2O7 hosil bo’ladi:
H2 SO4+ SO3 = H2S2O7
H2S2O7 tiniq kristallardan iborat gigroskopik modda bo`lib, pirosulfat kislota
deb ataladi.
Pirosulfat kislota suv ta’sirida sulfat kislotaga aylanadi:
H2S2O6 +H2O = 2H2SO4
Pirosulfat kislotaning tuzlari gidrosulfatlarni qizdirish orqali olinadi:
2 NaHSO4= Na2S2O7 +H2O
Pirosulfatlar qizdirilganda SO3 ajralib chiqib, sulfatlar hosil bo`ladi:
Na2S2O7 = Na2SO4 +SO3
Do'stlaringiz bilan baham: |