O`zbekiston Respublikasi Oliy va O`rta Maxsus Ta`lim Vazirligi Buxoro Davlat universiteti Ijtimoiy-iqtisodiy fakul’teti Iqtisodiy ta`lim va turizm kafedrasi


Buxoro mexmonxonalarida oilaviy biznesning rivojlanish istiqbollari



Download 378,55 Kb.
bet34/41
Sana18.01.2017
Hajmi378,55 Kb.
#561
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   41
3.2. Buxoro mexmonxonalarida oilaviy biznesning rivojlanish istiqbollari
Kichik biznesni rivojlantirish mamlakat iqtisodiyotini yuksaltiribgina qolmasdan, oila farovonligini ta`minlashda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Oila farovonligini manbai bozor munosabatlari sharoitida tubdan o`zgardi. CHunki, oldin oila daromadi asosan ish haqidan tarkib topgan bo`lsa, endilikda bu manba biznesga asoslangan oilaviy tadbirkorlik bilan shug’ullanishi lozimligini hayot taqozo qilmoqda. Ammo, shuni alohida ta`kidlash joizki, aholining, ayniqsa oilalarning turmush sharoitini, ya`ni farovonligini ifodalash uchun tegishli ko`rsatkichlar yoki ularni aniqlovchi usullar mamlakatimiz olimlari tomonidan hamon ishlab chiqilmoqda.

Hozirgi paytda oilalar daromadining to`rtdan bir qismi tadbirkorlik evaziga paydo bo`lmoqda. Kelajakda oila ehtiyojining 50 % ni shu yo`l bilan qoplanishiga erishish  maqsadga muvofiqdir.

Bu bizning mamlakatimiz uchun o`ta muhimdir. CHunki, Yevropa mamlakatlarida bir ishlovchiga 0,7 kishi mehnat yoshiga etmagan bolalar va nafaqadagi qariyalar to`g’ri kelsa, bu ko`rsatkich bizda 2,7 kishini tashkil qiladi. Tabiiyki, bunday sharoitda faqat oylik maosh bilan oilaning ehtiyojini to`liq ta`minlab bo`lmaydi. SHu tufayli, kelajakda har bir oilaning farovonligini ta`minlash uchun oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadga muvofiqdir.

Oilaviy tadbirkorlikning muhim yo`nalishlaridan biri oilalarning shaxsiy  tomorqasi, shaxsiy biznes, shaxsiy mexmonona, shaxsiy restoranlarda faoliyat ko`rsatishidir. Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish bozor munosabatlari sharoitida muhim ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega.Bu eng avvalo, oilalar farovonligini oshirishning muhim omilidir. Zero, ish haqi, o`rtacha daromad kabi ko`rsatkichlar  bozor munosabatlari sharoitida o`zining yashovchanlik mohiyatini yo`qotdi.

Mamlakatimiz taraqqiyotini pirovard maqsadi ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot kechirishga qaratilgan ekan, demak, iqtisodiy ko`rsatkichlar faqat o`rtacha ish haqi yoki boshqa o`rtacha ko`rsatkichlar bilan emas, balki har bir shaxs, fuqaroning farovonligi bilan belgilanadi.

Ishsizlik va oila bir-biri bilan bevosita bog’liq. Ishsiz u qaerdandir kelgan emas yoki jamiyatdan ajralib qolgan shaxs ham emas. Ishsiz bu ham oilamiz a`zosi. Oiladan bir kishi juda serdaromad ishda ishlasa, shu oila farovon, agar u ishsiz qolsa, shu oila kambag’allikka mahkum qilingan bo`ladi. SHu tufayli har bir oilada shunday ruhiyat shakllanishi kerakki, unda ishsiz odam bo`lmasligi kerak. Agar biror kishi ishdan bo`shadimi, tadbirkorlik bilan shug’ullanishi lozim, toki oilaning moddiy ta`minotida barqarorlik buzilmasin. Hozirgi paytda qishloqlarda ham biznes bilan shug’ullanish uchun  sharoit etarli. Zero, uning qonuniy asosi yaratildi, tegishli me`yoriy hujjatlar ham ishlab chiqildi.

Agar nazariy jihatdan qaraydigan bo`lsak, kichik biznes rivoj topgan joyda ishsizlik muammosi bo`lishi mumkin emas. CHunki, odam ishsiz bo`lsa, o`ziga ish topishi, o`zining tadbirkorlik faoliyatini yuritishi uchun tegishli sharoit yaratilishiga intiladi. Bu eng avvalo, oilaviy biznesda namoyon bo`ladi.

Hozirgi paytda oilaviy biznesni rivojlantirish uchun uning qonuniy asoslar yaratildi. Bularga «Tadbirkorlik faoliyatini erkinliklarining kafolatlari to`g’risida» kabi Qonunlarni kiritish mumkin. Ammo, hozirgi iqtisodiy muhit alohida «Oila tadbirkorligi va uni qo`llab — quvvatlash to`g’risida»gi  Qonunni qabul qilishni taqozo qiladi. Bunday qonunni  yaratilishi tabiiyki, islohotlar jadallashishida, eng muhim, oilalarning farovonligini oshishida asosiy omil bo`lib xizmat qiladi.

SHu tufayli, oila tadbirkorligini rivojlantirish bugungi qunda mamlakatimiz uchun o`ta muhim tadbir ekanligini idrok qilishimiz va unga tegishli e`tibor qaratishimiz lozim.

Shahrimizda turistik-mehmonxona majmualarida moliyaviy-xo’jalik faoliyatini tubdan yaxshilash, ularning iqtisodiy samaradorligini keskin oshirishga erishish lozim. Bunga, asosan, xorijiy turistlar va mahalliy turistlar oqimini ko’paytirish, ularga ko’rsatiladigan xizmatlar sifatini yanada oshirish evaziga erishish mumkin





Download 378,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish