Buxoro viloyatidagi korxonalarda turizmning rivojlanish dinamikasi.
(Buxoro viloyatidagi mexmonxonalarda o’rin-joylarning rivojlanish holati, jumladan xususiy mexmonxonalar).
“O’zbekturizm” MXK ning 1995-2013 yillardagi ma’lumotlari.
III BOB.BUXORO MEXMONXONALARIDA OILAVIY BIZNESNING RIVOJLANISH ISTIQBOLLAR
3.1. Buxoro hududida oilaviy mexmonxonalarning rivojlanish holati
Albatta turizmning rivojlanishi birinchi navbatda turizm industriyasining o’zagi bo’lgan mehmonxonalarning rivojlanishiga ijobiy ta’sir qilar ekan. Chunki, mehmonxona biznesi turizmning ajralmas qismi bo’lib, birinchi navbatda turistlarni qabul qiluvchi va turistlarning datlabki ehtiyojlarini qondiruvchi,murakkab xizmatlarni amalga oshiruvchi eng muxim infratuzilmalardan biri hisoblanadi.Shuning uchun ham XXI asr turizmida mehmonxonalar biznesida nafaqat xizmatlar sonini, turini ko’paytirishga e’tibor berilmoqda, balki ko’rsatilayotgan xizmatlar sifatini va samaradorligini oshirishga kuch berilmoqda, xizmatlarning sifatini va samaradorligini oshirish uchun yangi-yangi texnologiyalar ishlab chiqilmoqda.
Hukumatimiz tomonidan oilaviy biznesni rivojlantirish uchun berilayotgan imtiyozlar tufayli mexmonxona xo’jaligi sohasida ham oilaviy biznes faol rivojlanib kelmoqda.Ayniqsa Buxoro viloyatida.
Buxoro viloyatidagi bir nechta mexmonxonalar oilaviy biznes asosida faoliyat olib bormoqda. Masalan“Sasha & son”, “Ameliya boutique hotels”, “ Old sity”, “Olmos hotel”, “Rustam & Zuxra”, “Matluba & son”, “Nasriddin Navruz”, “Nazira & Azizbek”, “Mubindjan-dom”, “Doston guest house” va boshqalar shular jumlasidandir.
Shulardan bittasi “Doston guest house” yoki boshqacha uni “Doston house Restaurant” deb ham ataydilar.
Restoran Doston house , Buxara
Manzili: K.Kalon ko’chasi, 5 uy
Telefon:+99891 445 27 55
Oshxonasi: Uzbek milliy taomlari
To’lov turi: $ va so’mda.
“Doston guest house” 2009 yildan ishga tushib mehmonlarni qabul qila boshladi. 5 yildan beri kasanachilik asosida faoliyat olib bormoqda.
Restoran (uy) binosi Mirzo David yaxudiyning uyi bo’lgan, qadimiy hovli 2001 yilda Radjabov Dostonning otasi tomonidan sotib olingan va qayta rekonstruksiya qilingan. Hovli g’ishtdan qad rostlagan bo’lib, 2 qavatdan iborat. Birinchi qavatidagi xonalardan ikkitasi faqat restoran, oshxona sifatida ishlatilib ikkata ovqatlanish xonasi (zal) dan iborat. Birinchi zal 45 kishiga mo’ljallangan bo’lsa, ikkinchi zal 20 kishigacha turistga xizmat ko’rsatiladi. Ikkinchi qavatdagi xonalar turistlarning tunashi uchun mo’ljallangan. “Doston house Restaurant”da kommunikatsiya mavjud, ichimlik suvi Shahar Suv-oqava tomonidan ta’minlangan, elektrenergiya esa trans formator stansiyasi orqali ta’minlangan.
“Doston house Restaurant” qulay joyda joylashgan, Restoran (uy) binosi Labi havuz kompleksiga yaqin joyda joylashgan.Aeroportdan Restoran (uy) binosi gacha 15 minutda yetib kelsa bo’ladi.
Restoran (uy) binosining qurilish stili eski shaharning qadimiy uylari kabi ko’xna naqshlar va osori atiqalar yo’nalishida qurilgan. Shubilan birga barcha turistlarning zamoniy talablariga ham javob beradi.
“Doston house” Restaurantning ish faoliyatiga nazar tashlaydigan bo’lsak, oilaviy korxona sifatida ish olib boriladi. Oila boshlig’i (korxona rahbari) Radjabov Doston bir vaqtning o’zida ham raxbar ham ta’minotchi, ham menedjer va shular bilan birgalikda kelgan mexmonlarga xushmuomalali suhbatdosh.U kishining rafiqasi Shodmonova Nargiza opa oshpaz, uzoq qarindoshlari Xamroyev Mansur ofisiant-administrator, Doston akaning o’gli ofisiant yordamchisi bo’lib ishlaydilar va nihoyat , Doston akaning oyijonlar Kursiya aya va Sufiya ayalar o’z hayotiy tajrabalari va maslahatlari bilan galma – galdan o’rin almashib kelib “Doston house” Restaurantning ish faoliyati rovojiga o’z hissalarini qo’shmoqdalar.
Doston aka o’zi Turkiyada “Mexmonxona biznesini yuritish” bo’yicha o’qib kelgan. Bundan tashqari 45 kun AQSHda Restoran biznesi bo’yicha malakasini oshirib kelgan.
Bu oilaviy korxonada kelgan turistga xizmat ko’rsatish bilan bir qatorda, dasturxonga tortiladigan o’zbek milliy taomlarining qanday tayyorlanish jarayoni ham ko’rsatiladi. Bu esa o’z navbatida bu korxonaning boshqalardan ajralib turishini ko’rsatib turadi.
Hozirgi kunda bu korxona o’zining biznes rejasi loyihasini tuzib, faqatgina turistlarga restorant sifatida emas, mexmonxona sifatida ham faoliyat yuritishi uchun litsenziya olishga tayyorgarlik ko’rmoqda.
Asosan Restarant bilan quyidagi turistik firmalari hamkorlikda ish olib borishadi:
-
”Sarrafon travel ” Web sayti: www.sarrafon-travel.uz
E-mail: Info@sarrafon-travel.uz
2. “Orient voyages” Web sayti: www.tour-orient.com
E-mail: office@tour-orient.com
3. “Central Asia Journeys ” Web sayti : www.centralasiajourneys.com
4. “Sarbon – Tour” Incoming travel agency
Web sayti: www.sarbon-tour.com
E-mail: info@sarbon-tour.com
5. “Mocokko- Elite” Web sayti: www.mocokko.com
E-mail: info@mocokko.com
6. “Sun travel ” Web sayti: www.suntravel.uz
E-mail: info@suntravel.uz
7. “Sitara International Ltd.
8.Kets LTD.
9. « Advantour » Web sayti: www.advantour.com/uz
Do'stlaringiz bilan baham: |