O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA
O’RTA-MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
MAVZU: BMT Kodeksida
korrupsiyaga munosabat
BAJARDI:BOZOROV B
BUXORO-2021
BMTTDning O‘zbekistonda korrupsiyani oldini olish
sohasida milliy va xalqaro hamkorlar bilan o‘zaro
faoliyati
REJA:
1.
BMT konvensiyasi
2.
O‘zbekistonda BMTTD milliy hamkorligi
3.
BMT Konvensiyasi
Korrupsiya murakkab ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy hodisa
hisoblanib, u yoki bu darajada u hech qaysi mamlakatni chetlab
o‘tmaydi. Korrupsiya demokratik institutlarga putur yetkazadi,
iqtisodiy o‘sishni pasaytiradi va davlatning poydevorlarini barbod
qiladi.
Shuni ta’kidlash kerakki, BMTning baholashlariga ko‘ra dunyo
bo‘yicha berilgan poralarning umumiy hajmi 1 trillion AQSh
dollarigaga yetadi va bu dunyo yalpi ichki mahsulotining 5%iga
teng demakdir. Butunjahon iqtisodiy forumi ma’lumotlariga ko‘ra
esa, korrupsiya sababli biznesni yuritishga ketadigan xarajatlar
o‘rtacha 10%ga ortadi. Shuningdek u sababli suv
infrastrukturasini qurish bahosini qariyb 40%ga -
ya’ni 12 mlrd
AQSh dollariga oshiradi va bu miqdordagi mablag‘ bir yilda
butun jahonda toza ichimli
k suvi va sanitariyani ta’minlashga
yetadi. Rivojlangan mamlakatlarda sog‘liqni saqlash sohasidagi
soxtakorlik va o‘z lavozimini suiiste’mol qilish oqibatida ba’zi
hukumatlar yiliga 12 mlrddan 23 mlrd AQSh dollarigacha
bo‘lgan qo‘shimcha mablag‘larni sarflashga olib keladi.
Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (BSST) ma’lumotlariga
binoan, butun dunyodagi 25% sotib olinadigan dori vositalari
mansab vazifasini suiiste’mol qilinishi, poraxo‘rlik va boshqa
korrupsiyaga oid faoliyatlar oqibatida yo‘qolishi mumkin ekan.
O‘zbekistonda barcha darajalarda korrupsiyaga qarshi kurash
ketmoqda, shuning jumlasiga mamlakatning korrupsiyaga qarshi
BMT konvensiyasiga qo‘shilganligini aytib o‘tish mumkin.
O‘zbekiston bu Konvensiyani 2008 yilda ratifikatsiya qilgan.
Hozirgi paytda dunyoning 177 mamlakati ushbu Konvensiya
ishtirokchilaridir. Konvensiyaning maqsadlari sifatida
korrupsiyaning oldini olishda samaraliroq va natijaga
yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni qabul qilish va mustahkamlashga
ko‘maklashish, jumladan, aktivlarni qaytarish bo‘yicha chora-
tadbirlar qabul qilish, halollik va pora olmaslik, mas’uliyatni,
shuningdek, davlat ishlari va davlat mulkini tegishli tartibda
boshqarishni rag‘batlantirish kabilarni keltirish mumkin.
O‘zbekistonda BMTTD milliy hamkorlar bilan davlat
organlarining ochiqligi va hisobdorligini oshirish yo‘li bilan
korrupsiyaning oldini olish sohasida o‘zaro faoliyat ko‘rsatadi.
BMTTDning takliflari 2015 yil uchun korrupsiyaga qarshi chora-
tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha majmuaviy rejaning ishlab
chiqilishida aks etgan.
Korrupsiyaning oldini olish sohasidagi hamkorlik samarali
boshqaruv sohasidagi loyihalar portfelida yaqqol namoyon
bo‘ladi va davlat organlarining ochiqligi va oshkoraligi,
davlatning ochiq ma’lumotlari, qonunchilik hujjatlarining
korrupsiyaga qarshi ekspertizasi, qonunchilik hujjatlarini tartibga
solish ta’sirni baholash tizimi (QHTSTBT), davlat xizmatiga
konkurs asosida qabul qilish va mansabdor shaxslarning kasbiy
ahloq kodeksi kabi masalalarni qamrab oladi. Bundan tashqari
qator davlat xizmatlari bo‘yicha ma’muriy tartiblarni
soddalashtirish, masofadan elektron davlat xizmatlarini
ko‘rsatish, milliy darajada va tajriba viloyatlarida ochiq
ma’lumotlar portali, Oliy sud rasmiy veb-saytini, shuningdek,
xo‘jalik sudlarida audio-video yozib olish tizimini modernizatsiya
qilish kabilarni ta’kidlash mumkin. Korrupsiyaning oldini olishda
xalqaro hamkorlikni qo‘llab quvvatlash uchun 2015 yilning iyun-
iyul oylarida
O‘zbekistondagi BMTTD BMTning korrupsiyaga
qarshi Konvensiyasi bo‘yicha mamlakat
majburiyatlarining
va
korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha
Istanbul harakat rejasi
ni bajarilishini o’rganuvchi missiyaning
tashrifini tashkil qilishga texnik ko‘mak ko‘rsatdi.
Shunisi diqqatga sazovorki, BMTTD O‘zbekistondagi BMTning
Narkotik va jinoyatchilikka qarshi kurash tashkiloti (UNODC)
bilan hamkorlikda Bosh prokuraturada mamlakatda
korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlarni
tushuntirish, tadbirkorlikni mansabni suiiste’mol qilish va
buyruqbozlik to‘siqlaridan himoyalash, prokuratura organlari
fa
oliyatining ochiqligi va oshkoraligiga bag‘ishlangan ochiq
eshiklar kunlarini o‘tkazishni tashkil qilmoqda. Bu chora-tadbirlar
korrupsiya muammolari va korrupsiyaning oldini olish va u bilan
kurashishda Konvensiyaning rolini tushunishni chuqurlashtirish
uc
hun BMT Bosh Assambleyasi tomonidan e’lon qilingan va har
yili 9 dekabrda nishonlanadigan Korrupsiyaga qarshi kurash
xalqaro kuni doirasida amalga oshirilmoqda. 2003 yilning ayni
shu kuni Korrupsiyaga qarshi BMT Konvensiyasi imzolash
uchun ochilgan edi.
Ja
hon bo‘ylab barcha hukumatlar, biznes tuzilmalar, fuqarolik
jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolar bu
jinoyatga qarshi kurashda o‘z harakatlarini birlashtirmoqdalar.
Hamkorlikdagi xalqaro kampaniya 2015 (
#breakthechain
– bu
yovuzlik iskanjasini parchalashga yordam ber) korrupsiyaning
demokratiya va qonun ustuvorligini qanday buzayotganligi,
inson huquqlarining buzilishiga olib kelayotgani, bozorlarga
talofat yetkazayotgani, hayot sifatini pasaytirishi va uyushgan
jinoyatchilik, terrorizm va inson xavfsizligining boshqa tahdidlari
rivojlanishiga imkon yaratishini ko‘rsatib berishga bag‘ishlangan.
Mazkur kampaniya dunyoning ijtimoiy tarmoqlarida ham keng
yoritilmoqda.
#breakthechain
kampaniyasi tashkilotchilari kompleks jinoyat
sanalgan korrupsiya ko‘plab iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda
mavjud ekaniga e’tibor qaratmoqdalar. Korrupsiyaga qarshi
kurash barqaror rivojlantirish, xususan, qashshoqlikka barham
berish, sayyoramizni himoya qilish va ijtimoiy tenglikni
ta’minlash sohalarida maqsadga erishishning muhim tomoni
hisoblanadi.
O‘zbekistonda BMTTD davlat sektorida korrupsiyaning oldini
olish sohasida milliy hamkorlar bilan hamkorlikni davom
ettirishga tayyor. Bu ustuvor jihatlar BMTning O‘zbekistondagi
vakolatxonasi tomonidan 2016-
2020 yillarga mo‘ljallangan
Taraqqiyotga ko‘mak dasturi (UNDAF)da O‘zbekiston Hukumati
bilan birgalikda belgilanib, kelishib olingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |