O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta-maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti



Download 0,61 Mb.
Pdf ko'rish
Sana31.12.2021
Hajmi0,61 Mb.
#207992
Bog'liq
Falsafa.Maruza



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA  

O’RTA-MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 

BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 

 



MAVZU: BMT Kodeksida 

korrupsiyaga munosabat 

 

BAJARDI:BOZOROV B  



                          

 

 



 

BUXORO-2021 




BMTTDning O‘zbekistonda korrupsiyani oldini olish 

sohasida milliy va xalqaro hamkorlar bilan o‘zaro 

faoliyati                      

REJA: 

1. 

BMT konvensiyasi 

2. 

O‘zbekistonda BMTTD milliy hamkorligi

 

3. 

BMT Konvensiyasi

 

 

 

 



 

 

 



 

 



Korrupsiya murakkab ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy hodisa 

hisoblanib, u yoki bu darajada u hech qaysi mamlakatni chetlab 

o‘tmaydi. Korrupsiya demokratik institutlarga putur yetkazadi, 

iqtisodiy o‘sishni pasaytiradi va davlatning poydevorlarini barbod 

qiladi. 

Shuni ta’kidlash kerakki, BMTning baholashlariga ko‘ra dunyo 

bo‘yicha berilgan poralarning umumiy hajmi 1 trillion AQSh 

dollarigaga yetadi va bu dunyo yalpi ichki mahsulotining 5%iga 

teng demakdir. Butunjahon iqtisodiy forumi ma’lumotlariga ko‘ra 

esa, korrupsiya sababli biznesni yuritishga ketadigan xarajatlar 

o‘rtacha 10%ga ortadi. Shuningdek u sababli suv 

infrastrukturasini qurish bahosini qariyb 40%ga - 

ya’ni 12 mlrd 

AQSh dollariga oshiradi va bu miqdordagi mablag‘ bir yilda 

butun jahonda toza ichimli

k suvi va sanitariyani ta’minlashga 

yetadi. Rivojlangan mamlakatlarda sog‘liqni saqlash sohasidagi 

soxtakorlik va o‘z lavozimini suiiste’mol qilish oqibatida ba’zi 

hukumatlar yiliga 12 mlrddan 23 mlrd AQSh dollarigacha 

bo‘lgan qo‘shimcha mablag‘larni sarflashga olib keladi. 

Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (BSST) ma’lumotlariga 

binoan, butun dunyodagi 25% sotib olinadigan dori vositalari 

mansab vazifasini suiiste’mol qilinishi, poraxo‘rlik va boshqa 

korrupsiyaga oid faoliyatlar oqibatida yo‘qolishi mumkin ekan. 

O‘zbekistonda barcha darajalarda korrupsiyaga qarshi kurash 

ketmoqda, shuning jumlasiga mamlakatning korrupsiyaga qarshi 

BMT konvensiyasiga qo‘shilganligini aytib o‘tish mumkin. 

O‘zbekiston bu Konvensiyani 2008 yilda ratifikatsiya qilgan. 

Hozirgi paytda dunyoning 177 mamlakati ushbu Konvensiya 

ishtirokchilaridir. Konvensiyaning maqsadlari sifatida 

korrupsiyaning oldini olishda samaraliroq va natijaga 

yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni qabul qilish va mustahkamlashga 

ko‘maklashish, jumladan, aktivlarni qaytarish bo‘yicha chora-

tadbirlar qabul qilish, halollik va pora olmaslik, mas’uliyatni, 

shuningdek, davlat ishlari va davlat mulkini tegishli tartibda 

boshqarishni rag‘batlantirish kabilarni keltirish mumkin. 

O‘zbekistonda BMTTD milliy hamkorlar bilan davlat 

organlarining ochiqligi va hisobdorligini oshirish yo‘li bilan 

korrupsiyaning oldini olish sohasida o‘zaro faoliyat ko‘rsatadi. 



BMTTDning takliflari 2015 yil uchun korrupsiyaga qarshi chora-

tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha majmuaviy rejaning ishlab 

chiqilishida aks etgan. 

Korrupsiyaning oldini olish sohasidagi hamkorlik samarali 

boshqaruv sohasidagi loyihalar portfelida yaqqol namoyon 

bo‘ladi va davlat organlarining ochiqligi va oshkoraligi, 

davlatning ochiq ma’lumotlari, qonunchilik hujjatlarining 

korrupsiyaga qarshi ekspertizasi, qonunchilik hujjatlarini tartibga 

solish ta’sirni baholash tizimi (QHTSTBT), davlat xizmatiga 

konkurs asosida qabul qilish va mansabdor shaxslarning kasbiy 

ahloq kodeksi kabi masalalarni qamrab oladi. Bundan tashqari 

qator davlat xizmatlari bo‘yicha ma’muriy tartiblarni 

soddalashtirish, masofadan elektron davlat xizmatlarini 

ko‘rsatish, milliy darajada va tajriba viloyatlarida ochiq 

ma’lumotlar portali, Oliy sud rasmiy veb-saytini, shuningdek, 

xo‘jalik sudlarida audio-video yozib olish tizimini modernizatsiya 

qilish kabilarni ta’kidlash mumkin. Korrupsiyaning oldini olishda 

xalqaro hamkorlikni qo‘llab quvvatlash uchun 2015 yilning iyun-

iyul oylarida 

O‘zbekistondagi BMTTD BMTning korrupsiyaga 

qarshi Konvensiyasi bo‘yicha mamlakat 

majburiyatlarining 

 va 

 

korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha 



Istanbul harakat rejasi

ni bajarilishini o’rganuvchi missiyaning 

tashrifini tashkil qilishga texnik ko‘mak ko‘rsatdi. 

Shunisi diqqatga sazovorki, BMTTD O‘zbekistondagi BMTning 

Narkotik va jinoyatchilikka qarshi kurash tashkiloti (UNODC) 

bilan hamkorlikda Bosh prokuraturada mamlakatda 

korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlarni 

tushuntirish, tadbirkorlikni mansabni suiiste’mol qilish va 

buyruqbozlik to‘siqlaridan himoyalash, prokuratura organlari 

fa

oliyatining ochiqligi va oshkoraligiga bag‘ishlangan ochiq 



eshiklar kunlarini o‘tkazishni tashkil qilmoqda. Bu chora-tadbirlar 

korrupsiya muammolari va korrupsiyaning oldini olish va u bilan 

kurashishda Konvensiyaning rolini tushunishni chuqurlashtirish 

uc

hun BMT Bosh Assambleyasi tomonidan e’lon qilingan va har 



yili 9 dekabrda nishonlanadigan Korrupsiyaga qarshi kurash 

xalqaro kuni doirasida amalga oshirilmoqda. 2003 yilning ayni 

shu kuni Korrupsiyaga qarshi BMT Konvensiyasi imzolash 

uchun ochilgan edi. 




Ja

hon bo‘ylab barcha hukumatlar, biznes tuzilmalar, fuqarolik 

jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolar bu 

jinoyatga qarshi kurashda o‘z harakatlarini birlashtirmoqdalar. 

Hamkorlikdagi xalqaro kampaniya 2015 (

#breakthechain

 

– bu 



yovuzlik iskanjasini parchalashga yordam ber) korrupsiyaning 

demokratiya va qonun ustuvorligini qanday buzayotganligi, 

inson huquqlarining buzilishiga olib kelayotgani, bozorlarga 

talofat yetkazayotgani, hayot sifatini pasaytirishi va uyushgan 

jinoyatchilik, terrorizm va inson xavfsizligining boshqa tahdidlari 

rivojlanishiga imkon yaratishini ko‘rsatib berishga bag‘ishlangan. 

Mazkur kampaniya dunyoning ijtimoiy tarmoqlarida ham keng 

yoritilmoqda. 

#breakthechain

 kampaniyasi tashkilotchilari kompleks jinoyat 

sanalgan korrupsiya ko‘plab iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda 

mavjud ekaniga e’tibor qaratmoqdalar. Korrupsiyaga qarshi 

kurash barqaror rivojlantirish, xususan, qashshoqlikka barham 

berish, sayyoramizni himoya qilish va ijtimoiy tenglikni 

ta’minlash sohalarida maqsadga erishishning muhim tomoni 

hisoblanadi. 

O‘zbekistonda BMTTD davlat sektorida korrupsiyaning oldini 

olish sohasida milliy hamkorlar bilan hamkorlikni davom 

ettirishga tayyor. Bu ustuvor jihatlar BMTning O‘zbekistondagi 

vakolatxonasi tomonidan 2016-

2020 yillarga mo‘ljallangan 

Taraqqiyotga ko‘mak dasturi (UNDAF)da O‘zbekiston Hukumati 



bilan birgalikda belgilanib, kelishib olingan. 

 

Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish