«JIT» tizimi bo‘yicha boshqaruv hisobini tashkil etish. Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda ishlab chiqaruvchilar faoliyati ishlab chiqarishga xarajatlarni maksimal darajada kamaytirib, yuksak sifatli va raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishga mo‘ljallangan bo‘lmog‘i lozim. Bunday sharoitda ishlab chiqarishni boshqarish va mehnatni tashkil etishda iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarda qo‘llaniladigan ilg‘or shakl va uslublardan foydalanish aloxida ahamiyat kasb etmoqda. Shu munosabat bilan bizda «JIT» («Just-in-time», ya’ni «aniq muddatda») tizimi bo‘yicha ishlab chiqa-rishni boshqarish usuli alohida qiziqish uyg‘otadi.
«JIT» tizimi xarajati XX asr 70-yillarida Yaponiyada «Toyota» kompaniyasida paydo bo‘ldi va hozirgi vaqtda mamlakatning juda ko‘p sanoati rivojlangan mamlakatlarda muvaffaqiyatli qo‘llanmoqda. Bu tizimning Yaponiyadagi belgisi o‘rnida «Kenbon», ya’ni «kartochka» yoki «yozuvning vizual tizimi» atamalari ishlatiladi. «JIT» atamasi inglizcha so‘z bo‘lib, muqobili bo‘lmagani uchun Yapon ishbilarmonlari uni qo‘llagan bo‘lishi mumkin.
«JIT» tizimining mohiyati mahsulotni yirik turkumlarda ishlab chiqarishdan voz kechishdir. Buning o‘rniga uzluksiz-oqimli buyumli ishlab chiqarish yaratiladi. Bunda ishlab chiqarishssexlari va uchastkalari maydamayda turkumlar bilan ta’minlanadi, donalab mahsulot chiqarila boshlaydi. Manzur tizim tovar-materiallar zaxiralari mavjudligiga dardi bedavo deb qaraydi. Saqlashga ko‘p xarajatlar talab etib, katta moddiy zaxiralar moliyaviy resurslar, korxona sa’y-harakatlaridan va raqobatbardoshligi etishmasligi Yuzaga keladi. Amaliyot nuqtai-nazaridan «JIT» ning bosh maqsadi har qanday ortiqcha sarflarni yo‘qqa chiqarish va korxona ishlab chiqarish quvvatidan samarali foydalanishdir.
«JIT» tizimida mahsulotni bozorga chiqarish, an’anaviy usulga qaraganda hiyla talabchanlik bilan amalga oshadi. Ushbu tizimda mahsulotni xaridor nechta so‘rasa, Shunga ishlab chiqarish talab etiladi va butun jarayon davomida Shu usul qo‘llaniladi. Ishlab chiqarish jarayoni to keyingi operatsiya joyidan mahsulotga talab kelmaguncha boshlanmay turadi. Ishlab chiqarish jarayonida kerakli detallar, qismlar va materialar foydalanish vaqtidagina etkazib beriladi.
«JIT» tizimi ishlab chiqarilayotgan turkum miqdorini kamaytirishni, tugallanmagan mahsulot (ishlab chiqarish)ni amalda yo‘qqa chiqarishni, tovar-material zaxiralari hajmini eng kam darajaga keltirish va ishlab chiqarish buyurtmalarining oylar va haftalar bo‘yicha emas, balki kunlar va soatlar bo‘yicha bajarishni ko‘zda tutadi. Bunday sharoitda ishlab chiqarish hisobi tizimi ham soddalashadi, chunki ishlab chiqarishga ketadigan materiallar va xizmatlar hisobini birgina yaxlitlashgan hisobda amalga oshirish imko-niyati paydo bo‘ladi. Bundan tashqari, ushbu tizimni qo‘llash chog‘ida korxona xarajatlarining bir qismi bevosita razryadidan bilvosita razryadiga o‘tadi. Masalan, «JIT» tizimi bo‘yicha ishlab chiqarishni tashkil etish sharoitida ishlab chiqarish liniyalaridan ishchilar ya’ni texnik xizmat, ta’mir va sozlash ishlarini ham bajarishlari kerak bo‘ladi, aslida bo‘larni boshqa ishchilar bajarar va bilvosita xarajatlarga kiritishar edi. Bu, o‘z navbatida, mahsulot birligi tannarxini aniqligini oshiradi.
Qiymatni boshqarish ishlab chiqarish hisobidan Shu bilan farq qiladiki, bunda xarajatlar tovar-material zaxiralariga va moliyaviy hisobotga bevosita ta’sir ko‘rsatadimi-yo‘qmi — qat’iy nazar, xarajatlar darajasi boshqariladi. «JIT» tamoyillarini qo‘llash ishlab chiqarish xarajatlari jarayonini soddalashtiradi va sarflarni boshqarish va nazorat qilishda menenjerlarga yordam beradi. Bunday soddalashtirish mahsulot sifatini yaxshilashga, yaxshi xizmat qilishga va narxni yaxshi baholashga olib keladi. An’anaviy tarzda ishlab chiqarish hisobi tizimi ko‘plab hisob uchyot operatsiyalari va hisobot ma’lumotlari bilan yanada murakkab tizimga aylana boradi. Bu jarayonning soddalashishi ishlab chiqarish hisobi tizimini narx-ni boshqarish tizimiga aylantiradi. «JIT» uchyot tizimida materiallar va tugallanmagan mahsulot hisobi bitta yaxlit hisobda olib boriladi. Bunday sharoitlarda materiallarning omboridagi zaxiralar ustidan nazorat uchun alohida hisobdan foydalanish o‘z dolzarbligini yo‘qotadi. Moddiy boyliklar harakati bo‘yicha buxgalteriya qaydlari quyidagi tarzda amalga oshiriladi:
1. Pudratchilardan moddiy zaxiralarning kelib tushishi:
«Tugallanmagan mahsulotdagi resurslar» hisob Dti;
«Pudratchilar bilan hisob-kitoblar» hisob Kti.
2. Tayyor mahsulotni chiqarish va sotish «Sotishlar» hisob Dti.
«Tugallanmagan mahsulotdagi resurslar» hisob Kti.
«JIT» uchyot tizimini qo‘llashda mehnatga haq to‘lash va zavodning qo‘shimcha sarflarga ketgan xarajatlari ishlab chiqarish hiso-biga yozilmaydi. Bevosita mehnatga umumzavod qo‘shimcha sarflarining qo‘shimcha qismi sifatida qaraladi. Zavodning qo‘shimcha sarflari mehnatga haq to‘lash xarajatlari bilan birgalikda bevosita sotilgan mahsulot tannarxiga yoziladi. Ularning buyumlar ishlab chiqarish tannarxiga yozilishi, ya’ni «Tugallanmagan mahsulotdagi resurslar» hisob raqamida aks ettirilishi bunday sharoitda hech qanday ma’noga ega emas.
An’anaviy ishlab chiqarish tashkil etilgan ko‘plab korxonalarda ishlab chiqarish hisobi sohasida harakatlarning katta qismi meh-nat xarajatlari va qo‘shimcha sarflar bo‘yicha me’yoriy xarajatlarni tatbiq etishga, Shuningdek, bu me’yoriy xarajatlar eski og‘ishlar hisobini ham aniqlashiga sarf qilinadi. Korxona darajasida og‘ishlar tahlilidan foydalanish saqlanib qoladi, biroq har bir muayyan hodisa uchun og‘ishlarni mutlaq ahamiyati nuqtai-nazaridan asosiy e’tibor ishlab chiqarish jarayonini rivojlantirishning ma’lum tendensiyalari hisobiga o‘tadi.
Bundan tashqari, samaradorlikning ishlab chiqarish hisobini ko‘plab tizimlarida e’tirof etilgan an’anaviy ko‘rsatkichlari (masalan, mahsulot ishlab chiqarish me’yorini bajarilishi va uskunalardan foydalanish koeffitsienti), «JIT» tizimidagi narxni boshqa-rish tamoyillari doirasiga kiritilmaydi, Bunday nomuvofiqlik sabablari quyidagicha:
Bu barcha ko‘rsatkichlar aniq vaqt rejimidagi zaruriy ehtiyojlar hisobisiz tovar-moddiy boyliklar shakllanishini kuchaytiradi;
Ko‘proq me’yoriy ko‘rsatkichlar bo‘yicha samaradorlikni baholash tamoyiliga ergashish sotish hajmi va mahsulot sifati ustidan ishlab chiqarish hajmining ustuvorligiga olib keladi;
Ko‘pgina korxonalarda bevosita mehnat xarajatlari mahsulot ishlab chiqarishga ketgan to‘liq xarajatlar kattaligining 5-15% gachasini tashkil etadi.
Uskunalardan foydalanish koeffitsientini qo‘llashning maqbo‘lligi, tovar-moddiy boyliklari zaxiralarining ehtiyoji oshishiga imkon beradi.
«JIT» tizimini qo‘llashda buyurtmani bajarishga ishonch o‘sadi, chunki materiallarning sotib olish va saqlashga ancha oz vaqt ketadi. Buyurtmani bajarish jarayonining qisqarishi va uni bajarish hisobi ham zaxiradagi ehtiyojning jiddiy kamayishiga imkon tug‘diradi. Bu ehtimol to‘tilgan etishmovchiliklarning oldini olish uchun saqlanadigan zaxiralarning qo‘shimcha uchyotlari birligini o‘zida namoyon etadi. Bunday sharoitda ishlab chiqarish grafigi ishlab chiqarish rejasi istiqboli doirasida qisqaradi. Bu bozor tuzilmasining o‘zgarishini hisobga olish uchun zarar bo‘lgan vaqtdan yo‘tishga imkon beradi.
Ushbu tizimni qo‘llaganda mahsulot sifatining yaxshilanishi kuzatiladi. Buyurilgan mahsulot miqdori katta bo‘lmaganda sifat bilan bog‘liq muammo engil hal bo‘ladi va tuzatishlar tezlik bilan kiritiladi. Bunday sharoitda ko‘pgina firmalarning ishchilarida sifat haqidagi tushuncha ortadi, o‘z navbatida ish joylaridagi mahsulot sifati ham yaxshilanadi.
«JIT»ning boshqa afzalliklari:
Materiallar va tayyor mahsulotlar zaxiralari uchun omborxonalargan kapital xarajatlar kamayadi.
Zaxiralarning ma’naviy jihatdan eskirish tavakkali kamayadi.
Brak tufayli zarar ko‘rish kamayadi va qayta ishlash hara-jatlari ozayadi.
Xarajatlarning hajmi qisqaradi.
5. Sifatini oshirish hisobiga asosiy ishlab chiqarish materiallari xarajatlari kamayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |