«Besh minutlik esse» texnologiyasi
Yozma vazifaning ushbu turi dars oxirida qo'llaniladi.Uning maqsadi
o'quvchilarda o'rganilayotgan mavzu bo'yicha bilimlariga xulosa yasashni
o'rgatish bo'lsa, o'qituvchi uchun o'quvchilar ongida nimalar ro'y
berayotganligini bilishdan iborat. O'quvchilardan quyidagi ikki vazifani:
mazkur mavzu bo'yicha nimalarni bilib olganliklari va o'zlari javob ololmagan
biror savolni yozib berish so'raladi.O'qituvchi yozma ishlarni darhol yig'ib
oladi, ularni tahlil etib, natijalaridan keyingi darsni rejalashtirishda foydalanishi
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |