“Boychechak” – bolalar kuylaydigan mavsumiy va marosim qo‘shig‘i.
Boychechak qadimda Navro‘z elchisi sifatida bolalar quvonchiga sabab bo‘lgan.
Undan guldastalar yasashgan bolakaylar hovlima-hovli yurib, qo‘shiq kuylab,
boychechak ulashib, bahor xabarini berib, suyunchi olishgan. Uning xush
kayfiyatda kuylanishi, “Qattiq yerdan qatalab chiqqan boychechak, Yumshoq
yerdan yumalab chiqqan boychechak” naqarotining mazmun mohiyati katta-yu
kichikka birdek tushunarli. Biroq qo‘shiqni yod olgan, zavqqa to‘lib kuylagan
kichkintoylar uning mazmunini teran anglaganlaridagina xalq madaniy tarixi,
milliy qadriyatlarimizdan voqif bo‘ladilar. Qo‘shiqning birinchi bandi shunday
boshlanadi:
Boychechagim boylandi,
Qozon to‘la ayrondir.
Ayroningdan bermasang,
Qozon-tovog‘ing vayrondir.
Qo‘shiqda qadimgi ajdodlarimizning ilk bahor kunlaridagi “qozon to`ldi” marosimi
va bahor kelganiga ishora qilinayotir. Negaki, boychechak bahor elchisi ekan, endi
yaylovda o‘t-o‘lanlar ko‘karadi, sigir-echkilar suti ko‘payadi, issiq boshlanishi bilan
9
Quronov D.va boshq. Adabiyotshunoslik lug`ati. Toshkent, “Akademnashr”, 2010.–B.384
39
hamma ayronxo‘rlikka o‘tadi. Kishilarning qozon to‘ldirib ayron tayyorlashi va bir-
birlariga ulashishi xayrli udumlardan sanalib, xalqda uni bir-biridan qizg‘anganda
ro‘zg‘orga putur yetishi mumkinligi
inonchini
paydo qilgan.
Boychechak haqidagi qo‘shiqlarning
genezis
i juda qadimiy davrlar bilan bog‘liqligi
qo‘shiqning keyingi bandida ko‘rinadi:
Boychechakni tutdilar,
Tut yog`ochga osdilar,
Qilich bilan chopdilar,
Baxmal bilan yopdilar.
Bu tarixan hosildorlik kulti bilan bog‘liqligini zamondosh o‘quvchiga
tushuntirish lozim. Folklorshunos olimlar e’tiroficha, o‘simliklar kultining paydo
bo‘lishi ibtidoiy madaniyat davri bilan bog‘liq bo‘lib, qadim inonchlardan biridir.
“Arxaik dunyoqarashda, – deb yozadi A.Musaqulov,– butun tabiat kabi o‘simliklar
ham jonli va ongli, deb tushunilgan va ko‘pgina xalqlar o‘zlarining ilk ajdodlarini
o‘simliklar totemi bilan bog‘lashgan”
10
.
Boychechak – badavlat, muqaddas, ilohiy gul degan ma’nolarga ham ega.
Olimlar ta’kidicha, qo‘shiqlarda boychechak to‘ng‘ich go‘zal qizga o‘xshatiladi.
Yuqoridagi misralar ham shu ma’noda juda qadim davrlarda ko‘klamgi
marosimlarda qizlarni qurbonlik qilish marosimidan nishona ekani e’tirof etilgan.
Qo‘shiqdagi:
Boychechakni tutdilar,
Tut yog‘ochga osdilar.
Qilich bilan chopdilar,
Baxmal bilan yopdilar.
misralari shunday talqinga asos bo‘lgan. Zotan unda ta’riflangan boychechak – erta
bahorda ochilgan gul ekanligi bilan birga tarixiy hodisalarning umumlashma obrazi
hamdir. Qo‘shiq tugagach, boychechakxonlarga sovg‘a-salomlar berishgan. Bolalar
bularni o‘zaro bo‘lishib olgan, hammalari birgalikda mehmonnavozlik qilishib,
xalqimizning mehmondorchilik an’analarini o‘zlashtirishgan. Shu ma’noda:
Boychechagim boylandi,
Ko‘chama-ko‘cha aylandi.
Boychechagim ko`k somsa,
Cho‘ntaklarga joylandi,–
misralari orqali bolalarning ilk boychechakni olib, hovlima-hovli suyunchi so‘rashi,
keksalar uni yuzlariga sutib, “omonlik-omonlik”,– deya yeguliklar, pullar berishlari,
ko‘k somsalar pishirishlari poetik ifodalangan.
Bolalarning qo‘shiqqa bo‘lgan kuchli moyilligi ular faoliyatining asosini tashkil
etuvchi o‘yinlarda ham namoyon bo‘ladi. Ular bir-birlarini o‘yinga qo‘shiq aytib
chaqirish asosida
chorlama
lar, o‘yinda ishtirok etadigan bolalar tarkibini aniqlashda
cheklashmachoq
lar, navbat aniqlashda
sanamalar
, shuningdek, o‘yin nihoyasida
10
Musaqulov A. O‘zbek xalq lirikasi. T., “Fan”, 2010. –B.207.
40
tarqalmachoqlar
kuylashgan. Bularning har biri bolalar folklorining mustaqil poetik
janrlari hisoblanadi.
Albatta, davrlar, avlodlar yangilanishi bilan bunday o‘yin- qo‘shiqlar ham
o‘zgarib, yangicha mazmun-mohiyat kasb etishi tayin. Xususan, turli sport
o‘yinlari, anjomlari va mashg‘ulotlari keng miqyosda ommalashib bormoqda.
Shunday bo‘lsa-da, xalq ijodining ko`pgina namunalari bolalar ma’naviy olamini
boyitishda hamon hissa qo‘shib kelmoqda. Bolalar repertuarida ibtidoiy
ajdodlarimizning qadimgi animistik va totemistik aqidalari asosida shakllanib,
endilikda o‘sha mohiyatini yo‘qotgan ya linchoqlar va hukmlagichlar hamon
yashamoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |