O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat univеrsitеti



Download 7,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet165/190
Sana16.07.2021
Hajmi7,84 Mb.
#120887
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   190
Bog'liq
bolalar adabiyoti

Samuil  Yakovlevich  Marshak(1887-1964)  o‘zidan  keyin  juda  katta  hamda 
serqirra  ijodiy  meros  qoldirgan.  Uning  bolalar  va  kattalar  uchun  she’rlar,  o‘qish 
hamda namoyish qilish uchun ertaklar, satirik epigrammalar, tarjimalar, tanqidiy va 
memuar  nasriy  asarlari  shu  ma’noda  e’tirofli.Zero,  uning  hayotidagi  asosiy  ishi 
bolalar  adabiyoti  bo‘lganligini  ta’kidlab  o‘tish  joiz.  U  avvalo,  rus  bolalar 
adabiyotida  kichkintoylar  uchun  katta  she’riyat  yaratib  bergan  mohir  san’atkor, 
taniqli tarjimon, yetuk dramaturg, mohir pedagog va bilimdon muharrirdir. 
1927-1937-yillarda bolalar yozuvchilarini o‘ziga jalb etadigan markazlar  – bu 
bolalar  folklorining  tadqiqotchisi  O.I.Kapitsa  tomonidan  tashkil  etilgan  to‘garak, 
Detizdatning  (“Bolalar  nashriyoti”)  Leningraddagi  nashriyoti  “Yangi  Robinzon”, 
“Чижь”  va  “Ёжьj”(Tipratikan)  bolalar  jurnallarining  nashriyoti  edi.  Bunda  asta-
sekin  hamfikrlar  doirasi  paydo  bo‘la  boshladi.  Bolalar  uchun  yozilgan  asarlar 
mualliflari,  chunonchi,  B.A.Lebedev,  E.L.Shvars,  T.G.Gobbe,  A.I.Lyubarskaya, 
L.K.Chukovskaya  kabilarni  adabiyotshunos  I.A.Raxtanov  “Marshak  akademiyasi” 
deb  atagan  edi.  “Akademiya”da  muharrirlik  san’ati  sayqal  topayotgan,  yosh 
mualliflar  bilan  ishlash  usullari  ishlab  chiqilayotgan  edi.  Binobarin,  kelajakda 
bolalar  adabiyotining  mumtoz  vakillariga  aylangan  yozuvchi,  shoirlar  shular 
davrasidan  chiqqan  edi.  Masalan,  L.Panteleev,  D.Xarms,  A.I.Vvedenskiy, 
N.A.Zabolotskiy va boshqalar . 
Samuil  Yakovlevich  Marshak  20-yillarda  o‘zining  she’r,  ertak  va  poemalari 
bilan yosh kitobxonlarning sevimli shoiri sifatida tanildi. “Qayerda ovqatlanding, ey 
chumchuq”,  “Ahmoq  sichqoncha  haqida  ertak”,  “Kecha  va  bugun”,  “Sirk”  va 
boshqa  shu  kabi  mashhur  asarlari  o‘sha  yillarda  maydonga  kelgan  edi. 
 
S.Y.Marshak rus bolalar adabiyotini rivojlantirish uchun A.M.Gorkiy hamda 
V.V.Mayakovskiylar  bilan  yelkama-yelka  turib  mehnat  qildi.  1939-yilda 
Marshakning “Petya nimadan qo‘rqar edi?”, “Korablcha” singari mashhur she’rlari 
bosilib  chiqdi.  Vatan  urushi  davrida  shoir  ijodining  asosiy  temasini  urush, 
bosqinchilarga  qarshi  kurash  mavzui  tashkil  etdi.  Ayniqsa,  1943-yilda  yaratilgan 
“O‘n  ikki  oy”  nomli  ertak-dramasi  tez  orada  millionlab  yosh  kitobxonlar  orasida 
mashhur bo‘lib ketdi. 


317 
 
S.Y.Marshakning  nomini  olamga  yoygan,  bolalar  shoiri  sifatida  tanitgan 
she’rlaridan  biri  “Ahmoq  sichqoncha  haqida  ertak”dir.  Bu  ertakda  shoir  bolalar 
xayoti va xarakteriga mos bo‘lgan qiziqarli sujet topa olgan. Kimki o‘ziga ortiqcha 
oro  bersa,  oqibatini  o‘ylamay  ko‘r-ko‘rona  ish  tutsa,  o‘zidan  kattalarning  pand-
nasihatiga  amal  qilmasa,  hayotda  ko‘p  narsa  yutqazadi,  o‘z  baxtini  qo‘ldan  boy 
beradi,  degan  fikr  ertakning  asosiy  g‘oyaviy  mazmunini  tashkil  etadi. 
 
S.Y.Marshak  “Ahmoq  sichqoncha  haqida  ertak”  asarida  majoziy  obrazlar 
orqali  bolalar  hayotiga  oid  muhim  masalalarni  ilgari  suradi.  Shoir  noshukur, 
farosatsiz, mehnatsiz  kun kechiruvchilarni  ahmoq  sichqoncha  obrazi  misolida  fosh 
qiladi.  S.Y.Marshak  “Yong‘in”,  “Pochta”,  “Musobaqalar  doskasi”  asarlari  bilan 
ham rus bolalar adabiyoti taraqqiyotiga katta hissa qo‘shdi. 
Shoir o‘zining  “Stol kelgan qayerdan?” degan  she’rida  maktab  mebellari  o‘z-
o‘zidan paydo bo‘lib qolmaganligini, buning uchun kattalarning qanchadan-qancha 
vaqtlari,  mehnatlari  sarf  etilganligini  tushuntirib  bersa,  “Bir  yil  nima”  asarida  esa 
juda  qimmatli  vaqtini  behuda  o‘tkazib,  maktabda  yaxshi  o‘qimay,  o‘qituvchi-
ustozlarning  pand-nasihatlariga  amal  qilmay,  o‘z  vaqtida  darslarini  tayyorlamay, 
natijada sinfdan-sinfga o‘ta olmay xijolat bo‘lib yuradigan qoloqlarga qarata: 
Dalalarda saranjom ish
Zavodda ham plan qoyil
Maktabda yo‘q, 
Qoloqlar hech. 
Bil, bir sinfda o‘qish– 
Bir yil! 
Marshak  uchun  bolalar  adabiyotida  mayda-chuyda  yo‘q  edi.  O‘quvchining 
yoshi  qancha  kichik  bo‘lsa,  u  bus-butunligicha  qabul  qilayotgan  kitobga  bo‘lgan 
talabi  ham  shuncha  jiddiy,  ya’ni  uning  mazmuniga,  tiliga,  bezaklariga,  shirifti  va 
formatiga, nomerning sifatiga… Marshak ishlanmagan yoki qolip so‘z va fikrlarni, 
shuningdek  o‘chirilgan  so‘zlarni  umuman  hazm  qila  olmasdi.  Uning  shiori: 
“Kichiklar uchun katta adabiyot” deb jaranglardi. 
Dramaturgiya Marshak uchun bolalar adabiyotiga kirib kelishida ilk pog‘onani 
o‘tagan.  1920-yillarning  boshlarida  u  Krasnodarsk  bolalar  teatri  uchun  bir  qator 
ertak-pyesalar  yozdi.  Ular  orasida  “Mushuk  uyi”,  “Echki  haqida  ertak”, 
“Petrushka”,  “Qayg‘u-yomon  baxt”  kabilar  keng  tarqalgan.  Keyinchalik  Marshak 
bu  ertaklarni  qayta  ishlab  chiqqan.  Birinchi  pyesalari  folklordan  unib  chiqqan 
bo‘lib,  sho‘x,  harakatli  o‘yinlarni  eslatadi.  Ularning  voqeligi  atayin  sodda,  ammo 
nozik  did  va  yumor  bilan  yo‘g‘rilgan.  Obrazlari  ham  oddiy,  ayni  paytda  juda 
moslashuvchan,muloyim.Personajlarning  monologlari  hamda  replikalarida  juda 
ko‘p  so‘z  ishlatilmaydi,  ammo  ular  juda  ifodali.  Pyesalarning  o‘ziga  xosligi  –
epizodlarning  takrorlashishida,  harakat  ketma-ketligining  uzluksizligida  va  voqea-
hodisalarning ajoyib tarzda rivojlanishidadir. 
Marshak o‘z ijodini bir aktli kichik pyesalardan boshlab, asta-sekin ko‘p aktli 
dramatik  asarlarga,  shu  bilan  bir  qatorda  o‘zining  tomirlari  bilan  xalq  folkloridan 
kelib chiqqan yetuk asarlar sari boradi. “O’n ikki oy”, “G‘am-qayg‘udan qo‘rqqan 
baxtga  erisha  olmaydi”,  “Aqlli  narsalar”  kabi  asarlari  shular  jumlasidandir.  Uning 


318 
 
pyesalari  musiqa  va  ohangga,  raqslarga,  so‘z  o‘yinlari  bilan  to‘la  bo‘lgan  xalq 
teatriga monand.“Mushuk uyi” – ertak-pyesasini kattalar dramaturgiyasidan olingan 
kundalik turmush dramasi desa bo‘ladi. 

Download 7,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish