2.4.PAYVANDLASh O’ZGARTIRGIChLARINING TUZILIShI VA
ULARNI IShLATISh
Elektr yoyini o‘zgarmas tok bilan ta‘minlash uchun ko‘chma va statsionar
o‘zgartirgichlar chiqariladi. 3-rasmda sanoatimizda seriyalab ishlab
chiqariladigan PSO500 tipidagi bir postli payvandlash o‘zgartirgichining
tuzilishi ko‘rsatilgan.
Bir postli PSO500 payvandlash o‘zgartirgichi ikki mashinadan tuzilgan:
yurgizish elektr dvigateli 2 va PSO500 o‘zgarmas tok payvandlash generatori.
Bu ikki mashina umumiy korpus 1 ga joylashtirilgan. Generatorning yakori 5 va
elektr dvigatelning rotori umumiy valga o‘rnatilgan, valning podshipniklari
o‘zgartirgich g‘ilofining qopqoqlariga o‘rnatilgan. Valda elektr dvigateli bilan
generator orasiga agregat ishlayotganda sovitib turishga mo‘ljallangan
ventilyator 3 joylashtirilgan. Generatorning yakori yo‘g‘onligi 1 mm gacha
bo‘lgan elektrotexnik po‘latdan qilingan yupqa plastinkalardan yig‘ilgan, bu
plastinkalar
orasida
yakor chulg‘amining izolyatsiyalangan o‘ramlari
joylashadigan bo‘ylama ariqchalar qoldirilgan Yakor chulg‘amining uchlari
kollektor 6 ning tegishli plastinkalariga kavsharlangan. Magnitlarning qutblariga
32
g‘altak 4 lar kiydirilgan bo‘lib, bu g‘altaklarning izolyaiiyalangan simlardan
o‘ralgan chulg‘amlari generatorning elektr zanjiriga ulanadi.
Generator elektromagnitaviy induktsiya printsipida ishlaydi. Yakor 5
aylanganda uning chulg‘ami magnitlarning magnit kuch chiziqlarini kesib
o‘tadi, natijada yakor chulg‘amlarida o‘zgaruvchan elektr toki hosil bo‘ladi, bu
tok kollektor 6 yordamida o‘zgarmas tokka aylantiriladi; payvandlash zanjirida
nagruzka bo‘lganda tok olgich 7 ning cho‘tkalaridan tok kollektordan klemmalar
9 ga qarab oqadi.
O‘zgartirgichning ishga tushirishrostlash va kontrol qilish apparaturasi
korpus 1 ning umumits qutichasi 12 da montaj qilingan.
7-rasm. PSO500 payvandlash o‘zgartirgichining sxemasi:
1—g‘ilof, 2 — elektr dvigateli, 3—ventilyator, 4 — qutblar g‘altaklari, 5—
generator yakori, 6— kollektor, 7 — tok olgichlar, 8 — tokni rostlash uchun
kichik maxovik, 9 — payvandlash klemmalari, 10 — ampermetr, 11— paket
viklyuchateli, 12 — o‘zgartirgichni ishga tushiruvchi, rostlovchi va kontrol
qiluvchi apparatlar qutisi.
O‘zgartirgich paketli viklyuchatel 11 yordamida ulanadi. Uyg‘otish toki
kattaligini tekis rostlash va payvandlash generatorining ish rejimini rostlash
ishlari mustaqil uyg‘otish zanjiridagi maxovik 8 vositasida bajariladi.
Qo‘shimcha klemmani ketmaket chulg‘amdan chiqarilgan musbat uchlaridan
biriga ulovchi peremichka yordamida payvandlash tokini ishlash uchun 300 va
500 a gacha turg‘un qilish mumkin. Generatorni yuqori chegaradagi (300 va 500
a) tok qiymatlarida ishlatish tavsiya qilinmaydi, chunki bunda mashina qizib
33
ketib kommutatsiya sistemasi buzilishi mumkin. Payvandlash toki kattaligi
ampermetr 10 yordamida o‘lchanadi, ampermetr shunti o‘zgartirgich g‘ilofining
ichiga montaj qilingan generatorning yakor zanjiriga ulangan.
GSO500 generatorining chulg‘amlari mis yoki alyuminiydan qilingan.
Alyuminiy shinalarni mis plastinka bilan armaturalanadi. Generator ishlaganda
hosil bo‘ladigan radio xalaqitlardan muhofaza qilish uchun ikki kondensatordan
iborat sig‘im filtri qo‘llanilgan.
O‘zgartirgichni ishga tushirishdan avval uning korpusini erga ulanganligi
tekshiriladi; shuningdek, kollektor cho‘tkalarining holatini; ichki va tashqi
zanjirdagi kontaktlarning ishonchliligini tekshirish; reostat shturvalini soat
strelkasi yo‘nalishiga qarshi oxirigacha burash; payvand simlarining uchlari
birbiriga tegmayotganligini tekshirish; qismalar taxtasidagi peremichkani
payvandlash tokining talab qilinayotgan kattaligiga (300 yoki 500 a) moslab
qo‘yish kerak.
O‘zgartirgich dvigatelni tarmoqqa ulash (paket viklyuchatel 11
yordamida) bilan ishga tushiriladi. Tarmoqqa ulagandan so‘ng generatorning
aylanish yo‘nalishini aniqlash kerak (agar kollektor tomonidan qaralsa, rotor
soat strelkasiga qarshi aylanishi kerak) va zarur bo‘lsa simlarni ularning
tarmoqqa ulangan joyida o‘rinlarini almashtirish kerak.
Payvandlash o‘zgartirgichlarini ishlatishdagi xavfsizlik qoidalari.
Payvandlash o‘zgartirgichlarini ishlatishda quyidagilarni esda tutish kerak:
dvigatel klemmalaridagi 380G‘220 v kuchlanish hayot uchun xavflidir. Shuning
uchun ular yopiq bo‘lishi kerak. Yuqori kuchlanish (380—220 v) tarmog‘idagi
har qanday qo‘shimcha ulashlarni elektr montaj ishlarini bajarishga huquqi
bo‘lgan elektrik bajarishi kerak; o‘zgartirgichning korpusi ishonchli ravishda
erga ulangan bo‘lishi kerak; generator klemmalarida nagruzkada 40 v bo‘lgan
kuchlanish GSO500 generatorining salt yurishida 85 v gacha ko‘tarilib ketishi
mumkin. Nam binolarda va ochiq havoda ishlashda, changda, shuningdek, atrof
temperatura yuqori (30°S dan yuqori) bo‘lganda, pol tok o‘tkazuvchan
34
bo‘lganda yoki metall konstruktsiyalarda ishlashda 12 v dan yuqori kuchlanish
hayot uchun xavfli hnsoblanadi.
Barcha xavfli sharoitlarda (nam binoda, pol tok o‘tkazuvchan bo‘lganda
va h. k.) rezina poyondozlar, shuningdek, rezina qo‘lqop va poyabzaldan
foydalanish kerak.
Ko‘z, qo‘l va betlarga elektr yoyi nurlari, erigan metall uchqunlari tushish
xavfi va bu xavfdan saqlanish choralari xuddiutayvandlash transformatorlaridagi
kabidir (XXI bobga qarang).
Do'stlaringiz bilan baham: |