Tayanch so‘z va iboralar: moddiy texnik ta’odavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti,tibbiy xulosa, sog‘lomlashtirish,, loyihalashtirish
Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga bolalarni qabul qilish
Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga bolalarni qabul qilish tegishli tibbiy xulosa asosida amalga oshiriladi. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga bolalarni qabul qilish va ularni chiqarish tartibi nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasining ustavi bilan belgilanadi. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti guruhlaridagi bolalar soni davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti uchun belgilangan me’yordan ortiq bo‘lmasligi kerak. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘quv yili joriy yilning 2 sentyabridan boshlanadi va keyingi yilning 1 iyunida tugallanadi. Ushbu davr oralig'ida sog‘lomlashtirish davri davom ettiriladi.
Ta’lim-tarbiya jarayoni qatnashchilari
Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalar, otaonalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar (keyingi o‘rinlarda ota-onalar deb ataladi), pedagog xodimlar, vasiylik kengashi a’zolari ta’lim-tarbiya jarayonining qatnashchilari hisoblanadi. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida vasiylik kengashlari tashkil etiladi, ularni saylash tartibi va ularning vakolatlari nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotining ustavida belgilanadi. Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi bolalarni qabul qilishda ota-onalarni o‘z ustavi, kun tartibi, ta’lim-tarbiya dasturlari va boshqa hujjatlar bilan tanishtirishi shart. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti bilan ota-onalar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar ushbu muassasaning ustavi hamda shartnoma bilan tartibga solinadi. Ota-onalar bilan tuzilgan shartnoma bolalarning ushbu tashkilotida bo‘lish vaqtini, ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda tomonlarning huquqlari, majburiyatlari hamda javobgarligini o‘z ichiga oladi. Ota-onalar quyidagi huquqlarga ega: o‘z bolalari uchun ta’lim-tarbiya shakllarini, nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim berish tilini tanlash; nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarga ta’lim-tarbiya berish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini hamda bolaning shaxsiga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lishni talab qilish; nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi bilan tuzilgan shartnoma shartlarida belgilangan tartibda kun davomida o‘ziga qulay bo‘lgan vaqtda bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotidan olib ketish huquqiga ega. Ota-onalar qonun hujjatlariga va shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishlari mumkin. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi va xodimlari o‘rtasidagi munosabatlar o‘zaro hamkorlik, bolaning shaxsini hurmat qilish va unga shaxsiy xususiyatlariga muvofiq rivojlanishi uchun erkinlik berish asosida olib boriladi. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida tegishli pedagogik ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega. Sud tomonidan yoki tibbiy xulosaga muvofiq bunday faoliyat bilan shug‘ullanishi taqiqlangan shaxslar pedagogik faoliyatga qo‘yilmaydi. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotining pedagoglari va boshqa xodimlari bilan mehnat shartnomalari tuzish va ularni bekor qilish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari belgilangan tartibda pedagog kadrlar malakasini oshirishni va ularni qayta tayyorlashni ta'minlaydi, ularning sha'ni va qadr-qimmatini himoya qiladi, ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalari, mualliflik dasturlari, metodik qo‘llanmalar va didaktik materiallar joriy etilishi uchun shart-sharoitlar yaratadi. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlarining huquq va imtiyozlari qonun hujjatlarida, ushbu tashkilotning ustavida, shuningdek mehnat shartnomasida belgilanadi. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotining pedagog xodimlari quyidagi huquqlarga ega: nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotini boshqarishda ushbu muassasa ustavida belgilanadigan tartibda qatnashish; o‘z kasbiy sha'ni va qadr-qimmatini himoya qilish. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotining pedagog xodimlari quyidagilarga majbur: ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlarini tatbiq etish; ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish bo‘yicha o‘ziga yuklatilgan vazifalar doirasida shart-sharoitlar yaratish; bolalarga yuqori professional darajada ta’lim-tarbiya berish orqali maktabgacha ta’lim sifatini oshirish; pedagog axloq-odobiga rioya qilish, bolaning qadr-qimmatini hurmat qilish, bolalarni tazyiqdan himoya qilish, ularni mehnatga, ota-onaga hurmat, atrof-muhitga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish ruhida tarbiyalash; o‘zining kasbiy ko‘nikmalarini va pedagogik mahoratini doimiy ravishda takomillashtirish hamda belgilangan muddatlarda o‘z malakasini oshirib borish. Pedagog xodimlar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham olishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |