Maktabgacha ta’lim tashkilotlarini shakllantirish Maktabgacha ta’lim tashkilotiga bolalar 3 yoshdan boshlab 6-7 yoshgacha tuman (shahar)lar hokimliklarining qarorlari bilan tashkil etilgan maktabgacha ta’lim bo'limlari huzuridagi qabul qilish komissiyasi tomonidan tegishli tibbiyot xulosasi hisobga olingan holda qabul qilinadi, Qabul komissiyasining faoliyat ko‘rsatish tartibi belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Muassislar mahalliy davlat hokimiyati organlari bo‘lgan Maktabgacha ta’lim tashkilotiga bolalarni qabul qilish komissiyasining qaroriga binoan maktabgacha ta’lim bo‘limlarining yo‘llanmalari asosida amalga oshiriladi. Muassislari boshqa organlar bo‘lgan maktabgacha ta’lim tashkilotiga bolalarni qabul qilish ularning muassislari tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi. Bo‘sh o‘rinlar mavjud bo‘lgan taqdirda ushbu Maktabgacha ta’lim tashkilotlari bolalarni maktabgacha ta’lim bo‘limlarining yo‘llanmalari bo‘yicha lozimnoma asosida qabul qilishi mumkin. Maktabgacha ta’lim tashkilotiga bolalarni qabul qilish tartibi muassis tomonidan belgilanadi.
Quyidagi bolalar:
- I va II guruh nogironlari;
- ko‘p bolali oilalarning bolalari;
- harbiy xizmatchilarning bolalari;
- talabalar va pedagoglarning bolalari Maktabgacha tashkilotiga qabul qilishda imtiyozlardan foydalanadilar
Qabul komissiyasi shuningdek, ota-onalari maktabgacha ta’lim tashkilotining moddiy-texnik bazasini mustahkamlashda yordam bergan bolalarni istesno tariqasida navbatdan tashqari qabul qilishi mumkin. Bunday bolalar kontingenti maktabgacha ta’lim tashkiloti rejadagi quvvati umumiy sonining 20 foizdan ortiq bo‘lmasligi kerak. Maktabgacha ta’lim muassasasida guruhlar soni tashkilotning quvvatidan va guruhlarning rejali to‘ldirilishidan kelib chiqib muassis tomonidan belgilanadi.
Ixtisoslashtirilashtirilgan yo‘nalishi: Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasi yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga, mustaqil balansga, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining g‘aznachiligida byudjet va byudjetdan tashqari shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga ega bo'ladi. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasi ta'lim-tarbiya berish, korreksion-pedagogik va davolashsog‘lomlashtirish faoliyatni olib boruvchi muassasa hisoblanadi. Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni ularning bilish imkoniyatlariga muvofiq tarbiyalash, nuqsonlarni korreksiyalash, imkoniyatiga muvofiq maktab ta’limiga tayyorlash, jamiyatga moslashuviga ko‘maklashish maqsadida tashkil etiladi.