1. Kurs ishining maqsad va vazifalari:
Kurs ishlari ma’ruzalarda olingan nazariy bilimlarni amaliyotda qo’llanishining dastlabki bosqichi bo’lib hisoblanadi. Kurs ishi vositasida talabaning nazariy bilimlarni o’zlashtirish darajasini bilish, uning ilmiy ijodiy imkoniyatlarini baholash mumkin. Avvalo, talaba kurs ishini tayyorlashda o’rganilgan nazariy imkoniyatlarini baholashi, o’z nuqtai nazarini erkin ifoda qila olishi lozim. Kurs ishida talabaning fanni qanday o’zlashtirayotganligini, ta’limdagi islohotlarining tub mohiyatini nechog’lik tushunib yetishi, mavjud muammolarning va mavzuga doir masalalarning yechimi qanday bo’lishi to’g’risida fikr mulohazalarini bilish mumkin.
Kurs ishining maqsad va vazifalari:
Talabalarning zamonaviy ta’lim usullari, vositalaridan, lazer fizikasi fanini o’qitishdan samarali foydalanish bo’yicha kasbiy tayyorgarligini oshirish, pedagogik tafakkurini chuqurlashtirish va kengaytirish;
Lazer fizikasinnig zamonaviy yutuqlari, muammolari, tadqiqot metodlaridan xabardor qilish;
Fan bo’yicha nazariy va amaliy bilimlarni mustahkamlash va kengaytirish, olingan bilimlarni muayyan ilmiy, texnikaviy, ishlab chiqarish, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy vazifalarni hal etishda qo’llash;
Ijodiy ishlash, ishlab chiqilayotgan masalaning (muammoning) qo’yilish jaryonidan boshlab, uni to’la nihoyasiga yetkazish bo’yicha qaror qabul qilishda bo’lgan mas’uliyatni his qilishga o’rgatish;
Yangi axborot texnologiyalarini egallash, pedagogik dasturiy vositalarni chuqur o’rganish, jamiyatni, shuningdek, ta’limni islohot va axborotlashtirilayotgan sharoitda ishlash uslublarini egallash.
2. Kurs ishi mavzusini tanlash va unga rahbarlik.
Kurs ishlari mavzusi mutaxassis chiqaruvchi kafedra tomonidan belgilanadi va fakultet ilmiy kengashida tasdiqlanadi. Kurs ishi mavzulari tanlangan fan bo’yicha birinchi darsda e’lon qilinadi. Talabalarga mavzuni tanlash imkoniyati beriladi. Kurs ishi rahbari etib kafedra professor-o’qituvchilari tayinlanadi.
Kurs ish rahbari:
topshiriq beradi;
asosiy adabiyotlar, ma’lumot va arxiv materiallarini hamda mavzu bo’yicha boshqa manbalarni tavsiya etadi;
talabalar bilan muntazam ravishda konsultastiyalar o’tkazadi;
kurs ishning bajarilish jarayonini nazorat etadi;
talaba bajargan kurs ishning sifati va muallifligiga javob beradi, mavzularning qaytarilishiga yoki ko’chirilishiga yo’l qo’ymaydi.
Belgilangan tartibda rasmiylashtiriladigan kurs ishi talaba tomonidan rahbarga taqdim etiladi. Rahbar, kurs ish talab darajasida bajarilganligiga ishonch bildirgandan so’ng, ishni o’z taqrizi bilan birga kafedra mudiriga taqdim etadi. Taqrizda talabaning faolligi, qabul qilingan qarorlardagi yangiliklar va kurs ishning boshqa ijobiy tomonlari tavsiflanadi, so’ngra ishning kamchiliklari ko’rsatilib, kamchilikni bartaraf etish taklifi beriladi.
Talaba kurs ishi mavzusini tanlaganda quyidagi maqsadlarni o’z oldiga qo’yishi kerak. Tahlil qilinayotgan mavzusini katta qiziqish bilan o’rganishi, o’zining bilim darajasini kengaytirishi va uni kelajakda amaliyotga tadbiq qila olish imkoniga ega bo’lishi muhim hisoblanadi. Ayniqsa, talaba mavzusini o’z mutaxassisiligi yo’nalishiga qarab tanlasa, bu ishning muvaffaqiyatli bajarilishi va ijobiy baholanishida alohida ahamiyatga ega bo’ladi.
Kurs ishi mundarijasini (rejasini) (2-ilova) o’qituvchidan maslahat olib tuzish maqsadga muvofiq.
Do'stlaringiz bilan baham: |